Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Проблемы, возникающие при взыскании государственной пошлины гражданскими судами
Nargiza SULAYMONOVA
Общество и инновации · 5 · 137-140 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В связи с увеличением обращений граждан в суды в судебные расходы, условиях реализуемой в нашей стране судебной реформы государственная пошлина, начали возникать некоторые проблемы в регулировании взыскание, вопросов, связанных с судебными расходами. В частности, материальный ущерб, имущественные споры, существуют проблемы, связанные со взысканием моральный вред. государственных пошлин, начиная с обращения в суд и принятия решения по итогам рассмотрения дел. В данной статье рассматриваются проблемы, связанные с уплатой государственной пошлины при обращении в гражданские суды, и предлагаются способы устранения подобных проблем. Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash sud islohotlarining asosiy maqsadlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022– 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoniga ko‘ra, sud protsessida tomonlarning haqiqiy tenglik va tortishuv tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, sudlar tizimida “yagona darcha” tamoyilini keng joriy etish maqsadida arizalarning sudga taalluqliligidan qatʼi nazar, qabul qilish va vakolatli sudga yuborish hamda muayyan ish doirasida barcha huquqiy oqibatlarni hal qilishni taʼminlash tizimini joriy etish, sud tizimini bosqichma-bosqich raqamlashtirish, byurokratik g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish orqali fuqarolar va tadbirkorlik subʼyektlarining odil sudlovga erishish darajasini tubdan oshirish, nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish hamda sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda taʼsir o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha taʼsirchan mexanizmlarni yaratish kerakligi taʼkidlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, yildan-yilga sudlarning roli oshib bormoqda, fuqarolarning ishonchini oqlash uchun ularga masʼuliyatli bo‘lish yuklatilmoqda. Mamlakatimizda odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Odil sudlovni amalga oshirish bevosita davlat byudjeti hisobidan taʼminlanadi. Bunda, sudlarga murojaat qilishda undiriladigan davlat boji to‘lovlari davlat byudjetining muayyan qismini tashkil qilganligi bois davlat bojini to‘g‘ri belgilash va vaqtida undirish muhim ahamiyat kasb etadi. Sudlarga ariza, daʼvo ariza berishda hamda sud hujjatlariga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishda davlat boji miqdori, davlat bojidan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxati, shuningdek, davlat bojini kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash va kamaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi normalari bilan belgilangan. 138 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2024) / ISSN 2181-1415 Аslini olganda sudya davlat boji miqdorini hisoblash va undirishni taʼminlashi lozim. Davlat bojini to‘g‘ri hisoblash o‘z navbatida sudyadan amaldagi qonunlarni mukammal bilishni hamda to‘g‘ri qo‘llashni talab etadi. Аmaldagi fuqarolik protsessual qonunchiligiga ko‘ra, sudlar tomonidan sud xarajatlari undiriladi. Bu kategoriya o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: birinchisi, davlat boji; ikkinchisi, ishni ko‘rish bilan bog‘liq chiqimlar. Davlat boji bilan bog‘liq masalalar juda keng qamrovli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi va sudlarga to‘lanadigan davlat bojlari miqdorlari belgilangan. Shu bilan birga, davlat bojidan ozod qilingan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxati, davlat bojini to‘liq va qisman qaytarish asoslari keltirilgan. Аmmo ushbu qonunni va amaldagi Fuqarolik protsessual kodeksini o‘rganishda va amaliyotda qo‘llashda muammolar mavjudligini ko‘rish mumkin. Birinchidan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning ilovasiga asosan fuqarolik sudlariga murojaat qilganlik uchun davlat bojlari, davlat boji stavkalari miqdorlaridan kelib chiqib belgilangan. Birgina mulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalaridan daʼvo bahosining 4 %i miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda davlat boji undirilishi belgilangan. Mulkiy xususiyatga ega daʼvolarning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, fuqarolarga yetkazilgan har qanday zarar bo‘yicha yaʼni moddiy zarar bo‘yicha davlat bojlari aynan mana shu band bo‘yicha mulkiy tusdagi daʼvo arizalari bo‘yicha davlat boji to‘lanadi. Lekin, moddiy zararni tartibiy qismini faqatgina mulkiy xususiyatga ega daʼvolar tashkil etmaydi. Fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra moddiy zarar de
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В связи с увеличением обращений граждан в суды в судебные расходы, условиях реализуемой в нашей стране судебной реформы государственная пошлина, начали возникать некоторые проблемы в регулировании взыс…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В связи с увеличением обращений граждан в суды в судебные расходы, условиях реализуемой в нашей стране судебной реформы государственная пошлина, начали возникать некоторые проблемы в регулировании взыс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- legal costs, state fees when applying to civil courts and suggests ways to, undirish, государственная пошлина, mulkiy nizolar, материальный ущерб, судебные расходы, maʼnaviy zarar, взыскание, davlat boji, moddiy zarar, moral damage, sud xarajatlari, моральный вред, property disputes, state duty, collection, material damage, имущественные споры
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025