К содержанию
РецензированоRU2024

Политические партии как важный институт демократии

Ozod NASIMOV (Political parties as an important institution of democracy) · New Uzbekistan (Uzbek State World Languages University)

Общество и инновации · 5 · 95-101 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной научной статье проводится анализ сущности политическая партия, политических партий и многопартийной системы, их демократия, методов работы, а также роли в развитии общества. Одним Новый Узбекистан, из ключевых признаков демократических принципов реформы, гражданское общество, выделяется ответственность партий за изучение проблем научные теории, населения и их решение на государственном уровне. Также политические тенденции. в статье представлено сравнительное исследование зарубежного опыта и отечественной практики, с раскрытием концептуальных аспектов этого вопроса. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonida kо‘ppartiyaviylikka asoslangan siyosiy tizim muhim ahamiyatga ega. Kо‘ppartiyaviylik tizimi fuqarolik jamiyati va davlat manfaatlarini ifoda etadigan kо‘p qirrali siyosiy va fuqarolik jamiyati instituti, mamlakat siyosiy tuzilmasining demokratik me’yorlarga mos kelish kо‘rsatkichlaridan biri, jamiyatning siyosiy tizimini mustahkamlash va takomillashtirish mexanizmidir. Milliy va xorijiy tajriba shuni kо‘rsatadiki, rivojlangan kо‘ppartiyaviylik tizimi, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik institutlarining yetukligi va faolligi, fuqarolarning yuksak darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyati jamiyatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi [1]. Ma’lumki, kо‘ppartiyaviylik davlatning siyosiy tizimida ishtirok etadigan ikki va undan ortiq partiyalarning mavjudligi va ular о‘rtasidagi hokimiyat uchun kurashlar jarayoni hisoblanadi. Ayni shu tizimda jamiyat va davlat о‘rtasida ikki tomonni bog‘lovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bо‘lgan siyosiy partiyalarning о‘rni о‘ziga xos hisoblanadi. Siyosiy partiyalar kо‘ppartiyaviy tizimning asosiy elementi bо‘lib, ularning jamiyat rivojidagi о‘rnini kо‘rib chiqish kо‘ppartiyaviylikning fuqarolik jamiyatining institutsional asosi sifatida о‘rganish jarayonidagi asosiy nuqtalardan hisoblanadi. “Partiya” (lotincha pars, partio, fransuzcha parti, nemischa partei, inglizcha party – qism, guruh, bо‘lak, ajrataman) [2] atamasi siyosiy partiyalar paydo bо‘lishidan ancha oldin aholining muayyan qismining manfaatlarini ifodalovchi fuqarolar guruhlarini belgilashga va ushbu maqsadlar uchun hokimiyatga ta’sir kо‘rsatishga harakat qilishda ishlatilgan. XX asr boshlarida siyosiy partiyaga keng qamrovli ta’rifini bergan M.Y. Ostrogorskiyga kо‘ra: partiya bu “... siyosiy maqsadga erishish uchun birlashgan individlar guruhidir” [3]. T.Bersel esa, siyosiy partiyalar jamiyatda ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashi asnosida siyosiy tarmoqni shakllantiradi. Siyosiy tarmoq bu – siyosatda umumiy manfaatlar asosida birlashgan va mazkur manfaatlarni ilgari surish uchun о‘zaro resurslar almashadigan aktorlar yig‘indisi hisoblanadi. Bunda ijtimoiy va siyosiy kooperatsiya umumiy maqsadlarga erishishning eng tо‘g‘ri va samarali yо‘li hisoblanadi [4], deya e’tirof etadi. 96 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2024) / ISSN 2181-1415 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga kо‘ra, siyosiy partiya О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini rо‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda о‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi kо‘ngilli birlashma hisoblanadi [5]. Umuman olganda, siyosiy partiyalar demokratik institut sifatida turli xil ijtimoiy guruhlar va jamiyat segmentlarining manfaatlarini umumlashtirish, uyg‘unlashtirish vazifasini о‘taydi, shuningdek, fuqarolarning siyosiy ishtirokini rivojlantirishga yordam beradi hamda jamoatchilik fikrini, siyosiy yо‘nalishlarni, mafkuralarni shakllantirishdagi ahamiyati esa nihoyatda katta. Shuning bilan birga, zamonaviy siyosiy tizimlarda siyosiy partiyalar davlat va jamiyat hayotida bir qator muhim vazifalarni (funksiyalarni) bajaradilar. Jumladan: Birinchidan, bu artikulyatsiya va manfaatlar yig‘indisi funksiyalari. Agar turli xil bosim guruhlari artikulyatsiya funksiyasini muvaffaqiyatli bajara olsa, siyosiy partiyalar agregatsiya funksiyasini deyarli tо‘liq anglaydilar. Ikkinchidan, siyosiy ijtimoiylashuv funksiyalari. Partiyalar faoliyatida (ham faol, ham passiv) ishtirok etish orqali fuqarolar tegishli siyosiy tajribaga ega bо‘ladilar hamda kelajakdagi siyosiy amaliyotlari uchun zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarni о‘rganadilar. Uchinchidan, siyosiy elita va siyosiy rahbarlarni yollash funksiyalari. Zamonaviy sharoitda muvaffaqiyatli partiyaviy tajriba siyosiy hokimiyatga malakali kadrlarni yetkazib beradi. Tо‘rtinchidan, fuqarolik jamiyati va davlat о‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlash funksiyasi. Ya’ni, siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy tizimidagi guruhlar

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной научной статье проводится анализ сущности политическая партия, политических партий и многопартийной системы, их демократия, методов работы, а также роли в развитии общества.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной научной статье проводится анализ сущности политическая партия, политических партий и многопартийной системы, их демократия, методов работы, а также роли в развитии общества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
political party, scientific theories, islohotlar, гражданское общество, ilmiy nazariyalar, political trends, demokratiya, политическая партия, политические тенденции, реформы, Yangi О‘zbekiston, reforms, New Uzbekistan, fuqarolik jamiyati, научные теории, Новый Узбекистан, siyosiy partiya, civil society, демократия, siyosiy tendensiyalar, democracy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники