Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ALPOMISH” DOSTONINING TILI VA BADIIY XUSUSIYATLARI
NEW RENAISSANCE · Rahmatova Mohinabonu Rajabovna
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
This thesis talks about the variants and versions of the epic "Alpomish", and the artistic analysis of the epic. Also, the language and artistic features of Doston have been specially discussed. Key words: "Alpomish" saga, heroism, prosperity of the country, family happiness. ЯЗЫКОВЫЕ И ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЭПОСА «АЛПОМИШ» Аннотация. В данной дипломной работе говорится о вариантах и версиях эпоса «Алпомиш», художественном анализе эпоса. Также специально обсуждались языковые и художественные особенности Достона. Ключевые слова: сага «Алпомиш», героизм, процветание страны, семейное счастье. «Alpomish» – qadimiy dostonlardan biridir. U qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligini kuylovchi ulkan eposdir. Unda bir oila taqdiri misolida vaziyat taqozosi bilan bo’linib ketgan qadimiy bir o’zbek urug’ining qayta birlashishini badiiy aks ettirish orqali millat birligi g’oyalari, uning qahramonona shon- shuhrati va istiqboli, el-yurt farovonligi, oila baxti va Vatan ravnaqi uchun kurash baralla kuylangan. Bundan ming yillar avval xalq baxshilari tomonidan og’zaki ravishda yaratilgan hamda bizgacha kuylab kelingan bu doston o’zbek-qo’ng’irot urug’i boshliqlari aka-uka Boybo’ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Hakimbek va Barchinning ajoyib- g’aroyib holatlarda tug’ilishi, Hakimbekning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko’rsatishi, Boysarining Boybo’ridan arazlab, qalmoq eliga ko’chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o’zga mamlakatga safari va qalmoq alpi Qorajon bilan do’stlashishi, raqiblari – qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va Barchinni olib o’z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, yetti yil zindonda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, xotini Barchinning zo’ravon Ultontoz bilan 89 NEW RENAISSANCE 2024 SEPTEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 7 bo’layotgan to’yi ustida o’z eliga kelishi hamda Ultontozni engib, o’z hokimiyatini o’rnatishi voqealari tasvirlanadi. «Alpomish» dostonining bosh qahramoni Hakimbek – Alpomishdir. U xalqning qahramonlik orzularini o’zida mujassamlashtirgan, el-yurt farovonligi yo’lida mardliklar ko’rsata olgan bahodir, xalq dahosi yaratgan quyma obrazdir. Qadimgi davrlar va o’rta asrlarda inson beqiyos kuch-qudrat egasi hisoblangan, chunki o’sha sharoitda odamlarning ijtimoiy hayoti va tabiat hodisalariga qarshi kurashlarida jismoniy kuch hal qiluvchi rol o’ynagan. Shuning uchun ham barcha xalqlarning qahramonlik eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda g’olib chiqqan bahodirlar, vahimali ajdar va devlarni mahv eta oladigan botirlar, tish- tirnog’igacha qurollangan lak-lak dushman qo’shinini yolg’iz o’zi enggan alplar siymolari yaratilgan. Alpomish xudi shunday qahramondir. Dostonda Alpomishning kuch-qudrati, uning bahodirlik salohiyatini tasvirlashga alohida e’tibor berilgan. U yetti yoshida bobosi Alpinbiydan qolgan o’n to’rt botmonlik sari yoydan otib, Asqar tog’ining cho’qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi. Yakkama-yakka olishuvda Qultoy va Qorajondan g’olib chiqadi. Uning kuch-qudrati Barchin shartlarini bajarishda, qalmoq alplari bilan kurashda, ayniqsa, yorqin namoyon bo’ladi. Doston maishiy hayot detallariga boyligi, real epizodlarni keng qamrab olganligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, baxshi yetti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o’z yurtiga qaytishida uni qarindoshlari, cho’ponlar, yilqichilar, karvonlar, turli toifadagi kishilar bilan uchrashtirish orqali mamlakatdagi ahvol bilan tanishtiradi, odamlarning qahramonga va uning raqibi Ultontozga munosabatini yaqqol gavdalantiradi. Bu lavhalar Alpomishni ideal qahramon va oddiy inson sifatida har jihatdan xarakterlab beradi. Yo’ldagi uchrashuvlarda Ultontozning zo’rlik bilan Barchinni olish uchun to’y qilayotganligini bilgan Alpomish Qultoy qiyofasida to’yxonaga keladi. To’yxonada Alpomish Ultontoz tomonidan kamsitilgan va o’g’li hajrida alam tortayotgan ota-onasiga hamdardlik qiladi, haqoratlangan o’g’li Yodgorning boshini silaydi, Ultontozga xushomadgo’ylik qilgan bakovul va oshpazlarning ta`zirini beradi, o’zining kuch-qudratini, Barchinga hamda oilasiga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Dostonning Alpomishdan keyingi yetakchi obrazlaridan biri Barchindir. U o’zbek eposida har tomonlama mukammal ishlangan ayol obrazi hisoblanadi. Dushmanlarning «qirq mingini bir deb sanab qirishga» tayyor turgan jasur Barchin siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an’ anaviy tushuncha ham o’z ifodasini topgan. Qizdagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o’z kuch- qudratiga ishonish uni Toychixon alplari zo’rlik bilan olib ketmoqchi bo’lgan holatlar tasvirida yaqqol gavdalanadi. Barchin faqat jasur va dovyurak bo’lib qolmay, unga uylanmoqchi bo’lgan 90 NEW RENAISSANCE 2024 SEPTEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC
Доказательный фрагмент
«This thesis talks about the variants and versions of the epic "Alpomish", and the artistic analysis of the epic.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis talks about the variants and versions of the epic "Alpomish", and the artistic analysis of the epic. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Alpomish" saga, heroism, prosperity of the country, family happiness
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025