Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Особенности СМИ в повышении социальной активности граждан в Новом Узбекистане
Bakhodir ESHBEKOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Uzbekistan State University of World Languages) · Third Renaissance (Uzbekistan State University of World Languages)
Общество и инновации · 5 · 80-88 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль средств массовой независимость, информации в жизни государства и общества, особенно в узбекское общество, Узбекистане в период его короткой истории демократия, независимости. Описываются тенденции развития страны блоггер, свобода, документ, и законодательные реформы в этой сфере, а также Третий Ренессанс, развитие демократического общества в период быстрых средства массовой реформ и важные аспекты создания конкурентоспособной информации, системы. свобода прессы, «четвертая власть». Mustaqillik yillarida mamlakatimizda matbuot va ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish hamda rivojlantirish, “jamiyatda sо‘z erkinligini ta’minlashning ijtimoiy- siyosiy mohiyatiga qaratilgan, demokratik talab va standartlarga tо‘la javob beradigan 10 dan ziyod qonun va 150 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinib”, bu borada mustahkam huquqiy baza yaratildi. Jumladan, “axborot, matbuot va ommaviy axborot vositalar faoliyatiga oid “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari tо‘g‘risida”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar tо‘g‘risida”, “Telekommunikatsiyalar tо‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari tо‘g‘risida”, “Reklama tо‘g‘risida”gi va shu kabi 20 dan ortiq Qonunlar va qonun osti hujjatlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari asosida mamlakatimizda matbuot va OAV tizimidagi о‘zgarishlar, yangilanishlar yangi davrni boshlab berdi. Bu orqali eng tezkor va muhim xabarlarini berib boruvchi ijtimoiy tarmoqlarning milliy Internet portallar tizimi kengaymoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlab о‘tganlaridek: “Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini xalq bilan muloqotning ishonchli kо‘prigiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, media tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ustoz- shogird an’analarini kuchaytirish, soha xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish bо‘yicha keng kо‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday yuksak e’tibor tufayli yurtimizda ommaviy axborot vositalari soni 2016-yilga nisbatan qariyb 30 foizga ortib, 1962 taga yetgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, xususiy media vositalari hayotimizdan keng о‘rin egallab borayotgani jamiyatimizda fikrlar xilma-xilligini ta’minlashda, tub islohotlarni amalga oshirishda, joylarda yо‘l qо‘yilayotgan kamchilik va muammolarni dadil kо‘tarib chiqishda muhim omil bо‘lmoqda. Bu haqda sо‘z yuritganda, televideniye va Internet tarmog‘ini integratsiya qilish maqsadida zamonaviy internet platformasi va uning mobil ilovasi tashkil etilgani, milliy axborot makonimizda internet nashrlarining soni sо‘nggi 6 yilda salkam ikki barobar kо‘payib, 677 taga yetganini alohida ta’kidlash lozim”. Jamiyatda sо‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi qabul qilinayotgan qonunlar va ularga kiritilayotgan о‘zgartirish, qо‘shimchalar fuqarolarning axborot olish huquqini va davlatning ichki va tashqi siyosati ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga, milliy axborot makoni rivojida tо‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlar berish, fuqarolarning о‘z 81 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 huquq-erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli qonunlar va qonun osti hujjatlari bilan yaqindan tanishishga, jamiyatda jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini takomillashuviga xizmat qilmoqda. Davr bilan hamnafas bо‘lish uchun bugun ommaviy axborot vositalarining ham moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni sо‘ngi rusum zamonaviy axborot texnika va texnologiyalari bilan jihozlanishini ta’minlash zarur. Bu borada juda insonning ongini milliy ruhda dunyoviylashtirish borasida kо‘plab ishlar ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar va loyihalar qilinayotganligi ma’lum. Natijada matbuot nashrlari yangi formatga о‘tib, tizimda qayta yozib chiqish amaliyotidan voz kechildi. Barcha jarayonlar elektron tizimda amalga oshirilib, teleradio mahsulotlarini tayyorlash ham о‘ziga xos bosqichlarda, ya’ni, tasvirga olish, matn yozish, intervyularni tozalash va montaj qilish ishlarini talab etgan bо‘lsa, bugun zamonaviy texnologiyalar yordamida bevosita voqea joyida tо‘g‘ridan- tо‘g‘ri axborot berish imkoni yaratildi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa dunyoning istalgan burchagidagi voqea-hodisalar haqidagi axborotni о‘sha vaqtning о‘zida yetkazilayotganligini barchamiz kо‘rib, kuzatib bormoqdamiz. Albatta, mazkur ijtimoiy jarayonlarning bu tarzda shiddatlashuvi axborot tarqatuvchining u jurnalist yoki bloger bо‘ladimi kuchli bilim va salohiyatli, madaniyatli va ma’rifatli bо‘lishini taqozo etadi. Eng asosiysi, berilayotgan maqola, eshittirish, kо‘rsatuv va ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni xolis baholovchi о‘quvchi, tinglovchi, muxlis va kuzatuvchilarning ham kun sayin siyosiy dunyoqarashi, dunyoviy bilim va malaka saviyasi ortib borayotganligidadir. Shu bois matbuot, ommaviy axborot vositalari xodimlari, ijtimoiy tarmoq vakillari xolis, chuqur tahliliy va mulohazali axborotlarni yozishi,
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматривается роль средств массовой независимость, информации в жизни государства и общества, особенно в узбекское общество, Узбекистане в период его короткой истории демократия, неза…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматривается роль средств массовой независимость, информации в жизни государства и общества, особенно в узбекское общество, Узбекистане в период его короткой истории демократия, неза… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2024 in Science LLC, istiqlol, bloger, свобода прессы, узбекское общество, matbuot erkinligi, документ, blogger, demokratiya, средства массовой информации, independence, свобода, блоггер, Третий Ренессанс, Third Renaissance, "fourth power", Uzbek society, document, mass media, hujjat, erkinlik, OAV, “tо‘rtinchi hokimiyat”, freedom, независимость, О‘zbekiston jamiyati, демократия, «четвертая власть», Uchinchi Renessans, democracy, press freedom
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026