К содержанию
РецензированоRU2024

YOSH BOKSCHILARGA YUKLAMALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Qilichyev F.K.

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article provides information on the methodology of training young boxers. Key words: Young boxers, physical education, sport, martial arts, sports training, general and special training. МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ НАГРУЗОК ДЛЯ ЮНЫХ БОКСЕРОВ Аннотация. В данной статье представлена информация о методике подготовки юных боксеров. Ключевые слова: Юные боксеры, физическое воспитание, спорт, боевые искусства, спортивная подготовка, общая и специальная подготовка. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning hissalari juda katta. U kishining sharofatlari bilan bugungi kunda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan munosabat sezilarli darajada o‘zgardi. Bularni biz, qurilayotgan zamonaviy sport komplekslaridan ham ko‘rishimiz mumkin. Shu jumladan yakkakurash sport turlari tarkibiga kiruvchi Boks sport turi ham juda qiziqarli sport turlaridan biri hisoblanadi, buni biz Respublikamizda oxirgi yillarda tobora mashhur bo‘lib borayotganidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Boks, yakkakurash sport turlarining biri sifatida, o‘zining yakkama - yakka jangi va belgilangan aniq qoidalari bilan namoyon bo‘ladi. Mashq qilish va o‘rgatish jarayonida, xilma-xil mashqlar sistemasidan foydalaniladi. Bu bokschilarning maxsus tayyorgarligini hamda jismonan har tomonlama rivojlanishini ta‘minlaydi. Texnik-taktik munosabatlarda, boks eng murakkab sport turlaridan biridir. Jangdagi o‘zgarib turadigan holat, bokschining tez va aniq bir to‘xtamga kela olishi va shu bilan birga o‘z o‘ylarini ro‘yobga chiqarishini talab etadi. Shuning uchun bokschi epchil, aniq, tez bo‘lishi va o‘zini yaxshi boshqara olishi, har qanday holatdan chiqib keta oladigan bo‘lishi kerak. Ringdagi jang o‘zining tez harakatli bo‘lishini talab qiladi, bu esa bokschining organizmining yuqori talablarga javob berishi kerak deganidir. Shuning uchun bokschining chidamliligini hamda kuchini kerakli miqdorda sarf qilishga o‘rgatish nihoyatda muhimdir. Bizning boksimiz to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmay borishi uchun, avvalambor, qo‘pol bo‘ladigan ayovsiz janglardan ya‘ni shikastlanish hollarini yo‘q qilish kerak bo‘ladi. Kundalik bo‘ladigan o‘quv-mashq va musobaqalarni ko‘paytirish orqali sportdagi raqibini yenga olishga o‘rgatiladi. Qoidada belgilanmagan zarbalarga yo‘l qo‘ymaslik, zarbalarni turgan holatda olish qobiliyatini oshirish muhim masaladir. O‘zbek bokschilarining jismonan tayyorgarligi sohasida ko‘plab jismoniy tarbiya vazifalari amalga oshirilmoqda. Bokschilarning ta‘lim va mashq qilishlari, ularning har tomonlama tarbiyasiga qaratilgan. Bokschining barcha jismoniy mashqlari, 2 23 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘qituvchining to‘g‘ri boshqaruvi, tozalikka rioya qilishi hamda shifokor ko‘rigi ostida bo‘lishi kerak. Hozirgi davrda sport mashg‘uloti sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini rivojlantirishga, uning bilim darajasini to‘xtovsiz kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to‘liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport trenirovkasining shunday yo‘nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplariga mos keladi. Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo‘lmasdan shaxs qobiliyatni har tomonlama rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir. Sport mashg‘uloti ikki yo‘nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funksiyalarni umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi, shuningdek, uning turli xilharakat, ko‘nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi. Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo‘lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni taominlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi. Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashg‘ulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyorgarlikning orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjud. Ularning o‘rtasidan chegara o‘tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajratmaslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o‘zining xususiy funksiyalari, vositalari, usullari va shuningdek, mashg‘ulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi. Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita taosir qiluvchi omildir. Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy taosirlar uchrab, umumiy tayyorgarlikhar xil sport turlarida bir xil bo‘lishini

Доказательный фрагмент

«This article provides information on the methodology of training young boxers.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on the methodology of training young boxers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Young boxers, physical education, sport, martial arts, sports training, general, sport mashg‘uloti, Yosh bokschilar, jismoniy tarbiya, yakkakurash, umumiy va maxsus tayyorgarlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники