Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Процессы развития современных институтов гражданского общества в Новом Узбекистане
Ikramjon MASHARIPOV (institutions in New Uzbekistan) · New Uzbekistan (15 December 2023 activities of civil society institutions and increasing their role)
Общество и инновации · 5 · 134-140 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В научной статье определены основные этапы Новый Узбекистан, становления и развития современных институтов современное гражданское гражданского общества в Новом Узбекистане. Изучены общество, проблемы расширения деятельности институтов институты гражданского общества, гражданского общества и повышения их роли и значения в демократия, процессе формирования демократических ценностей в неправительственные нашей стране. В частности, сформированы аналитические институты, комментарии автора о возможностях их активизации в политические партии, либерализации общественно-политической жизни. объединения, социальные слои, парламентская комиссия, общественный фонд. 1991-yil 31-avgustda dunyo xaritasida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil suveren davlat sifatida paydo boʻldi. Mustaqillikning oʻtgan chorak asri davomida oʻziga xos milliy davlatchilik shakllandi va fuqarolik jamiyatining unsurlari paydo boʻldi. Oʻtgan davr ichida amalga oshirilgan islohotlar, ichki va tashqi siyosatda paydo boʻlgan muammolar va ularning yechimlari natijasi oʻlaroq rivojlanishning oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan milliy modeli tashkil topdi. Mustabidlik davri merosi, agrar munosabatlarning ustunligi, rivojlangan davlatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri kommunikatsiyaviy aloqalarning mavjud emasligi, eski mafkuraning asoratlari, fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidagi izlanishlar, huquqiy davlatga oʻtish muammolari bir tomondan, mamlakat rivojlanishiga salbiy ta’sir etgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, qishloq hududlarida ishsizlik va kambagʻallik kabi ijtimoiy illatlarni keltirib chiqargan boʻlsa, uchinchi tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlarini sustlashishiga sabab boʻldi. Lekin, shunga qaramay, 2017-yildan boshlab mamlakat rivojlangan davlatlarga xos rivojlanish yoʻliga oʻtdi, mamlakat har tomonlama dunyoga ochildi, jahon integratsiyasiga qoʻshilishi tezlashdi, Markaziy Osiyo davlatlari bilan birodarlik va hamkorlik an'analarini tikladi. Davlat va jamiyat qurilishi xalqaro tashkilotlar talablari va rivojlangan davlatlar tajribasi asosida rivojlana boshladi. Shu davrda zamonaviy fuqarolik jamiyatining eng asosiy prinsipi – inson erkinligi va huquqini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Dunyoning eng rivojlangan davlatlar Oʻzbekistondagi tub oʻzgarishlarni nafaqat e'tirof etdi, balki Oʻzbekiston bilan hamkorlik qila boshladi. Qisqa davr ichida bu kabi rivojlanish Oʻzbekiston Respublikasiga Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016-yil 4-dekabrda Prezident etib saylanishi va uning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan prinsip asosida islohotlarni amalga oshirilganligi bilan bogʻliqdir. Qisqa muddat ichida beqiyos rivojlanishga erishildi, davlat hokimiyati organlari va jamiyatni modernizatsiyalashda ana shu prinsip bu sohadagi islohotlarning asosiy oʻzagi sifatida namoyon boʻldi. Aslida esa bu prinsip zamonaviy fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishning eng asosiy va bosh prinsipi edi. Prezident Sh.M. Mirziyoyev yangi Oʻzbekistonni shakllantirish islohotlari yoʻlini oʻzbek xalqi bir necha asrlardan buyon orzu qilgan quyidagi oʻz dasturida ifodalab berdi: “Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun Oʻzbekiston xalqiga murojaat 135 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 qilib aytmoqchiman: demokratik islohotlar yoʻli – biz uchun yakka-yu yagona va eng toʻgʻri yoʻldir”. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilgʻor tajribalarni chuqur oʻrganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi Oʻzbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulugʻvor maqsadni oʻz oldimizga qoʻyganmiz. Bu borada “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan yangi gʻoya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda” Yangi Oʻzbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish jarayonlarini huquqiy jihatdan ta'minlashda davlat xizmatlarining sifatini oshirish, oʻz faoliyati yuzasidan jamoatchilikka tizimli ravishda ma’lumotlar taqdim etish masalalarida adliya organlari va muassasalarining roli va mas'uliyati sezilarli ravishda oshmoqda. Davlat xizmatlarini koʻrsatish va intellektual mulkning huquqiy himoyasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ushbu sohalarda muvofiqlashgan faoliyatni ta'minlash hamda mavjud ma'muriy tuzilmalarning yaxlit vertikal boshqaruvini shakllantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda zamonaviy fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanish tendensiyalari Yangi Oʻzbekiston poydevorini shakllantirish jarayonlariga uzviy hamohang ravishda kechmoqda. Bunda mamlakatimiz oldida turgan strategik vazifalar – xalqchil davlat, erkin fuqarolik jamiyati va demokratik qadriyatlarni mustahkamlash kabi omillarni qamrab olgan kompleks va fundamental tadqiqotlarni olib borish ilmiy jamoatchilik oldida turgan dolzarb vazifalardan
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В научной статье определены основные этапы Новый Узбекистан, становления и развития современных институтов современное гражданское гражданского общества в Новом Узбекистане.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В научной статье определены основные этапы Новый Узбекистан, становления и развития современных институтов современное гражданское гражданского общества в Новом Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- New Uzbekistan, public fund, fuqarolik jamiyati institutlari, uyushmalar, parlament komissiyasi, social layers, общественный фонд, associations, объединения, jamoat fondi, parliamentary commission, Yangi Oʻzbekiston, zamonaviy fuqarolik jamiyati, demokratiya, civil society institutions, институты гражданского общества, волонтерская деятельность, non-governmental institutions, political parties, modern civil society, современное гражданское общество, парламентская комиссия, siyosiy partiyalar, Новый Узбекистан, ijtimoiy qatlamlar, политические партии, nodavlat institutlari, социальные слои, демократия, democracy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025