Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Правовые основания поддержки граждан и членов их семей, временно работающих за рубежом
Sherzod ABDULLAYEV · Agency of External Labor (Karakalpak State University) · Labor Relations (Karakalpak State University)
Общество и инновации · 5 · 282-285 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: Статья представляет информацию о мерах поддержки Агентство внешней граждан Республики Узбекистан и членов их семей, трудовой миграции, которые временно находятся на работе за рубежом. В ней Министерство занятости и рассматривается основа этих мер и их практическое трудовых отношений, трудовая миграция, применение. дипломатические представительства, консульские учреждения, миграционные центры. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida, xususan, mehnat munosabatlari davomida ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, manfaatlarini amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mehnat faoliyatini nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro maydonda ham erkin va xavfsiz amalga oshirishni ta’minlash bugungi globallashuv sharoitida dolzarb masaladir. Mamlakatimizda joriy etilayotgan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi doirasida xorijga chiqib ketayotgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish, zarur ijtimoiy va axborot-maslahat yordamini ko‘rsatish, ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish maqsadida: – Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Turkiya Respublikasidagi jami 24 ta hududda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillik instituti joriy qilinishi, har bir hududga kamida ikki nafar vakil biriktirilishi belgilangan; – vakillar Rossiya Federatsiyasida – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari sifatida, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasida – ushbu davlatlardagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi; – vakillarning bir nafari ustuvor ravishda xorijiy davlatlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassislar orasidan tanlab olinadi va O‘zbekiston Respublikasidan yuboriladi, ikkinchisi esa xorijiy davlatda yashovchi obro‘-e’tiborli, keng dunyoqarashga ega vatandoshlar yoki zarur malaka va tajribaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar orasidan jalb qilinadi; – O‘zbekiston Respublikasida tanlangan vakillar Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasiga uzoq muddatli xizmat safariga yuboriladi; – vakillarning faoliyati, asosan, O‘zbekiston Respublikasining ko‘p sonli fuqarolari uyushgan holda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy korxonalar yoki tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladi; 283 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2024) / ISSN 2181-1415 – xorijiy davlatlarda vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi; – vakil lavozimi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xodimlari sonini ko‘paytirish hisobiga joriy etiladi; – Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakillarni ularning mazkur qaror bilan cheklangan shtatlari soni doirasida boshqa hududlarga biriktirish yoki sonini qisqartirish huquqi beriladi. Quyidagilar vakilning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan: – O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan hamkorlikda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; – xorijdagi vatandoshlar va o‘zbek milliy-madaniy tashkilotlari bilan yaqin aloqalarni o‘rnatish hamda mustahkamlash, ular bilan hamkorlikda muntazam ravishda mehnat migrantlari uchun madaniy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish; – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, fuqarolar uchun yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to‘g‘risida xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish; – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish, noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish, salohiyatli ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish; – xorijda bo‘lib turgan davrida zo‘ravonlik, majburiy mehnat va tahqirlanishga duchor bo‘lgan, jarohat olgan, baxtsiz hodisaga uchragan, og‘ir kasallikka chalingan
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Статья представляет информацию о мерах поддержки Агентство внешней граждан Республики Узбекистан и членов их семей, трудовой миграции, которые временно находятся на работе за рубежом.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Статья представляет информацию о мерах поддержки Агентство внешней граждан Республики Узбекистан и членов их семей, трудовой миграции, которые временно находятся на работе за рубежом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Agency of External Labor, миграционные центры, mehnat migratsiyasi, konsullik muassasalari, агентство внешней трудовой миграции, consular organizations, migratsiya markazlari, migration centers, Agency of External Labor Migration, labor migration, дипломатические представительства, Министерство занятости и трудовых отношений, Ministry of Employment and Labor Relations, diplomatik vakolatxonalar, трудовая миграция, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, diplomatic chancery, консульские учреждения, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026