Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Значение религиозно-образовательных реформ в образовании молодежи в условиях глобализации
Mukhlisakhon ABDUJALILOVA
Общество и инновации · 5 · 88-93 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье акцентируется внимание на необходимости Культура, привития знаний, связанных с религиозно- традиция, образовательной сферой, предотвращения попадания общество, молодежи под влияние различных чуждых и вредных идей, идея, ценность, а также формирования идеологического иммунитета в гражданин мира, процессе обучения и воспитания молодежи в условиях духовность, глобализации. Будут освещены вопросы, связанные с образование, эффективным использованием национальных, духовных и мораль, религиозных ценностей в процессах образования и толерантность. обучения, а также содержание ряда реформ, проводимых нашим правительством. Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohadagi yangi islohotlarning yoshlar ta’lim- tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda dolzarb hisoblanib, bu masala butun insoniyat muammolaridan biri ekanligi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekistondada Islom madaniyati xalqaro markazi tashkil etilgani yurtimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi e’tirofidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti aytganidek, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz- avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarini obod qilish diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini belgilab beradi. BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida ilgari surgan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyusiyasini qabul qildi. BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil 12-dekabrdagi yalpi sessiyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyusiyasi qabul qilindi. Loyihasi O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat BMTga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyusiyani qabul qilish tashabbusini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan edi. O‘zbekiston taklif etgan rezolyusiyaning asosiy maqsadi – barcha uchun ta’lim olish imkoniyatini taqdim etish, savodsizlik va bilimsizlikni bartaraf etishdan iborat. Rezolyusiyada “bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni o‘rnatish, diniy erkinlikni ta’minlash, dindorlar huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik”ka ham chaqirilgan. O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi xabarida ta’kidlanganidek, rezolyusiya nafaqat BMTning barcha a’zo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab- quvvatlanmadi, balki 50 dan ortiq davlatlar hammuallifligida qabul qilingan. Mualliflar orasida Qirg‘iziston, Livan, Marokash, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Pokiston, Koreya Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sudan, Tojikiston, Tailand, Ozarbayjon, Jazoir, Bahrayn, Belorussiya, Gana, Tunis, Turkmaniston, Filippin, Yaponiya kabi davlatlar borligi ahamiyatlidir. Rezolyusiyada ta’lim, tinchlik, inson huquqlari, bag‘rikenglik va do‘stlikning olg‘a surilishi muhim rol o‘ynashi ta’kidlanadi, shuningdek, dunyoda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun integratsiya, o‘zaro hurmat, inson huquqlarini himoya qilish, bag‘rikenglik va o‘zaro tushunishning muhimligi tan olinadi. 89 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2024) / ISSN 2181-1415 Shu bilan birga, qabul qilingan rezolyusiyada BMTga a’zo davlatlar milliy va xalqaro OAV hamda Internetda keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini o‘tkazish, bag‘rikenglik, din va e’tiqod erkinligiga rahna solmaslik to‘g‘risidagi ma’rifiy axborotlarni tarqatish kabi kommunikatsion strategiyani joriy etish taklif qilingan. BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekiston rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Marokash, Ummon, Ozarbayjon, Panama, Yevropa Ittifoqi kabi qator boshqa davlatlar delegatsiyalari nutq so‘zlab, O‘zbekiston hukumatiga ushbu muhim va o‘z vaqtida qabul qilingan hujjatni taqdim etgani uchun minnatdorchilik bildirdi. O‘zbekiston Respublikamizda diniy-ma’rifiy sohadagi yangi islohotlarning yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyatini belgilab beruvchi asosiy manbalardan biri bu – “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasi “Ta’lim tizimi va din” deb nomlanadi. Unda jumladan shunday deyilgan “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar ta’min etiladi” -deb ta’kidlab o‘tilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan diniy-ma’riy sohadagi o‘zgarishlar mintaqa darajasidan chiqib butun dunyo miqiyosida e’tirof etilishi dinga bo‘lgan munosabatni ma’rifiy ahamiyatini oshirmoqda. Bu borada “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF–5416-sonli Farmoni yoshlarning diniy-ma’rifiy ta’lim- tarbiyasidagi ahamiyatini hamda strategik vazifalarini
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье акцентируется внимание на необходимости Культура, привития знаний, связанных с религиозно- традиция, образовательной сферой, предотвращения попадания общество, молодежи под влияние различных ч…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье акцентируется внимание на необходимости Культура, привития знаний, связанных с религиозно- традиция, образовательной сферой, предотвращения попадания общество, молодежи под влияние различных ч… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- culture, our government, will be covered, tradition, education, axloq, общество, g’oya, jamiyat, madaniyat, мораль, гражданин мира, spirituality, morality, value, традиция, global fuqaro, образование, ценность, idea, urf-odat, культура, идея, толерантность, bag’rikenglik, qadriyat, tarbiya, ma’naviyat, tolerance, global citizen, духовность, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026