Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Педагогические и психологические особенности подготовки студентов к использованию искусства публичного выступления
Sanjar SHOTEMIROV
Общество и инновации · 5 · 253-260 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной научной статье рассматривается педагогика, формирование искусства речи у студентов и психология, совершенствование их педагогического мастерства. Также публичные выступления, освещается их психологическая деятельность. аудитория, образовательные учреждения. 1 Lecturer, Department of Pedagogy, Faculty of Pedagogy and Arts, Termez State Pedagogical Institute. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2024) / ISSN 2181-1415 Talabalarning omma oldidagi notiqlik tarixi uzoq o‘tmishdan boshlanadi. Miloddan avvalgi IV asrda Platon tomonidan “Akademiya” deb nomlangan birinchi o‘quv muassasasi falsafiy maktab tashkil qilingan. Keyingi o‘quv muassasasi nomi Litsiy deb nomlanadi. U Aristotel tomonidan Likki Apollon ibodatxonasida tashkil qilingan. O‘rta asrlarga kelib Yevropada ilk universitetlar paydo bo‘la boshladi. Aynan o‘sha paytdan boshlab talabalarning mustaqil fikrini bayon etishi omma oldida so‘zlash madaniyati shakllana boshladi. Bu notiqlik asosan ommaviy bayramlar va namoyishlarda ko‘rina boshladi. Birinchi ommaviy chiqishlar Sokrat, Aristotel, Platon, Sitseron davrida qayd etilgan. Sitseronning fikricha, notiq tinglovchini o‘rgatish va unga zavq bag‘ishlashga majburdir. Mavzuyimizni to‘liq yoritish uchun Sitseronning so‘zlarini to‘liq keltiramiz: “Eng yaxshi notiq o‘z so‘zi bilan tinglovchilariga ta’lim beradigan, zavq bag‘ishlaydigan va ularda kuchli taassurot qoldiradigan kishidir. O‘rgatish notiqning burchi, zavq berish tinglovchiga berilgan sharaf, kuchli taassurot qoldirish, zarurat! Mahoratli notiq tinglovchilar bilan muloqotga kirishganda avval auditoriyaning holatini hisobga olib qo‘yishi kerak. Bunga quyidagilar kiradi: 1. Auditoriyani toza va ozodaligi, stol va stullarning tartibli joylashtirilganligi, 2. Barcha tinglovchilarning o‘zlari uchun qulay o‘rnashib o‘tirganligi, 3. Bir-birlariga xalaqit bermasligi, nutqni erkin eshitish imkoniyati borligini kuzatishi muhim. Shu bilan birga notiqqa ham bir qancha talablar yuklanadi: notiqning o‘zi ham toza va toza kiyingan bo‘lishi, o‘zining tashqi ko‘rinishiga jiddiy e’tibor bermog‘i, soch-soqoli tartibga keltirilgan, kiyim-boshlari o‘ziga yarashgan holatda bo‘lishi darkor. Biz bularni notiq va auditoriyaning tashqi shakliy ko‘rinishi desak va ularning bir-biriga mosligini ta’minlasak muloqotni yoki nutqimizni boshlasak bo‘ladi. Notiq talaba o‘z nutqini boshlash uchun minbarni egallashi va auditoriyaga savol nazari bilan qarab salomlashishi hamda mavzuni e’lon qilishi kerak. Shu bilan tinglovchilar diqqatini o‘ziga jalb etmog‘i darkor. Texnik vositalardan foydalanish lozim bo‘lsa, uni boshqarishni bilishi yoki biladigan odamni tayinlab qo‘yishi muhim hisoblanadi. Chunki uning bir o‘zi hech nima ish qilolmaydi. Notiq endi auditoriyaning hokimi. Unga hammaning e’tibori qaratilgan. Notiq agar gapirayotganida tinglovchilar uchun ular eshitmagan yangi fikrlarni aniq va lo‘nda, qisqa va tushunarli yetkazib bersa tinglovchilar qimirlamay tinglaydi. Agar shu qoidalarni buzib qo‘ysa yana auditoriyani tartibga chaqirishga majbur bo‘ladi. So‘zlarni gapirganda bosiqlik bilan, hovliqib qolmasdan vazminlik orqali shirali ovoz va shirin muomala bilan, ortiqcha xatti-harakatlar qilmasdan o‘z fikrlarini ritorik savol va unga aniq javoblar asosida nutqini davom ettirsa, o‘zi bilan tinglovchilar o‘rtasidagi muloqotning shartlariga rioya qilgan bo‘ladi. Og‘zaki nutqi davomida auditoriyaga savollar berib va tinglovchilarning o‘tirgan joyida bergan qisqa savollariga aniq va qisqa javoblarni berib borsa, muloqot yanada jonli va samarali chiqadi. Shu o‘rinda notiqning xalq orasidagi obro‘-e’tibori ham muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiysi notiqdagi aql-zakovat va so‘zamollik muloqotning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Og‘zaki nutq davomidagi kerakli pand-nasihat ham bugungi kunlardagi yoki shu holatdagi vaziyat bilan bog‘lab olib borilsa, ayni muddao. Notiq bilan auditoriya o‘rtasidagi muloqotga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy holatlarga kelsak, ular yuqoridagi ijobiy holatlarning aksini ko‘rishimiz mumkin. Katta auditoriya pala-partish, tinglovchilar o‘rnashish holatida tartibsizliklar bo‘lsa, notiq nutqida chaynalishlar sodir bo‘lsa, ortiqcha kirish (anaqa, xo‘sh-xo‘sh, aytaylik kabi) so‘zlar ko‘p ishlatilsa, berilgan savollarga aniq va qisqa javob berilmasa notiq va tinglovchi o‘rtasidagi muloqot buziladi. Bundan ayon bo‘ladiki, hamma narsa kelib notiqning aql farosatiga, bilimi va ziyrakligiga 254 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2024) / ISSN 2181-1415 vaqtdan unumli foydalanishiga va auditoriyani nutqidagi aqlli so‘zlari va yangi fikrlari bilan ushlab turish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ommabop nutqda notiqning nutqi va uslubi muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ommabop nutq hamma uchun uning tinglovchilari oddiy dehqondan tortib, injenergacha, pedagogdan tortib tibbiyot xodimigacha, boringki jamiyatimizda taraqqiyot uchun xizmat qilayotgan ommaga a
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной научной статье рассматривается педагогика, формирование искусства речи у студентов и психология, совершенствование их педагогического мастерства.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной научной статье рассматривается педагогика, формирование искусства речи у студентов и психология, совершенствование их педагогического мастерства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- pedagogy, o‘quv muassasalar, образовательные учреждения, tinglovchi, psychology, публичные выступления, аудитория, educational institutions, psixologiya, pedagogika, педагогика, notiqlik, audience, психология, public speaking
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026