К содержанию
РецензированоRU2023

Вопросы совершенствования административно-законодательных норм в нашей стране

Rajabboy OTAJONOV · February -/© in Science LLC.

Общество и инновации · 5 · 303-306 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья основывается на практике применения Административная норма, административного законодательства в Новом нарушение, Узбекистане, включая Кодекс об административной административное ответственности. Автор провел анализ теорий ученых- правонарушение, административное правоведов и на его основе разработал рекомендации. наказание, транспортные средства. 1 Director, Lieutenant Colonel, the Academic Lyceum of Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mamlakatning ijtimoiy- siyosiy hayotida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining faol va bunyodkor rolini, jamiyat va davlatning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlarni “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida tashkil etishning mutlaqo yangi mexanizm va tartiblari joriy etilib, davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan o‘zaro maqsadli hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, ammo so‘nggi paytlarda jahonda kuchayib borayotgan turli xavf-xatar va ziddiyatlar, el-yurt tinchligi va osoyishtaligiga tahdidlar, pandemiya, tabiiy va texnogen ofatlar mas’ul davlat tuzilmalariga o‘z faoliyatini “Barcha sa’y-harakatlar inson qadri uchun” degan ustuvor g‘oya asosida yanada takomillashtirish vazifasini yuklamoqda[1]. Shu boisdan, bugungi kunda yo‘l-transport hodisalari sababli vafot etayotgan va tan jarohati olayotgan shaxslar, ayniqsa yoshlar va bolalar o‘limining yuqoriligi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash zaruratini kun tartibidagi eng muhim masalalardan biriga aylantirmoqda[2]. Bu jarayonda javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash hamda jazo choralarining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirish mazkur turdagi huquqbuzarliklar profilaktikasi muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda haydovchilar tomonidan turli mast qiluvchi, gangituvchi dori vositalarini iste’mol qilgan holda transport vositalarini boshqarish holatlari ko‘payib bormoqda. Amaliyotda ushbu turdagi qoidabuzarlik holati aniqlangan holda sodir etilgan huquqbuzarlik uchun chora ko‘rishning aniq huquqiy mexanizmlaring belgilanmaganligi (huquqiy asosi yo‘qligi sababli), fuqarolar tomonidan e’tiroz va shikoyatlar bildirilishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning[3] 131-moddasida transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarish tegishli javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilangan bo‘lib, qonun normasida “o‘zgacha tarzdagi mastlik” tushunchasining mazmuniga izoh berilmagan. Bugungi kun amaliyotida shaxsning alkogolli mastlik yoki giyohvandlik vositalari ta’sirida ekanligini aniqlash va tegishli ta’sir choralarini qo‘llash imkoni mavjud bo‘lsa-da, giyohvandlik vositalarining analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostidahuquqiy baholash turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Sababi, yuqoridagi qonun normasi ushbu masalalarni to‘liq qamrab olmagan. Shuningdek, ma’lumki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan qilmishda javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarning mavjudligini aniqlashi shart hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning [3] 32-moddasida quyidagi ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar nazarda tutilgan: 1) g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish; 2) ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi; 304 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish; 4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi; 5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi; 6) huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi. Ma’muriy jazo chorasini qo‘llovchi organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin Mazkur holatlar tahlilidan ham ko‘rinib turibdiki, huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat ekanligi qayd etilgan holda, mastlikning turi (alkogolli yoki boshqa moddalar ta’sirida) haqida izoh keltirilmagan. Bu holatda ham, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar t

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья основывается на практике применения Административная норма, административного законодательства в Новом нарушение, Узбекистане, включая Кодекс об административной административное ответств…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья основывается на практике применения Административная норма, административного законодательства в Новом нарушение, Узбекистане, включая Кодекс об административной административное ответств… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, административное правонарушение, administrative norm, административное наказание, транспортные средства, нарушение, administrative offense, административная норма, violation, administrative punishment, transport vositalari, ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy norma, qoidabuzarlik, ma’muriy jazo, vehicles
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники