Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Правовая основа охраны труда
Shakir TURSUNOV
Общество и инновации · 5 · 29-35 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье проанализировано значение охраны труд, труда, её правовые основы, порядок, характеристики и трудовое право, технологические процессы, а также изучены мнения учёных. охрана труда, Также были рассмотрены условия охраны труда и работы права работника, требования охраны труда, в зарубежных странах. Сделаны выводы о значении работодатель, международных нормативных документов в системе охраны травматизм. труда, в частности конвенций Международной организации труда, о факте присоединения Республики Узбекистан к ряду международных конвенций и об интеграции этих документов в национальное законодательство. Mehnatni muhofaza qilish ishchilarni mehnat sharoitlarida sog‘liq va xavfsizliklarini himoya qilishga qaratilgan davlat siyosatining muhim tarkibidir. O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari asosan “Mehnat Kodeksi” (2023) va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2016) bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjatlar mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilarni jarohat va kasalliklardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilaydi. Masalan, Mehnat Kodeksining 211-moddasida ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish choralarini ko‘rishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi majburiyati aniq bayon etilgan. Mehnatni muhofaza qilish tizimida xalqaro normativ hujjatlar, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO) konvensiyalari ham katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi bir nechta xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan bo‘lib, bu hujjatlar milliy qonunchilikka ham integratsiya qilingan. Masalan, XMTning 155-konvensiyasi mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat majburiyatlarini belgilaydi (ILO, 1981). Mehnatni muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlari esa xavfsizlik talablari va standartlariga qat’iy rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish tizimlarini tashkil etish, muntazam nazorat va monitoring hamda ishchilarni o‘qitish va malaka oshirish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan talablar va standartlar davlat tomonidan tasdiqlangan bo'lib, ular ish beruvchilar tomonidan bajarilishi shart. Bu talablar o‘z ichiga xavfsizlik texnikasi va mehnat gigiyenasi bo‘yicha talablarga rioya qilishni, shuningdek, himoya vositalaridan foydalanishni qamrab oladi. Ish joylarida xavfsizlik texnikasi va mehnat gigiyenasi talablari bajarilishini ta’minlash uchun har bir tashkilotda maxsus mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tashkil etiladi. Bu xizmatlar xavfsizlik va sog‘liqni saqlash qoidalariga rioya etilishi, xavfsizlik vositalaridan foydalanish va xodimlar o‘qitilishi bilan shug‘ullanadi. Mehnat sharoitlarini muntazam ravishda nazorat qilish va monitoring qilish mehnatni muhofaza etishning muhim qismlaridan biridir. Ushbu jarayonlar xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini va ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlashga yordam beradi. Nazorat jarayonida mehnat sharoitlari me’yoriy hujjatlar va xalqaro standartlarga mos kelishiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishchilarga muntazam ravishda o‘qitish va malaka oshirish kurslari 30 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2024) / ISSN 2181-1415 o‘tkazilishi zarur. Bu ayniqsa yuqori xavfli ish joylarida ishlaydigan xodimlar uchun muhimdir. O‘qitish jarayonida xodimlarga mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xavfsizlik texnikasi va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha majburiyatlar va javobgarlik ish beruvchi va xodimlar uchun ham birdek muhimdir. Ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish bilan bog‘liq barcha talablarni bajarishga majburdirlar va ular buzilgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin. Ishchilar esa mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishlari shart. Bu masalalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunida batafsil bayon etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2016). Mehnatni muhofaza qilish mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari va vositalari tizimidir. Ish beruvchilar xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini ta’minlashi shart. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilik hujjatlarida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalariga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda (bundan buyon matnda mehnatni muhofaza qilish qoidalari deb yuritiladi) belgilanadi. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar obyektlarni loyihalashtirish, qurish
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье проанализировано значение охраны труд, труда, её правовые основы, порядок, характеристики и трудовое право, технологические процессы, а также изучены мнения учёных.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье проанализировано значение охраны труд, труда, её правовые основы, порядок, характеристики и трудовое право, технологические процессы, а также изучены мнения учёных. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- labor, joining a number of international conventions and about the, требования охраны труда, employee rights, права работника, труд, mehnatni muhofaza qilish, injuries, охрана труда, labor protection requirements, работодатель, травматизм, labor law, трудовое право, shikastlanish, mehnat huquqi, labor protection, ish beruvchi, employer, mehnat qilish, xodimlar huquqlari, mehnatni muhofaza qilish talablari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025