Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DOSTONCHILIK MAKTABLARI VA XALQ DOSTONLARINING MAVZU DOIRASI
Rahmatova Mohinabonu Rajabovna
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
In this thesis, information is provided about the schools of epic writing. Also, during the thesis, the scope of the subject and the specific features of the folk epics were specifically discussed. Key words: epic performers, Kurgan, Bulungur epic schools, types of epic. ТЕМАТИЧЕСКИЙ ОХВАТ ЭПИЧЕСКИХ ШКОЛ И НАРОДНОГО ЭПОСА Аннотация. В данной диссертации приводятся сведения о школах эпического письма. Также в ходе дипломной работы конкретно обсуждались объем темы и особенности народного эпоса. Ключевые слова: эпические исполнители, Курган, Булунгурские эпические школы, типы эпоса. So’z san’atining dastlabki na’munalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Folklorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda o’zbek folklorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, Shahrisabz, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari – baxshilik san’atining ajoyib markazlari aniqlangan. 1. Bulung’ur dostonchilik maktabi qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo’lgan. Sodda, yuksak, o’ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan. Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi talantli vakili Fozil Yo’ldosh o’g’li (1872-1955) hisoblanadiki, undan «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahmad», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali», «Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «Shirin bilan Shakar», «Ra’no bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan. 310 30-Sentabr, 2024-Yil 2. epik san’atning ikkinchi bir muhim Qo’rg’on dostonchilik maktabi bo’lib, uning eng so’nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o’g’li (1868-1937) va Po’lkan shoirlar (1874-1941) hisoblanadi. Bu talantli san’atkorlardan «Alpomish», «Yakka Ahmad», «Oysuluv», «Kuntug’mish», «Qironxon», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «Gulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «CHambil qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Qunduz bilan Yulduz», «Xoldorxon», «Hilomon», «Berdiyor otliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi dostonlar yozib olingan. 3. XIX asrda mavjud bo’lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so’nggi namoyandasi Abdulla Nurali o’g’li (1874-1957) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho’x, quvnoq, ko’tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar. Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o’g’li (1874-1953) bir tomondan, Shahrisabz, ikkinchi tomondan, Qo’rg’on dostonchilik maktabi bilan bog’liq bo’lgan. Uning ijro usuli va undan yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon», «Kuntug’mish» kabi dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, ularda har ikki maktab xususiyatlari yaqqol ko’rinadi. 4. O’zbekistonning janubida yashovchi ko’pgina baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi bilan bog’liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur vakili Shernazar Beknazar o’g’li bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o’g’li, Umir Safar o’g’li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o’g’li, Mamadrayim baxshi, Bo’riboy Ahmad o’g’li, Yusuf O’tagan o’g’li kabi o’nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan. 5. Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbek-laqay baxshilari ham ijro yo’llarining badiiy tasvir vositalari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Dang’ara rayonining Jorubqo’l qishlog’i bilan bog’liq. Bu erda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Haybat Shomol o’g’li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o’tgan. Hozir ham ularning davomchilari bor. O’zbek-laqay baxshilarining dostonchilikdagi asosini «Go’ro’g’li» dostonlari turkumi tashkil etadi. Bu dostonlar o’zlarining nihoyatda mo’jazligi bilan ajralib turadi. O’zbek xalq dostonlarining mavzu doirasi O’zbek xalq dostonlari nihoyatda ko’p bo’lib, uzoq asrlar davomida yaratildi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib keldi. Bu hol ularni muayyan turlarga bo’lib o’rganishni taqozo etadi. Dostonlar, dastlab V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov, keyinroq M.Saidov tomonidan 311 30-Sentabr, 2024-Yil nashr qilindi. O’zbek xalq dostonlari qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik, kitobiy dostonlarga bo’linadi. 1. Qahramonlik dostonlari. Qahramonlik dostonlari bizgacha sof holida «Alpomish» misolida etib kelgan. 2. Jangnoma-dostonlar. Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan foydalangan. Natijada «Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga kelgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning «SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang», «To’maris» kabilarni ko’rsatish mumk
Доказательный фрагмент
«In this thesis, information is provided about the schools of epic writing.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, information is provided about the schools of epic writing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- epic performers, Kurgan, Bulungur epic schools, types of epic
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026