Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Негосударственные некоммерческие организации - инициатор защиты человеческого достоинства и прав человека
Jasur KENJAEV
Общество и инновации · 5 · 183-191 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются социально- негосударственная политические и правовые основы негосударственных некоммерческая некоммерческих организаций как общественных организация, объединений, способствующих формированию интересы человека, права человека, гражданского общества и считающих честь, достоинство и неправительственные интересы людей первоочередной задачей. организации, гражданское общество. KIRISH VA DOLZARBLIGI Inson huquqlari bo‘yicha hukumatga qarashli bo‘lmagan organlar tizimida asosiy o‘rinni egallab turgan, bugun dunyo hamjamiyati, siyosiy doiralarda qizg‘iz o‘rganilayotgan fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri sifatida nodavlat notijorat tashkilotlarini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Hamma davrlarda ham nodavlat notijorat tashkilotlari fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismi va uning rivojlanishining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilgan. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida qonun ustuvorligini mustahkamlash, demokratik boshqaruvni takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish hamda fuqarolarning siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish o‘ziga xos dolzarblik kasb etib bormoqda [1]. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, jamoat birlashmalari davlatdan mustaqil bo‘lgan, alohida faoliyat yuritadigan va, ayni vaqtda, davlat institutlariga ta’sir o‘tkaza oladigan, davlatning ijtimoiy hayotga, shuningdek, fuqarolaming shaxsiy hayotiga asossiz aralashuvidan muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tashkilotlar bo‘lib, ularning davlatga nisbatan mustaqilligi quyidagilarda ko‘rinadi: birinchidan, ular o‘z ichki va tafkibiy tuzilishi hamda faoliyatining yo‘nalishlarini mustaqil belgilaydilar; ikkinchidan, o‘z irodalarini o‘zlari ifoda etadilar va bu normativ iroda tashkilot a’zolariga majburiy bo‘ladi; uchinchidan, mazkur ijtimoiy tuzilmalar o‘z ustavlari vositasida tashkilot a’zolarining huquq va burchlarini mustaqil belgilaydilar; to‘rtinchidan, o‘z mulki va mablag‘lariga ega bo‘lib, ularni o‘z ixliyori va ehtiyojiga qarab tasarruf etadilar [2]. Bundan tashkilotlar o‘z a’zolarining huquq va burchlarini munosib himoya qilish barobarida o‘z faoliyat mezonlarini ham mustaqil idora etishga harakat qilib keladi. TAHLIL VA NATIJALAR Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, hayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi [3]. 184 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 3 (2024) / ISSN 2181-1415 Bizning fikrimizcha, nodavlat tashkilotlar davlat institutidan faoliyat mezoni va maqsadi bilan farq qiluvchi, ma’lum shaxshlar – jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tashkil topadigan tashkilot bo‘lib, ular foyda olishni emas, aksincha, fuqarolik jamiyati shakllanishini nazarga tutuvchi, fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va manfaatlarini birlamchi vazifa sifatida ko‘radigan ijtimoiy birlashmalar, deyish mumkin. Shuni ham alohida ta’lidlash lozimki, zamonaviy dunyoda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab olgan ko‘plab nodavlat tashkilotlar va harakatlar mavjud. Nodavlat notijorat tashkilotlarining keng qamrovli tizimining shakllangani fuqarolik jamiyati rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi, uning manfaatlari xilma-xilligi va tuzilishining dalilidir. Nodavlat sektori avval-boshda XX asrning o‘rtalaridan boshlab ko‘plab tadqiqotchilar e’tiborini torta boshlagan edi, bunda asosan, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va madaniy aktor sifatida maydonga chiqqan edi. Vaqt o‘tishi bilan ular jamiyatlar ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy-madaniy va huquqiy faoliyat sohalarida yorqin namoyon bo‘la boshlaydi, qolaversa, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yanada tizimlashtirishga harakat kuchayadi. Tadqiqot doirasidan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, nodavlat notijorat tashkilotlarining asosiy vazifasi o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilishdan iboratligini ham ta’kidlash lozim. Bundan tashqari, fuqarolar faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirish va amalga oshirish, ular manfaatalarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatga ixtisoslashgan, deyish mumkin. Inson huquqlari bo‘yicha notijorat tashkilotlarining faoliyati barcha sohalarni qamrab oladi. Xususan, jamiyat hayotidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalar va “rivojlangan fuqarolik jamiyatidagi odamlar o‘rtasidagi gorizontal ijtimoiy aloqalarni aks ettiradi". Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati inson huquqlari tashkilotlari birdamlik, amaliy tamoyillarga asoslanadi hamda huquqlarning universalligi va ajratilmasili, barcha uchun birdek amal qilishini ham inobatga olishi kerak [4]. Ayrim manbalarda, Nodavlat notijorat tashkilotlarining institutsional rivojlanishi XX asrning 40-yillari ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi, o‘shanda ularning davlat va fuqarolar o‘
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются социально- негосударственная политические и правовые основы негосударственных некоммерческая некоммерческих организаций как общественных организация, объединений, способст…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются социально- негосударственная политические и правовые основы негосударственных некоммерческая некоммерческих организаций как общественных организация, объединений, способст… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- non-governmental non-, human rights, non-governmental non-profit organization, human interest, гражданское общество, non-governmental organizations, nodavlat notijorat tashkilot, права человека, nohukumat tashkilotlar, неправительственные организации, civil society, inson manfaatlati, fuqarolik jamiyati, inson huquqlari, интересы человека, негосударственная некоммерческая организация
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014