Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
От старой методики к новой системе образования: история и анализ (на примере Сырдарьинской области)
Khusniddin URMONOV · May -/© in Science LLC. (Gulistan State University)
Общество и инновации · 5 · 289-293 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль системы астрономия, образования в культурном развитии страны. На основе джадиды, устных интервью и исторических материалов, приведены школы, примеры из жизни Сырдарьинской области, которые грамотный, деревня, иллюстрируют наиболее противоречивые периоды в конфликт, истории нашей страны. «семь семян», «чердак», «щупальца», урок. 1920–1930-yillarda birinchi o‘rinda buyuk davlatchilik va ulug‘ruslik maqsadlarini va markazning manfaatlarini ko‘zlab ish tutgan sovet hokimiyati Turkistonda, keyin mintaqa respublikalarida milliy kadrlarini tayyorlashga bo‘lgan yondashuvlarini o‘z asarlarida yoritgan mahalliy ziyolilar – Abdulhamid Cho‘lpon, Sh. Rahimiy, A. Fitrat, Sulaymon Xo‘jaev va boshqalar jiddiy tanqidga uchradi. Bizga yaxshi ma’lumki, o‘sha davr tarixini yoritmoqchi bo‘lganlar ham, yangi hukumat siyosatini targ‘ib qiluvchi kishilar ham qishloqlardagi o‘zaro ziddiyatlar bosimlariga duch kelishgan. Qolaversa, qadimchilar va jadidlar qarama-qarshiligi o‘lkadagi imperiya ma’muriyati uchun ayni muddao edi. Shunga qaramay, jadidlar yopilgan maktablar o‘rniga yangilarini ochishdan charchashmagan. Natijada 1917-yili Turkistonda 100 ga yaqin maktab faoliyat yuritgan [1:14-b]. Qanchadan-qancha buyuk allomalar yetishib chiqqan Turkistonni ota- bobolarimizga chor Rossiyasining savodsizlik hukm surgan qoloq o‘lka, deb o‘qitishdi. Oktyabr to‘ntarishiga qadar savodli kishilar barmoq bilan sanarli edi, deyishadi. Mirzacho‘l ham go‘yo 1917-yilgi inqilobdan keyin yoppasiga savodxon o‘lkaga aylangan emish. Ushbu masalani tadqiq qilish orqali tarix – hammasiga guvoh ekanligini bilib olamiz. Manbalardan shu narsa ma’lumki, har qishloqning o‘ziga yarasha oq-u qorani tanigan kishilari, bilimdonlari, savodxonlari bo‘lgan. Ular o‘z bilimlarini bolalariga berishda sira erinishmagan. Buyuk ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov Turkiston maktablari va madrasalarida arab tili, mantiq, geografiya, astronomiya, matematika, tabiiy fanlar o‘qitilar, shariat, islom darslari o‘rgatilardi. Bunday maktab va madrasalarda buyuk olimlar, faylasuflar, professorlar etishib chiqqandi. “Samarqanddagi Ulug‘bek tomonidan barpo qilingan katta rasadxona o‘sha davrda fan, ilm-madaniyatning yuqori cho‘qqilarda bo‘lganligini isbotlaydi”, – deb ta’kidlaydi [2:128-b]. Bu esa o‘z o‘rnida yuqoridagi kamsitishlarni rad etuvchi manba desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 1879–1880-yillarda hozirgi Sirdaryo viloyati hududida 8 ta boshlang‘ich maktab bo‘lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ana shu bilim o‘choqlarda, o‘qish, yozish, boshlang‘ich hisob, qizlarga tikishdan saboq berish bilan birga qo‘l hunari, o‘g‘il bolalarga esa duradgorlik, ta’mirchilik, etik tikish yumushlari o‘rgatilgan [3:74-b]. 290 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 03 (2024) / ISSN 2181-1415 1895–1900-yillarga kelib Sirdaryo sohilidagi “Orol”, “Boyovut” va “Qiyot” qishloqlarida musulmon maktablarida bolalarga ta’lim-tarbiya berila boshlandi. “Yetti urug‘”, “Chortoq”, “Tentakovul” qishloqlarida ham o‘ziga yarasha mo‘jaz maktablar bo‘lib, bolalarga savodli, barcha bilimlardan xabari bo‘lgan kishilar saboq berishgan. Mirzacho‘lga ruslar kirib kelgach, 1907-yili Spassk qo‘rg‘onida Surkov ismli boy ikki xonadan iborat kichik maktab ochdi. Ijaraga qo‘yilgan bu maktabda 50 nafar bola o‘qirdi. Sal o‘tmay bu qishloqda pishiq g‘ishtdan maktab binosi qad ko‘tardi. 1914-yili “Musofirobod” qishlog‘ida Jabbor oqsoqol hovlisida maktab ochilib, bolalar maktab, madrasa ko‘rgan, o‘qimishli, bilimdon muallimdan saboq ola boshladilar [3:75-b]. 20-yillarda sho‘ro hukumati hamma joyda bo‘lganidek Mirzacho‘lga ham yangi hukumat siyosatini targ‘ib qiluvchi kishilarni ishga yo‘llay boshladi. Mirsoat Olimov ana shundaylardan biri edi. Asli Toshkentlik bo‘lgan bu muallimni hukumat yer islohotidan keyin yo‘llanma bilan Boyovut qishlog‘iga yubordi. 1923-yil 1-sentyabrda Turkiston ASSRda isloh qilingan eski maktablar soni Jami ro‘yxatga Qayta tashkil O‘quvchilar Amalda Hudud olingan maktablar qilingan maktablar soni o‘qiydiganlar soni Sirdaryo 112 6 550 550 viloyati Jami 112 6 550 550 Bo‘ynilariga qizil galstuk taqqan bolalar saf-saf bo‘lib hovliga chiqadilar. Ularni muallimlari katta yo‘lga boshlaydi. Oldinda borayotgan bolaning qo‘lida Leninning surati, yana birining qo‘lida alvon bayroqcha. Bayroqni muallimning o‘zi yasagan. Katta ko‘chaga chiqishlari bilan bolalar ustozlari o‘rgatgan qo‘shiqni bor ovozlari bilan aytishadi: Tong qizi uyg‘on, uyg‘on, uyg‘on, Senga o‘qishga yetishdi zamon. Muallim ushbu she’riy parchani biroz maktab o‘quvchilari uchun moslashtirgan, sababi O‘zSSR davlat badiiy adabiyot nashriyotidan 1960-yilda chiqqan Hamza Hakimzoda Niyoziyning ikki tomlik she’riy to‘plamning birinchi tomida quyidagi ko‘rinishda keladi. Ishchilar, uyg‘on, uyg‘on, uyg‘on! Senga o‘qishga yetishdi zamon [4:216-b]. Bolalar qishloq ko‘chalarini shu tarzda aylanib, so‘ng orqaga – maktabga qaytishadi. Bu hol har kuni takrorlanadi.
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль системы астрономия, образования в культурном развитии страны.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается роль системы астрономия, образования в культурном развитии страны. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, savodli, ziddiyat, конфликт, “семь семян”, школы, урок, astronomy, “Yetti urug‘”, грамотный, literate, village, Jadids, астрономия, деревня, ” щупальца”, conflict, astronomiya, Tentakovul”, schools, jadidlar, maktablar, “чердак”, "Tentakovul”, lesson, джадиды, qishloq, saboq, “Chortoq”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025