Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MINTAQAVIY TURIZM RESURSLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY IQTISODIY AHAMIYATI
IQTISODIY AHAMIYATI · O‘zmanov Ixtiyor Ibragim o‘g‘li
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This thesis talks about the economic content of regional tourism resources and their role and importance in the national economy. During the thesis, the importance of regional tourism resources in the socio-economic life of Uzbekistan was also emphasized. Key words: regional tourism resources, regional tourism, development of national economy. СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ РЕГИОНАЛЬНЫХ ТУРИСТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ Аннотация. В данной диссертации говорится об экономическом содержании региональных туристических ресурсов, их роли и значении в национальной экономике. В ходе дипломной работы также была подчеркнута важность региональных туристических ресурсов в социально-экономической жизни Узбекистана. Ключевые слова: региональные туристские ресурсы, региональный туризм, развитие национальной экономики. Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni yotadi. Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanmoqda. Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. 274 31-oktabr, 2024-Yil Turizm turistlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Mutaxassislar turistlarni 5 ta asosiy ehtiyojlarini ajratadi: 1. Rekreatsiya, dam olish; 2. Ish va professional maqsadlar bo‘yicha; 3. Davolanish; 4. Diniy va ziyoratchilik bo‘yicha; 5. Insonlarning jismoniy, iqtisodiy va ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib va boshqa maqsadlar bo‘yicha. Yuqoridagi ehtiyojlarni qondirishga turistik faoliyatni amalga oshirish yotadi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy turizm hisoblanib, uni quyidagilar asosida shakllantiriladi: - turistik xizmatlarni ishlab chiqish; - turistik mahsulotni shakllantirish; - turistik mahsulotni sotish; - turistik ehtiyojni qondirish. Turizm iqtisodiy kategoriya bo‘lib, davlatlardan kelgan turistlarga mahalliy xizmatni sotadi, o‘z ishchilariga ish-joy sharoitini yaratadi, kirib kelayotgan valyutadan daromat oladi. Bir tomondan turizm sohasi turistlarga bevosita xizmat qiluvchi tarmoqni taklif qiladi, ikkinchi tomondan turizm bozoriga yo‘naltirilgan xizmat qilish va moddiy ishlab chiqarish kabi bir-biriga qo‘shilgan tarmoqlarning o‘zaro bog‘langan tizimni belgilaydi. Turizm – bu ishlab chiqarish va iste’molchining yakdil jarayonidir. Iste’mol obekti turistik tovar va xizmatlar hisoblanib, iste’mol davrida iste’molchining bu tovarlar va xizmatlar qoniqtirishi lozim. Bunda turizmning iste’mol qiymati foydali buyumlar tovarlar, qulaylik va tabiat manzaralari va xizmatning har xil usulidan kelib chiqadi. Turistik iste’mol bir tomondan tovarga va pullik xizmatga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan tovarlar ko‘rinishiga ega bo‘lmagan joy, yaxshi muhitni o‘z ichig oladi. Turizmni iqtisodiy samarali keluvchi turistlar soni bilan bevosita bog‘liq. Turistlar sonni oshib borishi bilan, turizm orqali kelayotgan daromad ham oshib boradi. O‘z navbatida turistlar sonini oshishi turistik qiziqshni orttiradigan obektlarga, ya’ni turistik resurslarga bog‘liqdir. Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantrish evaziga o‘z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko‘payishini ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqaro aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar kengayadi, valyuta tushumi ko‘payadi va h.k. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida 275 31-oktabr, 2024-Yil turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi, aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli shou dasturlarda qatnashadilar. Bularning hammasi naqd pul, ko‘p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining ko‘payishini ta’minlaydi. Shu sababdan turistik resurslarning turizm faoliyatida iqtisodiy mazmuni oshib boradi. Shunday qilib, turistik resurslar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari resurslar mamlakat hayotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Buning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta’minlanadi, turli millat, elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ladilar va ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o‘zlarining an’ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar. Turistik resurslarning iqtisodiy ahamiyati yana shundan iboratki, mamlakat tabiati ham turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakat ekologik barqarorlikni ta’minl
Доказательный фрагмент
«This thesis talks about the economic content of regional tourism resources and their role and importance in the national economy.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis talks about the economic content of regional tourism resources and their role and importance in the national economy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- regional tourism resources, regional tourism, development of national, mintaqaviy turizm, milliy iqtisodiyotini rivojlantirish., mintaqaviy turizm resurslari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025