Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ускоренное судебное разбирательство – упрощенный судебный процесс
Utkirbek DAVLETOV
Общество и инновации · 5 · 185-189 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются отрасли, способствующие ускоренное судебное повышению эффективности судебного процесса за счет разбирательство, сокращения общего времени завершения судебных дел без ускорение судебного ущерба для качества правосудия. Обсуждаются проблемы, с процесса, судебное разбирательство, которыми сталкиваются судьи, включая частые ненужные ведение дела, ненужные отложения дел и медлительность судов. Анализируются отсрочки, возможности улучшения коммуникации и сотрудничества, отсрочка правосудия – повышения уверенности судей в эффективности ведения отказ в правосудии, дел. Также предложены меры по созданию эффективного судебная чувствительность, механизма контроля и управления судебным причина задержки, разбирательством как на индивидуальном, так и на общем приостановление уровне. разбирательства, ночной судебный процесс, слушания и ускоренное судебное разбирательство. Tezkor sud jarayoni konstitutsiyaviy huquqdir. Adolatning kechikishi, adolatning inkor etilishidir [1]. Albatta, ishlarni ko‘rib chiqishni tezlashtirish kerak [2]. Bunda bir tomon uchun vaqt, ikkinchi tomon uchun da’voni sekinlashtirish yoki to‘xtatish yo‘llarini izlash muhim ekanligini unutmaslik kerak. Agar tomon o‘z ishini tezlashtirishni istasa, sud jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida sud raisiga ariza berishi mumkin. Tezlashtirilgan sud muhokamasi – bu belgilangan muddatdan oldin tarafning masalasini ko‘rib chiqish va hal qilish jarayonidir. Sud tizimi ko‘pincha nizolarni hal qilishda uzoq vaqt kechikishlar uchun tanqid qilinadi. Sudning hal qiluv qarori va asossiz nizolarni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi (agar adolatli bo‘lsa) sud muhokamasining davomiyligi va narxini keskin kamaytirishi mumkin. Bunday yondashuv vaqt va resurslarni tejab, masalaning mohiyatini qisqartiradi. Har qanday holatda ham sud tomonlarga nizoni tez va samarali hal qilishga yordam berishi kerak. Buning uchun quyidagi maqsadlarga erishish lozim: odil sudlovning sifatini pasaytirmasdan sud ishlarini yakunlash uchun ketadigan umumiy vaqtni qisqartirish; ishtirokchilarning sud jarayoni tezkorligidan qoniqishini oshirish; sudyalar tomonidan ishlarni boshqarishni, ayniqsa, tez-tez keraksiz tanaffuslar va sud majlislarining sekinligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish; sud jarayonining samaradorligiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan sektorlar bilan aloqa va hamkorlikni yaxshilash; 186 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2024) / ISSN 2181-1415 ishlarni samarali boshqarish bo‘yicha sudyalar sezgirligini (ichki ishonchini) oshirish, o‘qitish va malakasini oshirish va kerak bo‘lganda tezkor ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda yordam berish; sud jarayonlarini individual va umumiy asosda kuzatish va boshqarish uchun samarali mexanizmini yaratish. AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tezkor sud jarayonidan foydalanish huquqiga ega [3] bo‘lib, unda sud jarayonini tezlashtirish bilan bog‘liq ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud raisiga bo‘lgan murojaatida quyidagilar hisobga olinishi kerak. kechikishning uzunligi; kechikish sababi; sud jarayonni tezlashtirishga bo‘lgan huquqning tasdiqlanganligi; zararning mavjudligi. Hindiston sud tizimi ko‘p yillardan beri uzoq davom etgan sud jarayonlari va chigal protsessual kechikishlar bilan ajralib turadi. Milliy sud ma’lumotlari tarmog‘iga (NJDG) ko‘ra, Hindiston fuqarolik sudida ishlarni o‘rtacha ko‘rib chiqish muddati 7 yilni tashkil qiladi. Garchi Hindiston Konstitutsiyasining 21-moddasi va ko‘plab qonun hujjatlarida ishlarni hal qilish uchun muddatlarni belgilovchi norma bo‘lsa-da, “tezkor sud muhokamasi huquqi” hali ham uzoq orzu bo‘lib qolmoqda. Hindiston tajribasiga ko‘ra, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi barcha qarorlar faqat olti oy muddatga amal qiladi, shundan so‘ng sud muhokamasi to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish haqida sudga ariza bermasdan avtomatik tarzda davom ettirilishi mumkin [4]. Sud vaqti qimmatlidir va uni eng samarali tarzda ishlatish kerak. Shunga qaramay, bema’ni asoslarda soxta da’volar qo‘zg‘atiladi. Soxta sud jarayonlari nafaqat sudlarning vaqtini va resurslarini behuda sarflaydi, balki ishda ishtirok etuvchi shaxslarga asossiz zarar etkazadi. Sud ishlarining cho‘zilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir omillar [5]: ➢ sudda ishni ko‘rish va hal qilish bilan bog‘liq dalillarning haddan ziyod ko‘pligi; ➢ hech qanday asossiz ish yuritishni to‘xtatish; ➢ ish yuritishni keyinga qoldirishni so‘rash; ➢ sudyalarning tajribasi, qobiliyati va o‘ziga bo‘lgan ishonchi lozim darajada emasligi; ➢ sud tizimi yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi; ➢ sud jarayonini sun’iy ravishda tezlashtirishga urinish (bu ko‘pincha yolg‘on gapirishga, dalillarni yashirishga va vijdonan harakat qilishdan bosh tortishga sabab bo‘lishi mumkin); ➢ hakamlar hay’ati va sudyalar haqiqiy dalil va faktlarni qanchalik eshitishlari, tushunishlari, aksariyat hollarda, noto‘g‘ri qabul qilishlari (bu as
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются отрасли, способствующие ускоренное судебное повышению эффективности судебного процесса за счет разбирательство, сокращения общего времени завершения судебных дел без ускорение…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются отрасли, способствующие ускоренное судебное повышению эффективности судебного процесса за счет разбирательство, сокращения общего времени завершения судебных дел без ускорение… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speedy trial, create an effective mechanism for monitoring and managing, sud muhokamasi, hearings and speedy trial, tungi sud, unnecessary delays, ночной судебный процесс, keraksiz tanaffuslar, cause of delay, trial, and foreign experience, судебная чувствительность, tinglovlar va tezkor sud muhokamasi, sud jarayonini tezlashtirish, stay of proceedings, причина задержки, ish yuritishni to‘xtatish, судебное разбирательство, ishlarni boshqarish, tezkor sud, слушания и ускоренное судебное разбирательство, ведение дела, ускорение судебного процесса, отсрочка правосудия - отказ в правосудии, sudyalar sezgirligi, night trial, kechikish sababi, case management, ненужные отсрочки, adolatning kechikishi – adolatning inkori, ускоренное судебное разбирательство, приостановление разбирательства, judicial sensitivity, justice delayed - justice denied
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025