Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Влияние эпосов и эпоса “Алпомиш” на духовно-нравственное воспитание учащихся
Ozoda SUVONOVA
Общество и инновации · 5 · 113-118 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются уникальные качества фольклор, героев саги «Алпомиш», отражающей вековые традиции эпос, узбекского народа и являющейся богатством узбекского бахши, фольклора, а также уникальные аспекты воспитания детей. эпос «Алпомиш», человеколюбие, духовность, нравственность, образование, храбрость, дружба, обещание, щедрость. Bugungi globallashgan, axborot oqimi tezlashgan va yana ularning salbiy ta’sirlari kuchayib borayotgan bir davrda kelajak egalari hisoblanadigan yosh avlod vakillarini har jihatdan yetuk, har bir sohada yurt, jamiyat rivoji uchun jahondagi oʻz tengdoshlari bilan bellasha oladigan, ajdodlariga munosib avlod qilib, oʻz xalqining asriy an’analarini davom ettiradigan yoshlar sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri boʻlib qolmoqda. Aytish mumkinki, tarbiya masalasi oʻz navbatida ma’naviyat, ma’rifat kabi tushunchalarni oʻz zamirida aks ettiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2020-yil Oliy majlisga Murojaatnomasida “Eng katta boylik – bu aql- zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir” degan sharqona g‘oyani ilgari surdilar. Darhaqiqat, zakiylik, bilimdonlik, axloqlilik oʻzbek xalqining tomir-tomirlariga singib ketgan. Qarangki, yoshlar tarbiyasi masalasi butun bir insoniyat tarixida eng ustuvor masala sifatida e’tirof etiladi, hattoki, bu qadim tariximiz sahifalarida ham oʻz aksini topgan. oʻzbek xalqining yagona bir xalq boʻlib, bir millat sifatida nom chiqarishida u bilan hamnafas boʻlib, xalq vakillarining oʻzga xalqlardan ajralib turuvchi jihatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi xalq og‘zaki ijodi deb atalmish ajoyib va bebaho bir merosi borki, bu manba orqali xalq vakillari oʻzining asriy orzularini kelajak avlod vakillariga yozuv paydo boʻlmasidan ilgari bayon qilib, uzoq tarixga muhrlagan holda bugungi kunda ham boyitib, sayqallab bormoqda. Zero, Birinchi Prezidentimiz haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, “Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qoʻlyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega boʻlgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi”. Xalq og‘zaki ijodiyoti milliy qadriyatlarimizning eng yashovchan, qadimiy, ardoqli va hamisha yangilanib, har bir avlod badiiy tafakkurining sarchashmasidan quvvat olib sayqallanib boradi. Og‘zaki ijodning qadimiy namunalari, yozma manbalarda, xususan, mamlakatimizda yaratilgan ulkan yodgorlik – “Avesto”da, shuningdek, tarixchi va adiblarning asarlarida, qoyatoshlar suratlarida (Sarmishsoy, Zarautsoy rasmlari kabi), arxeologiya va arxitektura 114 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2024) / ISSN 2181-1415 yodgorliklarida, mehnat qurollari va uy-roʻzg‘or buyumlarida oʻziga xos tarzda saqlanib qolgan. O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi yurtdoshlarimizning turmush tarzi, yashash sharoitlari va ijtimoiy mehnat darajasiga mos ravishda shakllanib, otadan – oʻg‘ilga, ustozdan – shogirdga, ajdoddan – avlodga oʻtib, doimiy ravishda sayqallanib, mukammallashib, tobora an’anaviylashib boravergan va nihoyat, kasbiylik (professionallik) kasb etgan hamda jonli ijro orqali bizgacha yetib kelgan [1]. O‘zbek folklorining eng yirik janrlaridan biri dostonlardir. “Doston” soʻzi qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarini va qiziq-qiziq voqealarni hikoya qilish, maqtash ma’nolarini anglatadi. Doston soʻziga oʻzbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha ta’rif berilgan “Doston – qissa, hikoya. Xalq qahramonlari haqida nazm va nasrda aytilgan epik asar, og‘izdan-og‘izga oʻtib yurgan ma’lum mashhur sarguzasht hikoyalar, gap- soʻzlar ta’rif-tavsiflar” M. Saidovning ta’kidlashicha, doston murakkab san’at asari boʻlib, uning doston boʻlishi uchun adabiy matn, musiqa boʻlishi, kuylovchi hofizlik san’atini puxta egallagan va soz cherta bilishi zarur. Adabiy atama sifatida u xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyotdagi yirik hajmli epik asarlarni anglatadi. Biroq yozma va og‘zaki adabiyotdagi dostonlar oʻzining turli jihatlari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Birinchisi, asrlar davomida xalq og‘zaki ijodida baxshilar tomonidan og‘zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. “Alpomish”, Goʻroʻg‘li turkumidagi “Goʻroʻg‘lining tug‘ilishi”, “Malikai Ayyor”, “Ravshan”; “Kuntug‘mish”, “Rustamxon” kabilar og‘zaki dostonlar namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Haydar Xorazmiyning “Gul va Navroʻz”, Navoiyning “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli vaMajnun” kabi asarlari esa yozma adabiyotdagi dostonlar boʻlib, ularni og‘zakidan ajrat
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются уникальные качества фольклор, героев саги «Алпомиш», отражающей вековые традиции эпос, узбекского народа и являющейся богатством узбекского бахши, фольклора, а также уни…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются уникальные качества фольклор, героев саги «Алпомиш», отражающей вековые традиции эпос, узбекского народа и являющейся богатством узбекского бахши, фольклора, а также уни… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore, "Alpomish" epic, morals, education, bakhshi, axloq, mardlik, обещание, friendship, дружба, doston, spirituality, щедрость, образование, doʻstlik, xalq og‘zaki ijodi, нравственность, promise, фольклор, бахши, храбрость, “Alpomish” dostoni, эпос, ahdga vafo, joʻmardlik, philanthropy, epic, человеколюбие, baxshi, tarbiya, bravery, generosity, baxshichilik, ma’naviyat, эпос «Алпомиш», духовность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026