К содержанию
РецензированоRU2024

Роль национальных обычаев, традиций и ценностей нашего народа в образовании молодежи

Sharofiddin SHOMUROTOV

Общество и инновации · 5 · 94-99 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются вопросы правильного процесс глобализации, понимания молодежью содержания различных идей, роста творческая идея, уровня идейно-политического сознания и идеологического ценности, иммунитета, а также уровня ее социализации в условиях гражданин мира, духовность, глобализации. Освещены вопросы, связанные с образование, эффективным использованием национальных и духовных мораль, ценностей в процессах воспитания и обучения, независимость. формированием у молодежи чувства верности обычаям и традициям. Ma’lumki, har qanday jamiyatda yoshlar qatlami muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, har bir jamiyatning rivojlanib borishi ob’ektiv jarayon bo‘lib, uni davom ettirish u o‘z navbatida yangi avlodga zaruriyatni paydo qiladi. Yangi avlod esa, mavjud ishlab chiqaruvchi kuchning tarkibiy qismi va muayyan ishlab chiqarish munosabatlarini davom ettira olishga layoqatli bo‘lishi lozim. Zero, yoshlar muammosini yana bir muhim tomoni shundaki, jamiyat va yoshlar tizimining markaziy elementi alohida olingan inson hisoblanadi. Yoshlarning jamiyatda tutgan o‘rni eng avvalo, jamiyat oldiga qo‘yilgan vazifalar miqyosi va ko‘lamidan kelib chiqadi. Bunday hol O‘zbekiston yoshlariga ham xos. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish, fuqarolar jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat bosh strategik maqsad belgilandi. Bu yo‘ldagi vazifalarni bajarishda yoshlar qatlamiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Keng qamrovli islohotlar jarayonida yoshlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash bo‘yicha davlat va nodavlat muassasalari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, yoshlar orasida olib boriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarda, ularda vayronkor g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirishda, ularning sotsial-demografik, psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish yo‘lidagi muammolardan biri, yoshlarga doim ta’sir ko‘rsatib turuvchi mavjud ijtimoiy muhitdagi ayrim holatlar bilan bog‘liqdir. Xususan, afsus bilan bo‘lsada, tan olish va ta’kidlash kerakki, ba’zan bozorlarda va savdo shahobchalari atrofida maktab yoshidagi bolalarning pornografik mazmundagi filmlar tushirilgan disklar bilan yashirincha savdo qilayotgani yoki bo‘lmasa, maktab o‘quvchilarining bir-birlari bilan “Internet kafelarda” soatlab fahsh, zo‘rlik, qotillik, razillikni targ‘ib qiluvchi tarmoq o‘yinlarini o‘ynab vaqt o‘tkazayotganiga guvoh bo‘lamiz. Albatta, bunday holatlarga ba’zi ota-onalar tomonidan farzandlari ustidan nazoratni susaytirib yuborilgani, ta’lim muassasalarining bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan olib borayotgan ishlarining talab darajasida emasligi va boshqa qator omillar sabab bo‘ladi. Biroq, nima bo‘lganda ham, bu – ob’ektiv voqelik va u yoshlarimiz mafkuraviy immunitetini yuksaltirish yo‘lidagi jiddiy to‘siqlardan biridir. 95 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 05 (2024) / ISSN 2181-1415 Chunki, o‘smir yoshlarda tengdoshlariga taqlid qilish, ulardan ibrat olish mayli kuchli bo‘ladi. Yot va begona mafkuraviy xurujlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar tengdoshlarini ham shunday ishlarga da’vat qilishi mumkin. Bu ham yoshlarimiz ongi- shuuriga nisbatan ichki mafkuraviy tahdidlarning bir ko‘rinishidir. Masalaning yana bir jihati ham borki, bu elektron o‘yinlar orqali vahshiylikni targ‘ib qilayotgan kompyuter zallar egalarining yosh avlod tarbiyasiga nisbatan mas’uliyatsizligi bilan izohlanadi. Chunki, o‘yin o‘ynash uchun “Internet kafe”ga har kuni deyarli o‘sha-o‘sha yigit-qizlar kelishadi va soatlab u yerda qolib ketishadi. Albatta, kompyuterlarning kuni bo‘yi band bo‘lishi kafe egasi bo‘lgan “tadbirkor” uchun ayni muddao. Ammo, o‘sha kishi yoki ayol farzandi tengi yoshlarning har kuni bebaho vaqtlarini behuda sarflab o‘tirishlariga beparvo munosabatda bo‘layotgani mafkuraviy profilaktika borasidagi yana bir muammodir. Albatta, biz kompyuter xizmat ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan hamma odamlarni mas’uliyatsizlikda ayblash fikridan yiroqmiz. Biroq, shunday kishilarning mavjudligini ham inkor etolmaymiz. Yoshlarning ta’limdan bo‘sh vaqtlarini ota-onalar, ustozlar va umuman yaqin kishilar tomonidan nazorat qilinishi, bu borada ularga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilishi yoshlar mafkuraviy profilaktika jarayonidagi muhim vazifalardan biridir. Darhaqiqat, xalqimiz, xususan, yoshlarimizda mafkuraviy immunitet milliy urf- odat, an’ana va qadriyatlarimiz, bir so‘z bilan aytganda, mentalitetimiz asosida shakllanadi. Shu ma’noda, sabr-toqat va yaxshi niyat ham o‘zbek xalqining umumiy mental qiyofasidagi muhim jihatlardan sanaladi. Shuningdek, har qanday sharoitda ham yaxshi niyat qilib yashash, yomonlikning oqibatidan ham yaxshilik bo‘lishiga ishonish tuyg‘usi ham milliy tafakkurimizning original elementi hisoblanadi. Zero, mafkuraviy ishla

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются вопросы правильного процесс глобализации, понимания молодежью содержания различных идей, роста творческая идея, уровня идейно-политического сознания и идеологического ценности,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются вопросы правильного процесс глобализации, понимания молодежью содержания различных идей, роста творческая идея, уровня идейно-политического сознания и идеологического ценности,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Globalization process, bunyodkor g’oya, education, axloq, mustaqillik, мораль, globallashuv jarayoni, гражданин мира, spirituality, morality, value, global fuqaro, образование, independence, процесс глобализации, ценности, qadriyat, tarbiya, творческая идея, независимость, creative idea, ma’naviyat, global citizen, духовность
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники