Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Возникновение дискурсивной позиции уважения и вежливости в социо-прагматическом анализе медицинской коммуникации
Sayora YOROVA
Общество и инновации · 5 · 38-44 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются мнения о врач, субъективном восприятии взаимодействия между врачом и пациент, пациентом [2,3]. Автор также обращает внимание на дискурс, «патерналистскую» модель медицинского общения, которая психоэмоциональный, инструментальный, подразумевает, что врач должен быть инициатором структура. уважения и вежливости, а также несет ответственность за информирование пациентов о приоритете гуманных и гуманистических подходов при выполнении своих профессиональных обязанностей и задач. Shu jihatiga ko‘ra tibbiy diskurs xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq (masalan, rahbar – fuqaro, sotuvchi-mijoz, ishlab chiqaruvchi-iste’molchi) boshqa sohalarga o‘xshaydi. Binobarin, mazkur sohalarda ham xizmat ko‘rsatuvchining o‘z mijozlariga barcha pozitsiyalarda xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi, hurmat ko‘rsatib rag‘batlantirishi muloqotning samarali yakun topishini kafolatlaydi. Tibbiy diskurs qayd etilgan sohalar bilan muayyan o‘xshashlikka ega bo‘lsa-da, shifokor “instrumental va terapevtik” kabi ikki kommunikativ maqsadini ko‘zlashi bilan ulardan farqlanadi. Bulardan birinchisida shifokor o‘zning professional mahoratiga tayangan holda, muloqot vaziyati va shartlarini belgilashga erishishni nazarda tutsa, ikkinchisida bemorga psixoemotsional ta’sir o‘tkazish asosida, uning ruhiy holatini barqarorlashtirish hamda do‘stona muloqot muhiti uchun zamin hozirlash hamda salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni nazarda tutadi [V.V. Jura. 2008: 12]. Tibbiy muloqot tub asosiga ko‘ra institutsional (muayyan bir ijtimoiy institut muloqoti asosida shakllangan) diskurslar tizimiga mansub bo‘lsa ham, uning bemorlar bilan muloqotga asoslanuvchi og‘zaki janrlari o‘zining universalligi, ko‘pchilik vaziyatlari prototip (o‘zaro o‘xshash) xarakterli ekani bilan ajralib turadi. L.S. Beylinson tibbiy nutqni professional muloqotning o‘ziga xos turi sifatida e’tirof etgani holda, uning har bir vaziyatini alohida diskursiv tuzilma sifatida ajratib o‘rganishni tavsiya qilishining boisi ham shundandir [L.S. Beylinson. 2009: 16]. Demak, tibbiy muloqotning sotsiopragmatik tahlilida diskursiv pozitsiya hurmat va xushmuomalalikning vujudga kelishida muhim bo‘lgan kommunikativ kompetensiyalar hamda shaxslararo munosabatlar paradigmalarini belgilash imkonini yaratsa, diskursiv vaziyatlar xushmuomalalik kategoriyasini shifokor-bemor muloqotining diskursiv vaziyatlarda qo‘llanishi va ularning vaziyatlar bilan birga shakllanishiga e’tibor qaratish imkonini yaratadi. Shularga ko‘ra, shifokor – bemor muloqotini “hayot bilan bog‘langan yoki hayotga sho‘ng‘igan” yaxlit diskurs sifatida emas [LES, 1990: 136-137], balki muloqotning sotsiomadaniy va lingvopragmatik faktorlarga asoslanuvchi diskursiv pozitsiya va vaziyatlardan tashkil topadigan yaxlitlik sifatida o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Tibbiy muloqotga xos bunday qism-butun munosabatlari esa tub mohiyatiga ko‘ra, olam lisoniy manzarasining konsetosfera, freym, ssenariy (skript), geshtalt, konsept singari ichki tuzilmalar asosida tasavvurda gavdalantirilishiga muvofiq keladi. 39 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 2 (2024) / ISSN 2181-1415 L.S. Beylinson tavsiya qilingan tibbiy diskursning: “maqsad, ishtirokchilar, xronotop, terapiya, strategik turlar, janrlar bilan bog‘liq” vaziyatlari tibbiy muloqotga kengroq ko‘lamda yondashishga asoslangani bilan xarakterlanadi. Shu bois, shifokor va bemor muloqotining konsultativ maslahat diskursiga xos diskursiv vaziyatlarni “Kalgari- Kembridj modeli”ga qiyosan tahlil qilishni lozim topdik [Dj. Sil'verman, S. Kyors, Dj. Dreyper. 2018: 29-41]. “International Association for Communication in Healthcare / Soliqni saqlash xalqaro aloqa assosiatsiyasi”ning [http://www.each.eu] tavsiyalari tarkibidan o‘rin olgan ushbu modelning birinchi qismi “Shifokor qabulining boshlanishi” deb nomlanadi. Uning dastlabki qismi, “Birlamchi munosabat o‘rnatish” bilan bog‘liq bo‘lib, unda shifokorning bemor bilan salomlashishi, tanishishi, bemorga qisqacha intervyu bergan holda, o‘zi haqida ma’lumot berishi, unga hurmat va xushmuomalalik bilan munosabat bo‘lishini ma’lum qilishi nazarda tutiladi. Ushbu diskursiv vaziyatda xushmuomalalikning asosiy vositalari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: 1) xushmuomalalikning “sizlash va senlash” formalari. Shifokor-bemor muloqoti aksariyat hollarda notanishlik vaziyatida sodir bo‘lgani bois, har ikkala tilda ushbu formalardan “sizlash” ko‘proq qo‘llaniladi. Xususan, ingliz tilida “sizlash”ning alohida formal ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lmagani bois, ushbu shakl ikkinchi shaxs birlik va ko‘plik uchun qo‘llaniladigan “you” olmoshini hurmat belgisi sifatida qo‘llash asosida ifodalanadi: Pass me that cannula would you, nurse? (Hamshira, menga ignani uzatib yubora olasizmi?) Hang on a minute, please. (Bir daqiqa, marhamat). Would you give me a hand, please? (Iltimos, menga yordam bera olasizmi?). O‘zbek madaniyatida suhbatdoshga “sizlab” murojaat qilish hurmat ko‘rsa
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются мнения о врач, субъективном восприятии взаимодействия между врачом и пациент, пациентом [2,3].»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются мнения о врач, субъективном восприятии взаимодействия между врачом и пациент, пациентом [2,3]. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- doctor, [2] and situational positions [3] of doctor-patient, patient, diskurs, дискурс, врач, shifokor, instrumental, tuzilma, structure, психоэмоциональный, psychoemotional, discourse, структура, bemor, psixoemotsional, пациент, инструментальный
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025