К содержанию
РецензированоRU2024

Духовность очищает человека духовно

Nargiz KURBANOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (University of Economics and Pedagogy Non-State Higher Educational Institution)

Общество и инновации · 5 · 113-117 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Статья подчеркивает важность осознания духовности, духовность, начиная с глубокого понимания человеческой природы. идеология, Духовность любого народа тесно связана с его историей, человек, уникальными обычаями и традициями, жизненными общество, наука, ценностями. Автор указывает, что духовное наследие, образование, культурные ценности и исторические памятники являются воспитание, ключевыми элементами в формировании духовности. национальная идея, духовное наследие, самосознание, глобализация. Ma’naviyat insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi. Ma’naviyat insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir. “Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”, – deb ta’kidladi Prezident Sh. Mirziyoyev [1]. Jamiyat hayotida ma’naviyat mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy, axloqiy qarashlarini o‘zida to‘la mujassam etadi. Ma’naviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insonni tushunish, anglash kerak. Har qaysi millatning ma’naviyati uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar ma’naviyatni shakllantirishda asosiy omillar bo'ladi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan 4 mingdan ortiq moddiy ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. “Avesto”ning tub ma’no mohiyatini ochib beruvchi “ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” degan tamoyili bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan chambarchas bog‘liq. Xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa “Alpomish” ana shu dostonning shoh baytidir. Ota bobolarimizning qadimiy tasavvuriga ko‘ra, o‘q-yoy hokimiyat nishoni bo'lgan. Alpomish 7 yoshida 14 botmon birinchdan, ya’ni bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib “alp” degan unvonga ega bo’lgan. Alp degani hokim egasi ekanini inobatga olsak, bu doston ko‘p asrlik milliy davlatchiligimizni badiiy ifodasi ekaniga ishonch hosil qilamiz. Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon ko‘zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bo‘lsa bu yo‘lda jonini ham fido qilishga tayyor bo‘lgan bugungi Alpomishlarni ko‘ramiz. Ma’naviyatimizning yuksalishidagi yana bir mezon muqaddas dinimizdir. Islom konferensiya tashkilotining fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyatining poytaxti deb e’lon qilingan. 114 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2024) / ISSN 2181-1415 “Muhaddislar sultoni” nomini olgan Imom Buxoriyning “Al-jome as-sahih” asari islom dunyosida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi. “Musulmonlar e’tiqodini tuzatuvchi” deb nom olgan Imom Motrudiy, “Din va millatning hujjati” deb nom olgan Burxoniddin Marg‘iloniy, “Bahoviddini balogardon” nomini olgan Baxoviddin Naqshbandiyning beqiyos mehnatlari tufayli bu xalqning ma’naviyati shakllangan. Yan Geveliyning 1647-yilda nashr etilgan “Selenografiya” kitobida Oy kraterlaridan ikkitasiga Ahmad Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi qo‘yilgan. J.Sarton XI asrni “Beruniy asri” deb atagan. Ibn Sinoning “Tib qonunlari” meditsina va sog‘lom turmush tarzi degan tushunchalarning fundamental asosi hisoblanadi. Ma’naviyatni shakllantirishda oilaning o‘rni beqiyosdir. Shu sababli unga bag‘ishlab “El-yurt tayanchi” degan yodgorlik 1998-yilda barpo etilgan. Ma’naviyatning yuksalishida mahallaning roli juda katta. Ma’naviyatning shakllanishida yana bir muhim omil bu ta’lim-tarbiya tizimidir. “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat” [1]. Milliy g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu intilishi va umid maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, o‘ylaymanki, bunda keng ma’noli tushunchaning mazmun mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz. Milliy g‘oya shu yurtda yashayotgan barcha odamlaming oliyjanob niyatlari, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yu

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Статья подчеркивает важность осознания духовности, духовность, начиная с глубокого понимания человеческой природы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Статья подчеркивает важность осознания духовности, духовность, начиная с глубокого понимания человеческой природы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2024 in Science LLC, milliy g‘oya, education, глобализация, общество, jamiyat, inson, человек, o‘zlikni anglash, ma’naviy meros, science, globalization, идеология, training, spirituality, воспитание, образование, духовное наследие, mafkura, самосознание, globallashuv, human, ideology, fan, spiritual heritage, tarbiya, society, national idea, национальная идея, ta’lim, self-awareness, ma’naviyat, духовность, наука
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники