Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM SOHASINI BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASI VA MARKETINGI
Gʻofurov Abdubannob Abdujabbor oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
This thesis talks about the models of management of the tourism sector abroad and the organizational structure of the management of the tourism complex in Uzbekistan. In addition, during the research, the theoretical foundations of marketing in the field of tourism services were specially touched upon. Key words: tourism sector, organizational structure of tourism complex management, tourism services. ОРГАНИЗАЦИОННАЯ СТРУКТУРА И МАРКЕТИНГ УПРАВЛЕНИЯ ТУРИЗМОМ Аннотация. В данной дипломной работе говорится о моделях управления туристической сферой за рубежом и организационной структуре управления туристическим комплексом в Узбекистане. Кроме того, в ходе исследования особо были затронуты теоретические основы маркетинга в сфере туристических услуг. Ключевые слова: туристический сектор, организационная структура управления туристическим комплексом, туристические услуги. Xorijdagi turizm sohasi boshqaruvini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda davlat boshqaruvining uchta modelini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi model markazlashgan davlat ma’muriyatining yo’qligini nazarda tutadi, bunda barcha masalalar bozor o’z-o’zini tashkil etish tamoyili asosida joylarda hal qilinadi. Ayrim mamlakatlar hukumatlari ushbu mamlakat turizmi xalqaro bozorda mustahkam o’rin egallagan va u xorijiy turistlar uchun doimo sirli va jozibali bo’lganida yoki turistik bozor subyektlari nufuzli mavqeni egallaganda shunday qarorlarni qabul qiladi. Bunday holda turistik bozor subyektlari, 8 31-oktabr, 2024-yil ya’ni turfirmalar o’z muammolarini davlat ishtirokisiz mustaqil hal qila oladilar va ular butun milliy bozor manfaatlariga ega va mustaqil reklama aksiyalariga qodir bo’lishganda, shunday qarorlar qabul qilishi mumkin. Turizm industriyasining bunday boshqarish modelidan AQSHda foydalanilgan (1997- yilda AQSHda turizm bilan shug’ullanuvchi VSTTA davlat tizimiga barham berilgan). Ikkinchi model butun soha faoliyatini nazorat qiluvchi kuchli va nufuzli vazirlikning bo’lishini taqozo qiladi. Bunday boshqaruvni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoitlar talab qilinadi, jumladan, turizm industriyasiga, reklama va marketing faoliyatiga, turistik infratarkibga katta mablag’lar sarflash lozim bo’ladi. Ushbu model bo’yicha turistik sohani boshqarish Turkiya, Misr, Tunis kabi turizmga mamlakatga valyuta kirib kelishining asosiy manbalaridan biri sifatida qaraydigan davlatlarda joriy qilingan. Uchinchi model Yevropa davlatlarida qo’llanilib, mamlakat turistik faoliyatini rivojlantirish masalalari ma’lum bir ko’p tarmoqli vazirlik tomonidan hal qilinadi. Masalan, G’arbiy Yevropada bu faoliyat bilan ko’proq iqtisodiy yo’nalishdagi vazirlik shug’ullanadi. Davlat boshqaruvining bunday modelining jiddiy xususiyatlaridan yana biri – davlat turizm ma’muriyati tashkilotlarini ikki toifaga ajratishidir. Birinchi toifadagi tashkilotlar davlat boshqaruvining global masalalari bilan shug’ullanadi va tarmoq uchun me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, statistik ma’lumotlarni qayta ishlash, mintaqalar faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro darajadagi hamkorlik masalalari bilan shug’ullanadi. Ikkinchi toifa tashkilotlar esa marketing tadqiqotlarini olib boradi. Bu toifadagi tashkilotlar turistik vazirlik tarkibiga kiruvchi yoki unga bo’ysunuvchi, ammo boshqaruv organi bo’lmagan muassasa hisoblanadi. Xorijda ushbu mamlakat haqida tasavvurni yaratish uchun zarur bo’lgan barcha faoliyat ularning zimmasida bo’ladi (jumladan, ko’rgazmalarda ishtirok etish, xorijdagi turvakolatlarning boshqaruvi). Shuningdek, moliyalashtirishning asosiy ulushi aynan ushbu toifadagi institutlar zimmasiga tushadi. Bundan tashqari, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida davlat boshqaruvidagi turistik ma’muriyat davlat topshiriqlariga xususiy sektordan moddiy mablag’larni jalb qilish uchun, turli darajalardagi boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro foydali hamkorlik shakllarini topish uchun mahalliy hukumat hamda xususiy biznes vakillari bilan yaqin munosabatda ishlaydi. Xalqaro turizmning rivojlanish tendensiyalari, turistik sohani tashkil etish uslubi va tuzilishiga ko’ra, O’zbekiston sharoiti uchun, bizning fikrimizcha, turizm sohasini boshqaruvining uchinchi modeli ma’qul keladi. 9 31-oktabr, 2024-yil Mamlakatimizda davlat turistik faoliyatni O’zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etib, turistik faoliyatni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlaydi va uni amalda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Milliy iqtisodiyotdagi turizmning o’rnini belgilash va uni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016-yil 2-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qabul qilgan Farmoni tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, iqtisodiyotda birinchi marotaba turizm sohasiga strategik sektor maqomini berilishi bilan ajralib turibdi. Bunday yondashuv turizmni barcha hududlarni va o’zaro bog’liq tarmoqlarni komple
Доказательный фрагмент
«This thesis talks about the models of management of the tourism sector abroad and the organizational structure of the management of the tourism complex in Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis talks about the models of management of the tourism sector abroad and the organizational structure of the management of the tourism complex in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tourism sector, organizational structure of tourism complex management, turizm xizmatlari., turizm majmuasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi, turizm sohasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026