К содержанию
РецензированоRU2023

Понятие, сущность и система криминалистической проверки рукописных текстов документов

Dilrabo TOPILDIEVA

Общество и инновации · 5 · 296-302 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассмотрены понятие, виды, основы, документ, сущность и система криминалистической проверки текст, рукописных текстов документов. А также идентификация, проанализированы способы идентификации и признак, криминалистика, идентификационные знаки данных видов документов. письмо, метод, рукописный текст. Zamonaviy kriminalistikada hujjatlarni tekshirish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi, zero, hozirgi vaqtga kelib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanishi munosabati bilan hujjatlarni qalbakilashtirish va soxtalashtirish kabi holatlar keng avj olmoqda. [1, c. 9] Ayni damda hozirgi vaqtga kelib hujjatlarni kriminalistik usulda tekshirish, uning natijasida shaxsni, unga xos xususiyatlarni, ayniqsa, dastlabki tergov bosqichida aniqlash jinoyatni fosh etishda ustuvor vazifalardan sanaladi [2]. Kriminalistikaning, shu jumladan, kriminalistik hujjat yurituvining yangi usullarini rivojlantirish yuqori aniqlikda u yoki bu hujjatning ijrochisining muallifligini aniqlash imkonini beradi. Ushbu usullar shaxsning millati, yashash hududi, yozuv malakasini olgan hududi, jinsi, yoshi va hattoki uning sodir etilgan jinoyatga daxldorligi bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Kriminalistika nuqtai nazaridan hujjat unda maxsus qayd etilgan jinoyat sud ish yurituvi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan axborotning moddiy tashuvchisi sifatida tavsiflanishi mumkin. Kriminalistika fani nuqtai nazaridan quyidagilar hujjatlarga misol bo‘la oladi: pasportlar; guvohnomalar; aktlar, bayonnomalar; fotohujjatlar; fotosuratlar; kinovideohujjatlar; chizmalar; telegraf va teletayplar ma’lumotlari; stenogrammalar, EHM kodlari va dasturlari; yozuv mashinkalarida va tipografik usullarida yozilgan matnlar hamda shunga o‘xshash ma’lumotlar. Bunday ma’lumotlar jinoyatga taalluqli bo‘lsa, faqat shundagina hujjat bo‘la oladi. Bunday hujjatlar biror-bir jinoyat sodir bulgan joyda qo‘lga tushirilsa, shunda u daliliy ashyo sifatida olinadi va daliliy ashyo deb ataladi [3]. Tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan blankalar, muhrlar, belgilar, himoyalash uchun ishlab chiqarilgan maxsus belgilar, ranglar, o‘lchamlar, shtamplar, fotokartochkalar, muqovalar rekvizit deb ataladi. Hujjatlar quyidagilarga bo‘linadi: asl hujjatlar va soxta hujjatlar. Asl hujjatlar ikkiga bo‘linadi: 1) asl haqiqiy hujjatlar; 2) qonuniy kuchga ega bo‘lmagan hujjatlar. Soxta hujjatlar esa quyidagilarga bo‘linadi: 1) to‘la soxta hujjatlar; 2) qisman soxta hujjatlar. To‘liq soxtalanish deyilganda, hujjatdagi ma’lumot umuman voqeilikka to‘g‘ri kelmaydi, qisman soxtalanish deyilganda esa, hujjat to‘g‘ri keladiyu, ammo biror fakti qisman to‘g‘ri kelmaydi [4, c. 93-95]. Soxta hujjatlar mazmunan ikki turga bo‘linadi: 1) intellektual soxtalashtirish. 2) moddiy soxtalashtirish. Intellektual soxtalashtirishda hujjatlarni rekvizitlari o‘zgartirmasdan ular mazmunan o‘zgartiriladi. Moddiy soxtalashtirish deyilganda, hujjatga ma’lum bir 297 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 o‘zgartirish kirgizish tushuniladi. Har bir hujjatni tergov jarayonida ko‘zdan kechirishga qonun majbur etadi, shuning uchun har bir hujjatni ko‘zdan kechirish majburiydir. Odamning fikrini ma’lum bir belgilar orqali biror-bir ob’ektga yetkazish kriminalistikada xat deb ataladi. Dasxat deganda, har bir harfning yozilish tarzi tushuniladi. Kriminalistika fanining xatshunoslik bo‘limida xatning ekspertizalash asoslari, ekspertizalarni o‘tkazish usullari, ekspertning xulosalari, qayd qilish qoidalari va ularni tergov olib boruvchi shaxslar tomonidan baholanishi o‘rganiladi. Inson xat yozishni o‘rganishi bilan birga, uning dasxati ham rivojlanib boradi va 20–25 yoshlarda ma’lum shaklni anglatadigan bo‘ladi. Ya’ni, harflarni ma’lum bir shaklda ifodalab yozadigan davrni egallaydi. Odamning dastxatiga ta’sir qiladigan holatlar quyidagilardan iborat: sub’ektiv holatlar va ob’ektiv holatlar. Sub’ektiv holatlar – anatomik va psixofizologik xususiyatlarni tashkil kiladi. Anatomik xususiyatlar – bu qo‘llar, barmoqlar va muskullarning shakllanishidir. Psixofiziologik (ruhiy, fiziologik) xususiyatlarga, harflar shaklining qabul qilinishi, ularni eslab olinishi, belgilarini shakllarini qayd qila olinishini tipik nerv tizimining xususiyatlarini tashkil etadi. Ob’ektiv holatlar – xat yozish vaqtida odam qaysi holatda bo‘lganligi, qanday holatlarda xatni yozganligi, xat yozish usulini o‘rganishdan iborat [5]. Xatning identifikatsiyali xususiyatlari quyidagilardan iborat: Umumiy belgilar – qo‘lyozmaning umumiy kurinishi, tuzilishi va umumiy xususiyatidir. Bularga yozuvning yaratilish darajasi, yozish tezligi, harflarning tuzilishi, o‘lchamlari, bog‘lanishi va boshqalar kiradi. Yozuvning ishlanish darajasi – yuqori, o‘rta va past (yoki ishlanmagan) bo‘lishi mumkin. Yozuvni tavsiflovchi hamma belgilar yig‘indisini ikki katta guruhga: xatdagi til, nutq belgilari hamda dasxat

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассмотрены понятие, виды, основы, документ, сущность и система криминалистической проверки текст, рукописных текстов документов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассмотрены понятие, виды, основы, документ, сущность и система криминалистической проверки текст, рукописных текстов документов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
document, текст, identification, признак, qo‘lyozma matn, method, документ, criminalistics, рукописный текст, идентификация, handwritten text, письмо, matn, identifikatsiya, text, криминалистика, hujjat, xat, letter, kriminalistika, usul, sign, belgi, метод
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники