Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Перспективы цифровизации получения информации о преступлении
Mokhigul KADIROVA
Общество и инновации · 5 · 321-326 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются вопросы цифровизации получение информации о получения информации о преступлении, излагаются преступлении, перспективы упрощения уголовного процесса. цифровое уголовное дело, цифровизация и упрощение. 1 Associate Professor, DSc, Department of Criminal Procedural Law, Tashkent State University of Law. E-mail: m.kadirova@tsul.uz Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 Shuni qayd etish lozimki, jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish masalalari 1926, 1929, 1959-yillarda qabul qilingan JPKlarda boʻlganidek, amaldagi JPKda ham toʻla tartibga solinmagan. Bu masalalar hozirda jinoyat ishlarini yuritishga masʼul davlat organlari va mansabdor shaxslarning ichki (idoraviy) yoʻriqnoma va buyruqlariga muvofiq hal qilinib kelinmoqda. Masalan, bu ichki ishlar organlarida hodisalarni hisobga olish kitobida, prokuraturada jinoyatga oid xabarlar “1-Shakl” kitobida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Jinoyatlar hamda shaxslarga doir maʼlumotlar hisobi (IS) yuritilib, bu kriminalistik roʻyxatga olish deb nomlanadi, avtomatlashtirilgan maʼlumotlar bazasi hamda maxsus avtomatlashtirilgan axborot-qidiruv tizimi yordamida maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash va saqlashdan iborat boʻladi. MDHga aʼzo davlatlardan Belarus JPKning 172-moddasi, Rossiya JPKning 144-moddasi, Tojikiston JPKning 145-moddasi hamda Qozogʻiston JPKning 183-moddasida oʻzgacha tartib, yaʼni jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlarining har qanday sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, hal etish majburiyati bilan birga arizachiga ariza yoki xabarning qachon va kim tomonidan roʻyxatga olinganligini koʻrsatuvchi hujjatning topshirilishi ham kafolatlangan. Bunday qoidaning samarasi, jinoyatlarning yagona elektron hisobi yuritilishiga, jinoyatga oid axborotning, kelgusida albatta roʻyxatga olinishi va tekshirish muddatiga qatʼiy rioya etgan holda oʻz muddatida hal etilishida namoyon boʻladi. Jinoyat haqidagi xabarlarni tekshirish jarayonida quyidagi qonunbuzarliklarning oldi olinadi: – materiallarni va qabul qilinayotgan qarorlarni soxtalashtirish; – tekshirish muddatlariga rioya etmaslik va protsessual qarorlarni oʻz vaqtida qabul qilmaslik; – tekshirish bosqichida ruxsat etilmagan tergov harakatlari va boshqa harakatlarni bajarish va h.k. Hozirda koʻplab xorijiy olimlar tomonidan jinoyat protsessida raqamlashtirish imkoniyatlaridan foydalanishning ijobiy tendensiyalari taʼkidlanadi. Masalan, Qozogʻistonda jinoyatlarni elektron roʻyxatga olish kitobi allaqachon yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu sudgacha bosqichni soddalashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 2012-yildan boshlab “Elektron kuzi” va “Elektron talon” innovatsion loyihalar asosida prokuror, boʻlinma rahbarlari yoki arizachi onlayn rejimda jinoyat toʻgʻrisidagi ariza, xabar va maʼlumotlarning qayd etilishi, keyingi taqdiri va natijalaridan xabardor boʻlib turadi. 2013-yilning dekabrida Qozogʻiston bosh prokurori, IIV hamda Iqtisodiy va korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashish agentligi rahbari tomonidan qoʻshma buyruq imzolanib, unga binoan jinoyatlar, hodisalar, jinoyat ishlari va ularning tergov natijalarining elektron formatda yagona karta hisobini yuritish yoʻlga qoʻyilgan. U grafik asosida ishlab, jinoyatchilikning avtomatlashgan hisobini olib boradi. Shuningdek, 2012-yildan Olmaota va Ostona shaharlari ichki ishlar organlariga keltirilgan yoki chaqirilgan shaxslarning elektron hisobi va video qaydlarini yuritish joriy etilib, 2013-yil sarhisoblariga koʻra, jinoiy taʼqib organlarining xizmat xonalarida fuqarolarni noqonuniy ushlab turish holatlari kamayishiga erishildi: 23 % (587 tadan 454 taga), shu jumladan, 326 nafar aybdor xodim ishdan boʻshatilgan. Buning samarasi oʻlaroq, bosh prokurorning 2014-yil 24-dekabrda tasdiqlagan yoʻriqnomasiga muvofiq, 322 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 idoraga keltirilgan yoki chaqirilgan shaxslarning elektron hisobini yuritish “ARM YRDR” maʼlumotlar bazasi asosida barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga joriy etildi. 2015-yil 22-dekabrda Qozogʻiston Bosh prokurori tomonidan “SIOPSO” Qoidalari tasdiqlangan, u 73 turdagi davlat organlari (shu jumladan, HMQO) maʼlumotlar bazasini birlashtirgan elektron tizimdir. Ushbu raqamli tizim intellektual tahlil asosida axborotlar almashinuvi hamda jinoyatlarni aniqlash va fosh etishga, uning profilaktikasiga xizmat qilmoqda. Ilgari sudlanganlikni aniqlashga doir talabnoma 3-7 sutkada hal etilgan boʻlsa, endilikda SIOPSO yordamida 2-3 daqiqani tashkil etmoqda. Xususan, 2016-yilda jinoiy javobgarlikka 117743 ta gumonlanuvchilar jalb qilingan boʻlib, ular yuzasidan psixiatriya va narkologiya dispanseridan maʼlumotlar talab etilgan, ammo soʻrovnomalarga kamida 100 ming inson-soat va 2,5 tonna qogʻoz sarflanga
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются вопросы цифровизации получение информации о получения информации о преступлении, излагаются преступлении, перспективы упрощения уголовного процесса.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются вопросы цифровизации получение информации о получения информации о преступлении, излагаются преступлении, перспективы упрощения уголовного процесса. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- receiving information about, получение информации о преступлении, receiving information about the crime, digital criminal case, raqamli jinoyat ishi, цифровое уголовное дело, jinoyat haqidagi maʼlumotlarni qabul qilish, цифровизация и упрощение, raqamlashtirish va soddalashtirish, digitization and simplification
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024