Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZMDA 4P KONSEPSIYASINING QO'LLANILISHI
NEW RENAISSANCE · Xazratkulov O’ktamjon Xikmatullayevich
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
This article talks about the application of the 4P concept and its advantages in tourism. Key words: Tourism, tourist clusters, international tourism, tourist organization, tourist firm. ПРИМЕНЕНИЕ КОНЦЕПЦИИ 4P В ТУРИЗМЕ Аннотация. В данной статье рассматривается применение концепции 4P и ее преимущества в туризме. Ключевые слова: Туризм, туристские кластеры, международный туризм, туристская организация, туристическая фирма. Turizmni iqtisodiyotimizda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishimizning hayotiy zarurat ekanligini hisobga olganimizda asosiy e’tiborga olishimiz va tushunishimiz kerakki, biz erkin bozor sharoitlariga o‘tganimizda xalqaro turizm bozorida turizmga bo‘lgan munosabatlar ancha o‘zgarib ketgan edi. Bu vaqtga kelib turizm sohasi jahonning ko‘plab davlatlari iqtisodiyotida salmog‘li, ba’zilarida yetakchi iqtisodiyot tarmog‘iga aylanib, shakllanib bo‘lgandi. Turizm sohasida bu vaqtda 350 mln. ishchi, xizmatchi faoliyat ko‘rsata boshladi, bu ko‘rsatkich har qanday xizmatlar ko‘rsatish sohasidan yuqori hisoblanadi1. Hozirgi vaqtda turizmda asosan ikkita bosh vazifa turibdi: 1) turizmda bozor munosabatlarini amaliyotga joriy qilish va bu munosabatlarni mazmunan bilan boyitish; 2) turizmdagi dunyoviy munosabatlarning o‘zgarishini o‘z vaqtida yangilik deb qabul qilish2. Vazifaning birinchisi, mamlakatimiz turizmini rivojlantirishda o‘ta muhim hisoblanadi. 1 Mustafakulov Sh.I. O‘zbekistonda investitsion muhit joziba-dorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (Dsc) dissertatsiyasi avtoreferati. –Toshkent Bank-moliya akademiyasi. 2017. 35 b. 2 Vahabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev Sh.X. Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. – Toshkent: Baktria pres, 2015. – 583 b. 27 NEW RENAISSANCE 2024 OCTOBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 8 Chunki turizm bozorining o‘zi hali shakllanmagan holatda turibdi. Bu bozorni tashkil qilish va bozorni turizm mahsulotlari bilan to‘ldirish o‘zi juda og‘ir, vaqt va bilim talab qiladigan keng, ko‘p qirrali jarayondir. Turizm bozoridagi tovar va xizmatlarning xaridorlari, iste’molchilari o‘zgarib turganligidan bu bozor mahsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash, sotish va boshqa ko‘plab muammolarni yechish ham turizmda o‘ziga xos bo‘lgan menejment tizimini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Turizm industriyasida ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni boshqarish bizning mamlakatimiz sharoitida turistik firmalar va turistik tashkilotlar zimmasiga yuklatilmoqda. Turizmning rang-barangligi, turli-tumanligi ham shundan iborat. Bu sohani birdaniga rivojlantirishning ham bosh sababi ham uning juda turli-tumanligidadir. Bu turfa xillikning hammasi insonning o‘zi yashab turgan muhit chegarasidan tashqari qilgan sayohat tushuniladi. Turizm – iqtisodiyotning faqatgina muhim sohasigina emas, u inson hayotining muhim bir qismi, turizm insonning tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatlarini qamrab oladigan soha. O‘zbekiston Respublikasining «Turizm haqida» gi qonuniga muvofiq – «Turizm bu – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishidir». Turizm bu – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish funksiyalariga ega bo‘lgan va turistik industriyadan tashkil topgan diversifikatsiyalangan, tarmoqlararo ijtimoiy-maishiy infratuzilma kompleksidir. Turistik industriya – bu mehmonxonalar va boshqa joylashish vositalari to‘plami, transport vositalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, ko‘ngil ochar vositalar, tanishuv, ish bilan bog‘liq, sog‘lomlashtirish va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan ob’ektlar, turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda sayohat xizmatlari va gid tarjimonlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi muassasalar yig‘indisidir3. Turizm iqtisodiyoti – turizm sohasida ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va turistik faoliyat natijalarini iste’mol qilish jarayonida hosil bo‘ladigan munosabatlar tizimidan tashkil topadi. Turistik firma iqtisodiyoti – bu turistik mahsulotni realizatsiya qilish va turli boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish natijasida olingan daromad va nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish omillari yig‘indisidan iborat. 3 Valiev B.B. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishning metodologik asoslari. Monografiya. – T.: 2017. -222 b. 28 NEW RENAISSANCE 2024 OCTOBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 8 Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi4. U mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va
Доказательный фрагмент
«This article talks about the application of the 4P concept and its advantages in tourism.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the application of the 4P concept and its advantages in tourism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tourism, tourist clusters, international tourism, tourist organization, tourist firm, turistik firma., turistik tashkilot, turistik klasterlar, xalqaro turizm, Turizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026