Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANK MAHSULOTLARI VA ULARNING HAYOTIYLIK DAVRI
NEW RENAISSANCE · Axrorqulov Akram Sherali o‘g‘li
Современная наука и исследования · 1 · 2024
Аннотация
In this thesis, the essence of the concept of bank management and information about Bank products and their life cycle have been given. Special emphasis is also placed on the banking system of our country today. Key words: banking system, active and passive practices, private banks, banking products. БАНКОВСКИЕ ПРОДУКТЫ И ИХ ЖИЗНЕННЫЙ ЦИКЛ Аннотация. В данной дипломной работе даны сущность понятия банковского менеджмента и информация о банковских продуктах и их жизненном цикле. Особый акцент сегодня делается также на банковской системе нашей страны. Ключевые слова: банковская система, активная и пассивная практика, частные банки, банковские продукты. Bank mahsuloti aktiv va passiv amaliyotlar bo‘yicha bank xizmatlari majmuini nazarda tutadi. Bank mahsulotining hayotiylik davri bank marketingida alohida ahamiyat kasb etadi. Bank mahsuloti – bu aniq bank hujjati, u bank tomonidan mijozga xizmat ko‘rsatish va operatsiyalar o‘tkazish uchun ishlab chiqiladi. Bu veksel, chek, bank foizli depoziti, har qanday sertifikat va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bank xizmati mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank amaliyotlarini nazarda tutadi. Bank mahsulotlari va bank xizmatlari o‘xshashligi shundaki, ular mijoz talablarini qanoatlantirishga va daromad olishga mo‘ljallangan. Lekin aksariyat holatlarda bank mahsuloti birlamchi, bank xizmati esa ikkilamchi hisoblanadi. Bank mahsulotining xususiyatlari: 84 NEW RENAISSANCE 2024 SEPTEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 7 - bank xizmatlari ko‘rsatish pullardan har xil shakllarda (naqd, naqdsiz va hisob- kitob) foydalanish bilan bog‘liq; - nomoddiy bank xizmatlari mulkiy shartnoma munosabatlari orqali ko‘rinish xarakterini oladi; - aksariyat bank xizmatlari uzoq vaqtga mo‘jallanadi. Bitim ko‘pincha bir martalik akt iblan chegaralanmaydi, balki mijozning bank bilan uzoq yoki qisqa aloqasini belgilaydi. Marketingda bank mahsuloti va xizmatlarining bozordagi hayotiylik davri quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: 1. Xizmat hayot muddati chegaralangan. 2. Xizmatning hayot davri bozorda o‘ziga bir nechta bosqichlarni kiritadi, ulardan har biri bank oldida nafaqat muayyan imkoniyatlar ochadi, balki etarli murakkab muammolar qo‘yadi. 3. Hayotiylik davrining har xil bosqichlarida xizmat keltiradigan daromadliliik darajasi o‘zgaradi. 4. Har bir bosqich marketing, moliya, faoliyatni tashkil qilish, sotish va xodimlarni boshqarish sohasida o‘z strategiyasiga ega va unga alohida yondashishni talab qiladi. Hayotiylik davrining to‘rtta bosqichini ajratish mumkin: joriy qilish, o‘sish, etilish va pasayish. Joriy qilish – xizmatni sotish hajmini sekinlik bilan oshirish, u bozorga endi kirib xaridorlar e’tiboriga tushayotgan davrdir. Bankning katta harajatlari munosabati bilan sotuvning ushbu bosqichida xizmat daromad keltirmasligi mumkin. O‘sish – iste’molchilar tomonidan xizmat tez tan olinishi davrida daromadni ahamiyatli oshirish. Etilish – sotuv hajmi o‘sish sur’ati sekinlashish davrida, xizmat katta guruh xaridorlar tomonidan tan olingan. Daromad barqarorlashadi yoki raqobatchilarga hujum qilishni aks ettirish maqsadida o‘tkaziladigan marketing tadbirlari xarajatlari o‘sishi hisobidan pasaya boshlaydi. Pasayish – xizmatni sotish hajmi pasayish va daromad kamayish davri. Bank xizmatlarini joriy qilish bosqichida sotishning katta bo‘lmagan hajmi, sotish va reklama bilan bog‘liq xarajatlar yuqoriligi odatda zarar yoki ahamiyatsiz daromad mavjud bo‘ladi. Xizmatni sotish bo‘yicha asosiy kuch etuk iste’mol qilishga tayyorlangan iste’molchilarni jalb qilishga yo‘naltiriladi. Misol uchun, plastik kartochkalar bo‘yicha xizmatlarni joriy qilishda, plastik kartochkalarni foydalanish iste’molchilar uchun odat emas edi va shu munosabat bilan 85 NEW RENAISSANCE 2024 SEPTEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 7 ushbu xizmatlarni joriy qiluvchi banklar sotish bo‘yicha katta xarajatlar qilishga majbur bo‘lishdi. Natijada, katta bo‘lmagan hajmda zarar vujudga keldi. Bozorga yangi xizmat taqdim qilishga tayyor bank xizmatning foyda keltirish vaqtini aniqlashi lozim. Uning uchun bozorda “yakkaxonlik” ochilayotgan barcha imkoniyatlardan nafaqat birinchi foydalanish istiqbolini bildiradi, balki katta xarajatlar xatariga birinchi bo‘lib uchrashi ham mumkin. Misol uchun, qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish va sotishni joriy qilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki xizmat muvaffaqiyati fond bozori rivojlanish darajasi bilan bevosita bog‘liqligi sababli katta xarajatlar xatariga duch keldi. Bank iste’molchilarga etuk texnologiya, sifat taklif etsa, u holda boshqa banklar “izidan” bozorga chiqish ma’lum mazmunga ega bo‘ladi. Bank xizmatlari o‘sishi bosqichida sotuv hajmi birdan o‘sishi qayd etiladi. Xizmat bozorda paydo bo‘lishi bilan “tan olgan” iste’molchilar uni iste’mol qilishni davom ettirishadi va ularning izidan boshqalar borishadi. Bozorda xizmatni katta hajmda taklif etish va yuqori daromad olish imkoniyati yangi raqobatchilar pay
Доказательный фрагмент
«In this thesis, the essence of the concept of bank management and information about Bank products and their life cycle have been given.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this thesis, the essence of the concept of bank management and information about Bank products and their life cycle have been given. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- banking system, active and passive practices, private banks, banking
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026