Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследованияОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ, Кодирова Г.Р. +12026
Venger Karp (cyprinus carpio l.) balig‘ini geomembrana hovuzida yetishtirishning istiqbollari
HOVUZIDA YETISHTIRISHNING ISTIQBOLLARI · Temirova Nilufar Tojinorovna · Shaymurodov Nurmomot To‘ychiyevich
Перспективы кролиководства: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Hovuzga 3500 dona baliqlar solinib, umumiy og‘irligi 135 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ya’ni 3500 dona baliqlantirish respublikadagi mavjud an’anaviy texnologiyaga ko‘ra 1 gektar suv havzasi maydoniga solinadi. Tadqiqotlarimizda bu ko‘rsatkich 0,06 gektarni tashkil etadi. Ya’ni bir gektar maydonni 6% dan foydalanib 1 gektar maydonning hosildorligiga erishish rejalashtrilgan. Shuningdek, ushbu yangi innovatsion texnologiya baliqchilik tarmog‘ida foydalanilayotgan yer va suv resurslarini katta miqdorda tejash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: Intensiv, resurs, geomembrana, aerator, livinka, individual, sermahsul, innovatsion,hovuz, kislorod, dinamikasi.biologik. Mazkur tadqiqotni biz, Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining intensiv hovuzlaridan biri bo‘lgan geomembrana hovuzlarida olib bordik. Ilmiy izlanishlarni davom ettirib, yuqori sifatli (200 grammdan katta) chavoqlar hamda, tovar baliq bo‘lguniga qadar o‘stirish maqsadida yetishtirilgan chavoqlarni ochiq hovuzlarga intensiv o‘stirishga o‘tkazdik. Ushbu hovuzga innovatsion ishlanmalar joriy etilgan bo‘lib, unga (hovuz yon atrofi va tubiga) suv resurslarini yerga shimilib ketmasligini oldini olish maqsadida geomembrana mahsuloti to‘shalgan. Bundan tashqari, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida hovuz suvini qayta tozalovchi va biologik jihatdan muvozanatlovchi yopiq aylanma suv ta’minoti qurilmasi joriy etilgan. Hovuzga mazkur tadqiqot doirasida aerator moslamalari o‘rnatilgan. Hovuz o‘lchamlari 22x35 metrni tashkil etib, baliq o‘stirish maydoni 600 m2 tashkil etadi. Geomembrana hovuz chuqurligi 1,3 dan 1,8 gacha, o‘rtacha 1,5 metr. Hovuz suvi doimo aylanib tozalanib turadi va kechqurun aerator moslamalari ishlab, suvni qo‘shimcha kislorod bilan boyitib boradi (1-rasm). Shuningdek, ushbu hovuzga baliqlar uchun qo‘shimcha ozuqa manbai hisoblangan tirik hashoratlarni tutuvchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib sinovdan o‘tkazildi. Hovuzga 3500 dona baliqlar solinib, umumiy og‘irligi 135 kg ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ya’ni 3500 dona baliqlantirish respublikadagi mavjud an’anaviy texnologiyaga ko‘ra 1 gektar suv havzasi maydoniga solinadi.Tadqiqotlarimizda bu ko‘rsatkich 0,06 gektarni tashkil etadi. Ya’ni bir gektar maydonni 6% dan 162 Международная научно-практическая конференция «ПЕРСПЕКТИВЫ КРОЛИКОВОДСТВА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ» foydalanib 1 gektar maydonning hosildorligiga erishish rejalashtrilgan. Shuningdek, ushbu yangi innovatsion texnologiya baliqchilik tarmog‘ida foydalanilayotgan yer va suv resurslarini katta miqdorda tejash imkonini beradi. Ushbu texnologiya nafaqat mamlaktimiz balki yaqin qo‘shni respublikalarning baliqchilik tarmog‘i uchun ham innovatsion yangilik hisoblanadi. 1-rasm. Geomembrana hovuzda intensiv usulda Venger karp balig‘ini yetishtirish Baliqlarni intensiv o‘stirish jarayonida suvdagi kislorod miqdori suv haroratini o‘zgarishi dinamikasi tekshirib borildi (2–3-rasmlar). Baliqlarni intensiv o‘stirishda omuxta yem sifati yuqori hamda balanslashgan bo‘lishi zarur. Mazkur tajribadagi baliqlar kuniga 4 mahal mahalliy omuxta yem hamda “Vitae group” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan qora livinka (Hermetia illuncens) (Black coldier fly larvae) tirik ozuqa organizmi bilan oziqlantirib borildi. Kunlik ozuqa ratsioni baliqning umumiy biomassasidan 5% miqdorida berib borildi. Havza suvining gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari har kuni uch mahal (nazorat kunlari 12 marotaba) tekshirib borildi (1-jadval). 163 Международная научно-практическая конференция «ПЕРСПЕКТИВЫ КРОЛИКОВОДСТВА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ» 12 10,5 9,8 9,4 10 8 7 6,8 d o r 5,5 5,5 o 6 4,8 4,9 4,8 4,9 l s i K 4 2 0 4:00:00 6:00:00 8:00:00 10:00:00 12:00:00 14:00:00 16:00:00 20:00:00 22:00:00 0:00:00 2:00:00 Soat 2-rasm. Baliqlarni intensiv o‘stirish jarayonida suvdagi kislorod miqdorining o‘zgarish dinamikasi, mg/l. 27 26,5 26 26 25,5 25 i t 25 24,5 a r o 23,8 24 r a 24 23,5 h v 23 23 23 u S 23 22 21 4:00:00 6:00:00 8:00:00 10:00:00 12:00:00 14:00:00 16:00:00 20:00:00 22:00:00 0:00:00 2:00:00 Soat 3-rasm. Baliqlarni intensiv o‘stirish jarayonida suv haroratini o‘zgarishi dinamikasi 1-jadval Baliqlar intensiv usulda o‘stirilganda geomembrana havzasi suvining o‘rtacha gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari Texnologik Soat Ko‘rsatkichlar me’yor 9:00 12:00 16:00 tºC - 25 26 26,1 pH 7-8 7,43 7,43 7,41 Kislorod O 7.0 7,8 9,9 9,4 2 Nitrit NO 0.2 0,002 0,002 0,001 2 Azot NH 1.0 0,2 0,2 0,2 4 Ammiak NH 0.01-0.07 0,05 0,05 0,05 3 164 Международная научно-практическая конференция «ПЕРСПЕКТИВЫ КРОЛИКОВОДСТВА: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ» Har 15-20 kunda nazorat ovi o‘tkazilib, baliqlar o‘rtacha og‘irligi aniqlanib va shunga qarab kunlik ozuqa ratsion berib borildi. Geomembrana o‘stirish havzalariga tashlangan baliqlar boshlang‘ich umumiy biomassasi 135 kg tashkil etgan bo‘lsa tajriba yakunida 1138 kg.ni tashkil etdi. Ozuqa sarfi 1 kg baliq uchun 2.5 kg omuxta yem va 0.9 kg tirik ozuqa (Hermetia illuncens) ishlatildi. Tajriba davomida baliqlarni nobud bo‘lishi umumiy sonidan 5% ni tas
Доказательный фрагмент
«Hovuzga 3500 dona baliqlar solinib, umumiy og‘irligi 135 kg ni tashkil etdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюHovuzga 3500 dona baliqlar solinib, umumiy og‘irligi 135 kg ni tashkil etdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- resource, livinka, аэраторный, innovatsion, pond, dynamics. biological, инновационный, cage, продуктивный, Intensive, oxygen, кислородный, Интенсивный, прудовой, aerator, Intensiv, индивидуальный, individual, sermahsul, клеточный, resurs, hovuz, ресурсный, geomembrane, kislorod, dinamikasi.biologik, productive, биологический., geomembrana, геомембранный, innovative
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025