К содержанию
РецензированоRU2024

Правовые основы трудоустройства лиц с ограниченными возможностями в Узбекистане

Guzal JANADULLAYEVA

Общество и инновации · 5 · 278-281 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о правовых Лицо с инвалидностью, основах, гарантирующих трудоустройство лиц с профессиональная ограниченными возможностями, и условиях, созданных реабилитация, для эффективного выполнения ими своих медико-социальная экспертная комиссия, профессиональных обязанностей. безопасные условия труда, продленный отпуск. Mamlakatimizda nogironligi bo’lgan shaxslarning jamiyat va davlatning barcha jabhalarida huquqlari kafolatlangan bo’lib, ushbu huquqlarni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Nogironligi bo’lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, xususan ularning ishga joylashishlarida yuzaga keladigan to’siqlarni bartaraf qilish, mehnat faoliyati bilan bog’liq vazifalarni samarali amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida qonunchiligimizda mustahkam huquqiy asoslar mavjud. Nogironligi bo‘lgan shaxslar odatdagi mehnat sharoitlariga ega tashkilotlarda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan foydalanuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalarda, sexlarda va uchastkalarda ishlashga, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan yakka tartibdagi mehnat faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishga haqli. Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlash, shuningdek mehnat bozorida ularning raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida: – nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbiy reabilitatsiya qilishni amalga oshiradi, ularni mehnatda kuzatib boradi, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslarning mos keladigan ishga kirishini, saqlab qolinishini va xizmatda (ishda) lavozim bo‘yicha ko‘tarilishini ta’minlaydi; – tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilaydi; – nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun mos keladigan kasblar bo‘yicha ish o‘rinlarini zaxira qilinishini ta’minlaydi; – tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkilotlarni nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirishga rag‘batlantiradi, shuningdek ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlari tashkil etilishini ta’minlaydi; – nogironligi bo‘lgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi; – ixtisoslashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlaydi; – nogironligi bo‘lgan shaxslarni yangi kasblarga o‘qitish o‘quv dasturlari tashkil etilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi; – nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat sektoriga ishga joylashtirilishini va bandligi rag‘batlantirilishi hamda rivojlantirilishini ta’minlaydi; 279 Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 04 (2024) / ISSN 2181-1415 – nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatidan, shu jumladan ularning kasanachiligidan foydalanuvchi tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlaydi. Nogironligi bo’lgan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirishlarini rag’batlantirish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir xodim uchun 6 oy mobaynida belgilangan miqdorda subsidiya berilishi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan imtiyoz miqdorining oshirilganligi, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni va ish beruvchilar tomonidan ish o‘rinlari zaxiraga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy- apparat kompleksiga kiritiladigan bo‘sh ish o‘rinlari milliy bazasida aks etib borilishi, har bir hududda bittadan davlat xizmatlari markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ularga mos keluvchi lavozimlarda ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratgan holda, mehnat faoliyatini amalga oshirishini ta’minlash belgilanganligini ta’kidlash joiz. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus tashkil etilgan mehnat sharoitlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – ish grafigining yakka tartibda o‘zgarishi; – ish hajmining kamayishi va/yoki ishlab chiqarish korxonasining yakka tartibda belgilanishi; – aniq bir shaxsga mo‘ljallangan holda mehnat xususiyatining o‘zgarishi (lavozim yo‘riqnomasining o‘zgarishi); – maxsus sanitariya-gigiyena sharoitlarni yaratish; – korxonada maxsus ish joyini texnik jihatdan jihozlash; – korxonada tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; – ishchini ish joyiga yetkazishni tashkil etish; – uy sharoitida ish joyini tashkil etish; – boshqa shaxslarga doimiy yoki vaqti-vaqti bilan yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; – ish joyida asbob-uskunalarni boshqarish va xizmat ko‘rsatish uchun maxsus moslamalardan foydalanish; – maxsus ish

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье представлена информация о правовых Лицо с инвалидностью, основах, гарантирующих трудоустройство лиц с профессиональная ограниченными возможностями, и условиях, созданных реабилитация, д…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье представлена информация о правовых Лицо с инвалидностью, основах, гарантирующих трудоустройство лиц с профессиональная ограниченными возможностями, и условиях, созданных реабилитация, д… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Persons with disabilities, медико–социальная экспертная комиссия, продленный отпуск, безопасные условия труда, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, kasbiy reabilitatsiya, medical–social expert commission, продленный отпусклицо с инвалидностью, профессиональная реабилитация, extended vacation, nogironligi bo‘lgan shaxslar, vocational rehabilitation, xavfsiz mehnat sharoiti, лицо с инвалидностью, safe working conditions, uzaytirilgan ta’til
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники