К содержанию
РецензированоRU2023

Обучение как объект педагогического и психологического исследования

Aropat NEGMATOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State Pedagogical Institute)

Общество и инновации · 5 · 70-79 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В статье были изучены и компаративно учебная деятельность, проанализированы научные знания о том, как процесс обучаемость, обучения происходит в сознании личности, накопленный стиль обучения, опыт и процесс его освещения в педагогико- интерес к учению, виды обучения, психологической литературе, а также научные мотивы обучения. соображения. С точки зрения стратегии обучения были сделаны необходимые выводы и даны рекомендации. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, hozirgi kunda o‘rganish strategiyasini rivojlantirish muammosini hal qilishning ikki usuli mavjud: kompleks va intensiv [1]. Ularning ikkalasi ham bilimli, axloqli, ijtimoiy faol, qobiliyatli shaxsni tarbiyalashni maqsad qiladi. Biroq, maqsadga erishishning yondashuvlari turlicha. O‘rganish strategiyasini rivojlantirishga doir muammolarni hal qilishda kompleks usulda ta’lim oluvchilarga yetkazilgan bilim hajmini oshirish orqali amalga oshiriladi. Intensiv usul esa sub’yektiv, shaxsiy manfaatdorlik pozitsiyasini shakllantirishga asoslanadi va bu ta’lim dasturlari tarkibidagi o‘zgarishlarni hamda o‘qitish uslublarini intensivlashtirishni (rivojlanish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim) nazarda tutadi. O‘rganish strategiyasini rivojlantirish muammosining yana bir dolzarbligi shundaki, insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqasi faqat uning faoliyati va faolligi tufayli amalga oshadi, bu esa o‘z navbatida shaxsda mustaqillik va tashabbuskorlikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘rganish strategiyasi ta’lim oluvchining faolligini, uning bilimga bo‘lgan ishtiyoqini, noma’lumdan ma’lumni aniqlashga bo‘lgan harakatini ta’minlaydi. Ilmiy adabiyotlarda “o‘rganish” tushunchasi turli talqinlarda ifoda etiladi. O‘rganish ta’lim oluvchining mustaqil faoliyatga intilishini anglatadi, ijtimoiy tajribani, insoniyat tomonidan to‘plangan faoliyat usullarini o‘zlashtirishni o‘z ichiga oladi [2]. O‘rganish strategiyasini rivojlantirish muammosi pedagogika, pedagogik psixologiya, kognitiv psixologiya fanlarining yildan-yilga ahamiyati va dolzarbligi ortib borayotgan masalalardan biri hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning dunyoni ilmiy tushunishi, shaxs sifatida faolligi va faoliyati o‘rganish jarayonlari orqali amalga oshadi. O‘rganish ta’lim oluvchilarning aqliy qobiliyatlarini, fazilatlarini, ularning tashabbuskorligi va individualligining ajralmas qismidir. O‘rganish strategiyasini rivojlantirish mazmunini aniqlash avvalambor “o‘rganish faoliyati”, “o‘rganish qobiliyati”, “o‘rganish uslubi”, “o‘rganishga qiziqish”, “o‘rganish motiv”, “o‘rganish strategiyasining rivojlanganligi” hamda “o‘rganish turlari” kabi tayanch tushunchalarni tahlil qilish zaruratini tug‘diradi. Bu borada quyida batafsil to‘xtalib o‘tiladi: – o‘rganish faoliyati. O‘rganish shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilati bo‘lib, shaxsning turli faoliyat turlari negizida shakllanadi. Shaxs faoliyat jarayonida shakllanadi va rivojlanadi, shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatiga qarab, faoliyat turli darajaga, turlicha xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Faoliyat – bu shaxsning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u shaxsning faoliyatga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi: tayyorlik holati, mustaqil faoliyatga intilish, uni amalga oshirish sifati, maqsadga erishishning maqbul usullarini tanlash. O‘rganish faoliyati shaxsning yangi bilim, ko‘nikma, ichki qat’iyat va ma’lum bilimlarni to‘plash, kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish zaruriyatiga bo‘lgan qiziqishini aks ettiradi. 71 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 1 (2024) / ISSN 2181-1415 O‘rganish faoliyatini rivojlantirish muammosi o‘qituvchilar va psixologlarning turli xil asarlarida ko‘rib chiqilgan. Y.A. Komenskiy, K.D. Ushinskiy, D. Lok, Jan-Jak Russo [3] o‘rganishni shaxsning o‘rganishga bo‘lgan tabiiy istagi sifatida belgilagan. M.A. Xolodnaya, T.M. Golovastikova, S.M. Vishnyakova, G.I. Shukina [4] va boshqalar o‘rganish faoliyatning xususiyatlarini va uni shaxsda qanday faollashtirishni tadqiq etganlar. “O‘rganish faoliyati”ga doir tadqiqotlarda uning “pedagogik hodisa” yoki “ikki tomonlama o‘zaro bog‘liq jarayon” kabi tavsiflari mavjud. “O‘rganish faoliyati”ni sub’yektiv va ob’yektiv jihatdan ko‘rib chiqish mumkin. Sub’yektiv jihatdan qaraganda, ta’lim beruvchi ta’lim oluvchining o‘rganish faoliyatini tashkil etishdagi alohida pedagogik faoliyatlarning natijasi sifatida qaraladi. Ob’yektiv jihatdan qaraganda, ta’lim oluvchining o‘zi tashkil etgan, atrof-olamni, o‘zini va o‘zgalarni anglash jarayonidir. Ikkala jihat ham tadqiqotimiz maqsadi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga, bir-birini to‘ldiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi xususiyatga ega. Didaktik materiallar ishlab chiqishda ham mazkur jihatni hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bizningcha, ta’lim beruvchining faoliyati (sub’yektiv) ta’lim oluvchining mustaqil o‘rganish faoliyatidan (ob’yektiv) o‘z-o‘zini shakllantirish, ma’lum tamoyillarga ustuvorlik berishlik jarayoniga o‘tkazishga qaratilishi lozim. Bu esa didaktik materiallar

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье были изучены и компаративно учебная деятельность, проанализированы научные знания о том, как процесс обучаемость, обучения происходит в сознании личности, накопленный стиль обучения, опыт и пр…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье были изучены и компаративно учебная деятельность, проанализированы научные знания о том, как процесс обучаемость, обучения происходит в сознании личности, накопленный стиль обучения, опыт и пр… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2024 in Science LLC, o‘rganish uslubi, мотивы обучения, learning ability, educational activity, стиль обучения, o‘rganishga qiziqish, motives for learning, interest in learning, o‘rganish qobiliyati, o‘rganish motivlari, o‘rganish turlari, виды обучения, обучаемость, учебная деятельность, learning style, types of learning, o‘rganish faoliyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники