Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAYLOV QONUNCHILIGIDA TUMAN, SHAHAR SAYLOV KOMISSIYALARINING MODDIY-TEXNIK MASALALARI
MODDIY-TEXNIK MASALALARI · Odiljonov Hamidullo Xayrullo o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This article will talk about issues of importance in the election process, including material and technical issues of district and municipal election commissions and appeals from individuals and legal entities on issues arising in the election process, as well as the legal procedure for their resolution. Key concepts: election, electoral law, electoral system, District and municipal election commissions, territorial election commissions, voter facilitation, “e-Election” Information System. МАТЕРИАЛЬНО-ТЕХНИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ОКРУЖНЫХ И ГОРОДСКИХ ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ КОМИССИЙ В ИЗБИРАТЕЛЬНОМ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы, имеющие важное значение в избирательном процессе, в том числе материально-технические вопросы районных и городских избирательных комиссий, а также обращения физических и юридических лиц по вопросам, возникающим в процессе выборов, а также законодательный порядок их решения. Ключевые понятия: выборы, избирательное законодательство, избирательная система, районные и муниципальные избирательные комиссии, территориальные избирательные комиссии, обеспечение удобства избирателей, информационная система “Е-выборы”. 286 31-oktabr, 2024-Yil Ayni chog‘da yurtimizda saylov bilan bog‘liq siyosiy jarayon qizg‘in tus olib mutasaddi shaxslar va tashkilotlardan tortib oddiy fuqarolarning asosiy eʼtibor markazida. Keyingi yillarda saylov tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz qonunchiligida o‘z ifodasini topib, xalqimizga muntazam yetkazilib, tanishtirilib borilayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. Bu saʼyi-harakatlarning barchasi xalqimizning mamlakat kelajagi uchun qayg‘urishlari, faol bo‘lishlari hamda o‘zlarining konstitutsion siyosiy huquqlarining amalga oshirishlarini taʼminlashga qaratilgandir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator normalar o‘z aksini topgan, jumladan, endilikda: 1) viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari o‘rniga hududiy saylov komissiyalari tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hamda Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini tuzish tartibidan voz kechildi hamda ularning vazifalari hududiy saylov komissiyalariga yuklatildi, yaʼni okrug saylov komissiyalari faqatgina xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha tuziladi; 2) saylov komissiyalarining professional tarzda ish olib borishini taʼminlash maqsadida hududiy saylov komissiyalarining uch nafargacha bo‘lgan aʼzosi doimiy faoliyat yuritadi; 3) hududiy saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, tuman va shahar saylov komissiyalari esa hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari ular xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tuzilar edi). Shuningdek, okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari ham hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Saylov kodeksiga 2021 yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha ham okrug saylov komissiyalarini tuzish amaliyoti bekor qilingan va ularning vazifalarini bajarish tegishli tuman, shahar saylov komissiyalari zimmasiga yuklatilgan edi. 4) saylov okruglarini tuzishga oid qoidalar takomillashtirildi. Saylov kodeksida mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun tuziladigan saylov okruglari sonining eng yuqori miqdori belgilangan bo‘lib, okruglar sonining aniq miqdori ko‘rsatilmagan edi.1 1 B. Turg‘unov Saylov komissiyalari tizimi qanday tuzilgan? https://hudud24.uz/news/sailov-komissiialari-tizimi- kandai-tuzilgan. 287 31-oktabr, 2024-Yil Saylov jarayonlarini demokratik ruhda o‘tkazish, aholiga, saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida har tomonlama tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tashkiliy masalalardan tashqari, bu jarayonlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilmoqda. Mutaxassislar tomonidan turli tushuntirishlar, debatlar, maqolalar tayyorlanib xalq eʼtiboriga havola qilinmoqda. Biz ham soylov qonunchiligida belgilangan tuman, shahar saylov komissiyasining binosi va xonalarini jihozlash bilan bog‘liq masalalarni ifodalaydigan talablar xususida so‘z yuritishni lozim topdik. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,2 O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi,3 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024 yil 5 iyundagi 1335-son qaror4 i bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida tegishli hududda joylashgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tuman, shahar saylov komissiyasi ixtiyoriga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan binolar, majlis zallari, xonalar hamda jihozlarni bepul berib turishi shart bo‘lib, saylovni o‘tkazish davrida tuman, shahar saylov komissiyasi tuman, shahar hokimliklari tomonidan kamida to‘rtta xonadan iborat bino bila
Доказательный фрагмент
«This article will talk about issues of importance in the election process, including material and technical issues of district and municipal election commissions and appeals from individuals and legal entities on issu…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article will talk about issues of importance in the election process, including material and technical issues of district and municipal election commissions and appeals from individuals and legal entities on issu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tuman va shahar saylov komissiyalari, saylov qonunchiligi, saylov tizimi, saylov, hududiy saylov komissiyalari, saylovchilarga qulaylik yaratish, “E-saylov” axborot tizimi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014