К содержанию
РецензированоRU2023

Практическое и концептуальное значение международных исследований по оценке в обеспечении качества и эффективности национального образования

Akramjon MATKARIMOV

Общество и инновации · 5 · 149-153 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Важность международного опыта в развитии международные национальной системы образования, включая применение оценочные исследования, международных оценочных исследований, была национальная система подтверждена на основе обширного научного анализа. В образования, качество и статье рассматривается педагогическая необходимость эффективность, использования международных исследований в оценке педагогическая национальной системы образования. Также описывается необходимость. практическая значимость оценочных исследований для развития национальной системы образования. Ta’lim – nafaqat o‘quvchilarga biror narsani o‘rgatish, balki ularni tobora murakkablashib va o‘zgarib borayotgan dunyoda o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ildam harakatlanish uchun yordam beradigan zaruriy imkoniyatlar bilan ta’minlash jarayonidir [3.49]. Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlarni joriy etish, mavjud tizimni qiyosiy tahlil qilish va zamon talablariga javob beradigan milliy baholash tizimini takomillashtirish dolzarb ahamiyatga ega [4. 21]. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va olimlari tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq etishning ijtimoiy-pedagogik asoslariga doir fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kunda respublikamizda xalqaro baholash tadqiqotlarini milliy ta’lim tizimiga joriy etish va bu orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ularda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan hayotiy-amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, jamiyat siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy hayotiga tayyorlash ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi sifatida qayd etilmoqda. Buning uchun milliy ta’lim tizimi mazmunini tashkil etuvchi: o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘qitish metodikasi va ta’lim natijalarini baholash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar o‘rganilmoqda va bosqichma-bosqich tatbiq etilmoqda. Xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari ta’lim sohasida ilmiy dalillarga asoslangan siyosiy qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular ta’lim sohasidagi islohotlarning samaradorligini ob’yektiv baholashni, ta’lim samaradorligini ta’minlashning ijtimoiy omillarini hisobga olishni, resurslarni taqsimlash, ta’lim sohasining barqarorligini va kelajagiga doir asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari va ularning turli davlatlardagi ilmiy tahlili asosida o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi ularning ta’limdagi muvaffaqiyati bilan chambarchas bog‘liqligini, milliy ta’lim tizimi samaradorligi uning ijtimoiy jihatlarini hisobga olinishi va doimiy ravishda ta’lim tizimiga doir muammolar bilan birgalikda ijtimoiy masalalarni ham o‘rganib borishni taqozo etishini yaqqol ko‘rsatadi. Ta’limdagi ijtimoiy tengsizlikning sabablari xilma-xil va murakkab tushunchadir. Milliy ta’lim tizimi sohasiga doir ta’lim siyosati bu kabi ijtimoiy masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga 150 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2024) / ISSN 2181-1415 ega, ammo bu barcha ijtimoiy muammolarni hal qilinishida yagona yechim bo‘la olmaydi. Ta’limga doir ijtimoiy muammolar umumta’lim maktablarining jamiyatning boshqa institutlari bilan hamkorligi, o‘qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning taqsimoti hamda ta’limni moliyalashtirish, ta’limning ahamiyatini qadriyatlar darajasiga ko‘tarilganligi kabi masalalar bilan o‘rganish barobarida ijtimoiy masalalar hal bo‘lib boradi. Ta’lim sohasidagi vazirliklar, boshqarmalarning ta’lim muammolarini hal qiluvchi yagona institut deb qaramaslik lozim bo‘ladi. Umumta’lim muassasalari o‘quvchilari ta’limdagi yutuqlarini xalqaro tadqiqotlar hamda milliy tadqiqotlar asosida baholash orqali quyidagilarga erishish mumkin: – milliy ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o‘z vaqtida axborot olish; – ta’lim tizimida olib borilayotgan chora-tadbirlar va dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyati yaratiladi; – ta’lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakatning nufuzini mustahkamlashga yordam beradi; – o‘quvchilarning bilimi, salohiyati va savodxonligining qay darajada shakllanganligini bilish hamda xalqaro miqyosda taqqoslash; – ta’lim muassasalaridagi joriy etilgan o‘qitish usullarini boshqa mamlakatlardagi usullardan farqli jihatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish; – o‘quvchilarning savodxonlikni rivojlantirishga oid darslar maktablarda qanday tashkil etilganligi haqida ma’lumot olish; – ota-onalar tomonidan o‘quvchilarning bilimi va savodxonligini yaxshilashda qo‘shilayotgan hissalari salmog‘ini bilish; – o‘quvchilarni fanlararo uyg‘unlik asosida baholash, dunyo bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilish; – ta’lim sifati va samaradorligiga yangicha qarash, zamonaviy, kompetensiyaviy yondashuvlar, ya’ni o‘quvchila

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Важность международного опыта в развитии международные национальной системы образования, включая применение оценочные исследования, международных оценочных исследований, была национальная система подтв…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Важность международного опыта в развитии международные национальной системы образования, включая применение оценочные исследования, международных оценочных исследований, была национальная система подтв… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
international evaluation system was also described, качество и эффективность, quality and efficiency, national education system, milliy ta’lim tizimi, международные оценочные исследования, pedagogical necessity, sifat va samaradorlik, педагогическая необходимость, национальная система образования, pedagogik zarurat, international evaluation studies, xalqaro baholash tadqiqotlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники