Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA BUXORO, XIVA VA KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI.
Boltayev Oxun Obid o’g’li
Современная наука и исследования · 4 · 2024
Аннотация
This thesis describes the formation of the Kokand Khanate at the end of the 18th century, its recognition as a state in Central Asia, invasions into the Bukhara Khanate, and the development of trade and diplomatic relations with the Dzungars and Kazakhs. Keywords: Shohrukhbiy, Abdurahimbiy, Abulfayzkhon, Miyankol, Galdan Tseren, Tarim Basin, Qing Dynasty of China, Eastern Turkestan, Xinjiang-Uyghur Province, Samarkand. ДИПЛОМАТИЯ КОКАНДСКОГО ХАНСТВА С БУХАРОЙ, ХИВОЙ И КОЧЕВНИКАМИ В ПОСЛЕДНЕЙ ЧЕТВЕРТИ XVIII ВЕКА. Аннотация. В этом тезисе описано становление Кокандского ханства в конце XVIII века, его признание как государства в Центральной Азии, вторжения в Бухарское ханство, а также развитие торговых и дипломатических отношений с джунгарами и казахами. Ключевые слова: Шахрухбий, Абдурахимбий, Абульфайзхан, Миянкуль, Галдан Церен, Таримский бассейн, китайская династия Цин, Восточный Туркестан, Синьцзян- Уйгурский автономный район, Самарканд. Qo‘qon xonligining tashkil topishi XVIII asr boshlariga to‘g‘ri kelsada, ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatdan ancha uzoq bo‘lgan Farg‘ona vodiysi beklari amalda mustaqil siyosat yuritganlar. Qo‘qon xonligining asoschisi Shohruxbiy (1680/1709-1722 yy) bo‘lib, davlat tepasida o‘zbeklarning ming urug‘i vakillari turgan. Ammo, ayrim tarixiy adabiyotlarda afsona- 64 31-oktabr, 2024-Yil rivoyat shaklidagi ma’lumotlar ham keltirilgan bo‘lib, ularning birida, Qo‘qon xonligini tashkil qilgan ming qabilasi yеtakchisi Chamach (Chaman) biy ekanligi, uni Tog‘ayquli nomli qalmoq tarbiyalaganiga oid ma’lumotlarni uchratish mumkin. Ehtimolki jung‘orlar ta’siri kuchaygan davrda vujudga kelgan rivoyatlardan biri bo‘lishi mumkin. Ayrim Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan adabiyotlarda, Shoxruxbiy davrida Qo‘qon xonligi mustaqil davlat bo‘lmaganligiga ishora qilib, Abulfayzxonni unga otaliq unvonini berganligiga oid fikr-mulohazalarni B.M. Babadjanov tomonidan keltirib o‘tgan. Haqiqatdan ham Olimxongacha bo‘lgan Farg‘ona hukumdorlari biy unvonida yurganlar. Biy esa urug‘-qabila еtakchisi ma’nosini bildirgan xolos. V.V. Bartold Olimxon Qo‘qon xonligining haqiqiy asoschisi va birinchi bora amir unvonini olgan degan fikrlarni keltirgan. Shuningdek, uning ukasi Umarxon ham amir unvonida bo‘lib, undan keyingi hukumdorlar xon unvonini olgan deb yozib qoldirgan. Bundan tashqari davlatning ma’muriy va boshqaruv tuzilishi ham Olimxon davrida shakllangan degan fikrlarni keltirgan. Bizning fikrimizcha davlatning shakllanish jarayoni Olimxon davriga kelib yakuniga еtgan bo‘lsa kerak. Yangi tashkil topgan xonlik o‘z mavjudligining dastlabki davrida Buxoro xonligiga qarshi faol istilochilik harakatlarini olib borgan. Shohruhbiyning o‘g‘li Abduraximbiy (1722-1734 yy) Qo‘qon xonligining ikkinchi hukumdori, Shohruxbiyning o‘g‘li . Uning davrida Xo‘jand va Andijon Qo‘qon xonligiga qo‘shib olingan. Buxoroga qarshi Shahrisabz kenagaslari bilan ittifoq tuzgan. 1732 yilda Samarqandni egallagan. 1734 yil suiqasd natijasida o‘ldirilgan. Shahrisabz bilan ittifoqda Abulfayzxonga qarshi kurash olib borib, Samarqand shahrini (1732 y) Buxorodan tortib olgan. Uning ukasi Abdukarimbiy (1734-1750 yy) Miyonko‘lga qo‘zg‘olon ko‘targan Ibodullobiy qipchoq ustiga 1745 yil qo‘shin tortgan. Ushbu o‘zaro kurash jarayonlari tashqi Jung‘or xonligi tomonidan xavf kuchaygan bo‘lsada olib borilgan. Qo‘qon xonligiga jung‘orlarning bostirib kirishi Abdukarimbiy hukumronligi davriga to‘g‘ri kelgan. Qalmoqlarning hujumi natijasida Qo‘qon xoni o‘zini mudofaa qila olmasligi sababli jiyani (akasi Abduraximbiyning o‘g‘li) Bobobekni Jung‘orlarga garov sifatida berib tinchlikka erishgan. Ammo, Qo‘qon xonligi tarixiga bag‘ishlangan mahalliy manbalarda Abdukarimbiyga O‘ratepa hokimi Fozilbiy yordamga kelishi, uning Abdukarimbiyning tutingan o‘g‘li ekanligi, ittifoqchilar g‘alaba qozonganligi bilan bog‘liq fikr-mulohazalar keltirilgan . Shuningdek, 1740- 1741 yillardagi jung‘orlarning harbiy yurishi davrida Abdukarimbiy nafaqat akasi Raximbiyning katta o‘g‘li Bobobekni garovga bergan, balki Jung‘or xonligiga o‘zining tobeligini ham bildirganligiga oid ma’lumotlar mavjud168 . T.K. Beysembiev “Ta’rix-i Shaxruxi” asaridagi ma’lumotlarni tahlil qilib, 1741-1745 yillarda Qo‘qon hukumdori Abdukarimbiy jung‘orlar 65 31-oktabr, 2024-Yil hujumini daf qila olgan bo‘lsada, jiyani Bobobekni garovga berib yuborganligi, Bobobek Urug’ida Jung‘or xonlari saroyida tarbiya qilingani va keyinchalik qisqa muddat (1752- 1753 yy) jung‘orlar tomonidan xon qilib ko‘tarilganligini keltirib, Qo‘qon xonligi amalda Junhor xonligining vassali bo‘lganligini akasi Abduraximbiy vafotidan so‘ng Qo‘qon xonligining uchinchi (1734 yildan) xoni. 1740 yilda Qo‘qon shahrini mudofa devori bilan o‘rab olgan. Shu yili qozoqlarning taniqli urug‘ boshliqlaridan va Toshkent hokimi bo‘lgan Tolebiy Abdukarimbiy oldiga jung‘orlardan qochib kelgan. Tolebiyni topshirishni talab qilgan jung‘orlar elchisi haydam yuborilgan. Uning davrida Jung‘or xonligi qo‘shinlari Qo‘qon xonligiga bir n
Доказательный фрагмент
«This thesis describes the formation of the Kokand Khanate at the end of the 18th century, its recognition as a state in Central Asia, invasions into the Bukhara Khanate, and the development of trade and diplomatic rel…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis describes the formation of the Kokand Khanate at the end of the 18th century, its recognition as a state in Central Asia, invasions into the Bukhara Khanate, and the development of trade and diplomatic rel… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Shohrukhbiy, Abdurahimbiy, Abulfayzkhon, Miyankol, Galdan Tseren, Tarim, Sharqir Turkiston. Shinjon-uyg’ur provinsiyasi, Abulfzxon, Xitoy Sinlari, Samarqand., Galdan Selen, Shoxruxbiy, Tarim havzasi, Miyonko’l
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026