К содержанию
РецензированоRU2024

Конституционно-правовая политика в Узбекистане и её формирование

Doniyorbek QURBONOV

Общество и инновации · 5 · 19-26 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье обсуждается, как основные стратегии общество, развития общества, его приоритеты и суть государство, государственной политики находят свое отражение в конституция, конституции. Конституция представляет собой не только политика, правовая политика, юридический документ, но и результат политической государственная зрелости общества, являясь компромиссом между политика, различными общественно-политическими силами. Она конституционно-правовая отражает государственную политику в форме закона политика. высшего уровня, позволяя таким образом говорить о конституционно-правовой политике. В контексте нашей страны, для уточнения научного понятия конституционно-правовой политики, статья предлагает углубиться в анализ категорий «политика», «правовая политика» и «конституционно-правовая политика», следуя логической последовательности. Такой подход способствует глубокому пониманию взаимосвязей между политическими процессами и конституционным правом. Yangi O‘zbekistondagi islohotlar zamirida “inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi” tamoyili hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlar tobora keng quloch yozmoqda. Konstitutsiyada jamiyat rivojlanishining bosh strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari, davlat siyosatining mazmun-mohiyati o‘zining qonuniy ifodasini topadi. Aslida, Konstitutsiya jamiyat siyosiy yetukligining, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar murosaga kelishining natijasidir. Konstitutsiya nafaqat sof yuridik hujjat, balki davlat siyosatini oliy darajadagi qonun tarzida aks ettiruvchi hujjatdir. Shu ma’noda davlatimizning konstitutsiyaviy-huquqiy siyosati haqida gapirish mumkin [1]. Mazkur ilmiy tushunchani oydinlashtirib olish uchun dastlab “siyosat”, “huquqiy siyosat”, “konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat” kategoriyalarini teran, mantiqiy ketma- ketlikda tahlil etish maqsadga muvofiq. Yuqorida “siyosat” tushunchasini muayyan yoritdik. O‘sha fikrlarga yana quyidagilarni qo‘shimcha qilamiz. Siyosat, – qadim yunon faylasufi Demokratning fikricha, – davlatni idora etish, boshqarish, mahoratidir. Bu fikrga hamohang tarzda Aflotun siyosatni hukmdorning san’ati, ya’ni monarxning odamlarni (jamiyatni) boshqarish sohasidagi bilimi va qobiliyati sifatida ta’riflagan. “Siyosat san’atining mohiyati, – deydi u, – davlatning umumiy hayotini oqilona tashkil etish va olib borish mahoratida namoyon bo‘ladi”. XI asr donishmandi Nizomulmulk o‘zining “Siyosatnoma” asarida siyosatni izohlab, shohlarning davlat boshqarishda turli usul va vositalardan foydalangani, turli vaziyat (mushkulot)larda muayyan oqilona yo‘l tutgani, chora-tadbir hamda amallar qo‘llagani, murosai madora orqali yurt boshqargani, rag‘bat va jazo qo‘llab, ibrat kuchi bilan hukmronlik qilgani va shu tariqa maqsadga erishgani: ya’ni davlat tinchligi hamda rivojini ta’minlagani haqida yozadi [2]. Sharqning mashhur allomasi Ibn Xaldun o‘zining 20 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2024) / ISSN 2181-1415 “Muqaddima” asarida davlat va siyosat masalalariga katta e’tibor qaratgan. Uning ta’biricha, hukumatlar o‘z siyosatida huquq prinsiplaridan (mutafakkir musulmon huquqining prinsiplari, deb yozgan – muallif) chetga chiqmasligi lozim, … davlat siyosati hukmdorning o‘zi bilan cheklanmaydi, unda barcha fuqarolar ishtirok etadi. Shu bois mamlakatdagi barcha o‘zgarishlar faqat davlat boshlig‘ining maqomi bilangina emas, balki butun jamiyat holati bilan belgilanadi [3]. Ibn Xaldunning mazkur fikrida siyosatning mohiyati ifodalangan bo‘lib, davlat rahbari yuritadigan siyosat butun jamiyat manfaatiga daxldorligini anglatadi. Samarali, dono, realistik siyosat jamiyat barqarorligi, ravnaqi va farovonligi garovi. Siyosatdagi eng muhim masala – davlat hokimiyatidir [4]. Davlat hokimiyati ommaviy- siyosiy xarakterga ega bo‘lib, uning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni uyushtirish va barchaning irodasini o‘ziga bo‘ysundirgan holda boshqarishdir. Davlat hokimiyatining o‘z irodasini o‘zgalarga o‘tqazish usullari va boshqaruvni amalga oshirish vositalari ifodasi – siyosatdir. Davlat faoliyati va ishlarida ishtirok etish – bu ham siyosat. Davlat ishlarida yoki davlat bilan bog‘liq munosabatlarda turli ijtimoiy-siyosiy kuchlar, guruhlar, sinflar, partiyalar, millat, xalq hamda fuqarolar ishtirok etadilar. Siyosat bu partiyalar, ijtimoiy guruhlar (tashkilotlar) va ijtimoiy harakatlar (kuchlar)ning, davlat hokimiyatiga nisbatan munosabatlarining ifodasidir. Ayni vaqtda, siyosat – davlat hokimyati, siyosiy partiyalar va siyosiy tizim boshqa sub’yektlarining mamlakat ichki hayotida va xalqaro miqyosda xalq, millat va boshqa ijtimoiy guruhlarning maqsad hamda manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga yo‘naltirilgan faoliyatidir. Davlat hokimiyati ijtimoiy hayot yo‘nalishlariga monand ravishda siyosat yuritadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy siyosat, ijtimoiy siyosat, madaniy siyosat, harbiy siyosat, huquqiy siyosat va boshqa turdagi siyosat haqida gapirish mumkin. Huquqiy siyo

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье обсуждается, как основные стратегии общество, развития общества, его приоритеты и суть государство, государственной политики находят свое отражение в конституция, конституции.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье обсуждается, как основные стратегии общество, развития общества, его приоритеты и суть государство, государственной политики находят свое отражение в конституция, конституции. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
society, In the context of our country, to clarify the scientific concept of, конституция, state, государство, государственная политика, общество, legal policy, jamiyat, konstitutsiyaviy-huquqiy siyosat, конституционно-правовая политика, huquqiy siyosat, Constitution, siyosat, konstitutsiya, davlat, политика, politics, davlat siyosati, constitutional and legal policy, public policy, правовая политика
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники