К содержанию
РецензированоUZ2024

MAROSIM FOLKLORIDA MAVSUMIY MAROSIMLARNING O‘RNI

NEW RENAISSANCE · Nasriddinova Feruza Abduvoxidxo‘jayevna

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

In this article, the folklore of rituals in social life, in particular, the scientific- theoretical significance of seasonal rituals, is thoroughly analyzed on the example of spring rituals. Key words: ritual folklore, seasonal rituals, folk art, family rituals, "Boychechak" ceremony, Navroz holiday, culture. Marosim folklorining janrlar tarkibini, ularning marosim tizimidagi o‘rni va vazifasini aniqlash, mavsumiy marosimlar, xususan Navro‘z bayrami, Boychechak marosimi bilan bog‘liq folklor namunalarining genezisi va badiiy xususiyatlarini ochish marosim tizimi va folklorining mazmunini anglashda, tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega. Xalq lirikasining marosimdan ajralgan janrlari evolyusiyasi va o‘ziga xos namayon bo‘lish yo‘llari bu janrlarni qiyosan tadqiq etish orqali amalga oshadi. Folklorshunoslikda marosim folklori janrlarini ikki katta guruhga ajratish an'anasi mavjud. Bu turlar quyidagi ko‘rinishga ega: 1) mavsumiy marosimlar folklori. 2) oilaviy marosimlar folklori. Mavsumiy marosimlar yil mavsumlarining almashinuvi avvali va oxiri, ma'lum bir xo‘jalik turlarining boshlanib yakun topishi, ob-havo bilan bog‘liq mavsumiy marosimlarni o‘z ichiga oladi. Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, belgilangan o‘tish muddatlari mavjud va ular bir oila yoki jamoaga tegishli bo‘lmay butun xalq ommasiga tegishlidir. 81 NEW RENAISSANCE 2024 SEPTEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 7 O‘zbek mavsumiy marosimlarining boshlanishi bevosita Navro‘z bayrami bilan aloqador. Navro‘z yangi yil, yilboshi deb ham yuritiladi. Ya'ni qish va yoz (ikki qutb)ning o‘zaro kurashuvi, qish tomonning yengilib, chekinishi natijasida kirib keladi, degan dualistik qarash ushbu marosimda eng tayanch tasavvur hisoblanadi. Navro‘zni kutib olish, tantana qilish jarayonida o‘tuvchi barcha marosim xalqalarida ana shu kurashni tasvirlashga, ifodalashga yo‘naltirilgan. Respublikamizning bir qator viloyatlarida turli shakl-ko‘rinishlarda hozirgacha amal qilib kelayotgan “Boychechak” marosimi yangilanish, yasharish bahor faslining darakchisi, Navro‘z ayyomining boshlanishi hisoblanadi. Marosimni nisbatan to‘laroq xalqalarini Namangan viloyatining Chortoq tumani hududida kuzatish mumkin. Bu yerda bolalar erta ko‘klam boychechakni topib, bir guruh bo‘lib, jo‘raboshi yetagida xonadonma-xonadon kezib chiqishadi. Boychechakchilar har bir xonadon darvoza oldida to‘xtaganda, jo‘raboshi ushbu qo‘shiqni kuylaydi: – Boychechak aytib keldik eshigingizga, Xudoim o‘g‘il bersin beshigingizga, – Guruh esa: – Bota, bota-bo, boychechak, Uyingizga choch tilla. Iloyim o‘g‘il bersin, Otginasi Rahmatilla, Uy egasi ko‘rinish berganda: – O‘tirib chiqing, O‘tirib chiqing, Yog‘och tovoqni to‘ldirib chiqing, [1.] deydilar. Xonadon sohibi jo‘raboshi tutib turgan boychechakni ko‘rib, tavof qilib, himmatiga yarasha ul-bul boychechakchilarga beradi. Uy egasi xasislik qilib hech narsa bermasa, boychechakchilar:0 O‘qim, o‘qim, Qozoningga ...! –[2.] deb yomon tilak bildiradi. Qadimda o‘tgan “Boychechak” marosimida qish va ko‘klamning kurashini ifodalovchi sahnalar bo‘lgan. Boychechak tutgan jo‘raboshi ko‘klam siymosida o‘z sheriklari – aniqrog‘i, jangchilari bilan xonadonma-xonadon yurib qishni haydagan. Qish siymosi va jangchilarini 82 NEW RENAISSANCE 2024 SEPTEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 1 | ISSUE 7 ifodalovchi tomon qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bir-bir chekinib xonadonlarni va nihoyat butun qishloqni tark etgan. Qish va ko‘klam o‘rtasidagi asosiy kurash katta dalada bo‘lgan. Bunda qish va yoz tomon ramziy jang qilib, aytim-qo‘shiq kuylab bahslashganlar. Xorazmda sumalak sayli bilan aloqador bo‘lgan “Ashshadarozi” o‘yini va unda aytiluvchi laparning tub asoslarini qish va yoz munozarasi sifatida baholash o‘rinli. Ushbu laparni marosimdan butkul ajralib sof san'at namunasiga aylangan versiyasi sifatida Farg‘ona vodiysida keng yoyilgan “Sochingni uzun deydilar” laparini keltirish mumkin. Ushbu lapar matnida “qish”ning so‘rog‘i va “ko‘klam”ning javoblari asl mohiyatga yaqin turibdi. Laparda yigit qizning sochi, qoshi, ko‘zi, yuzi, beli, qanday ekanligini so‘raydi. Qiz esa ko‘klamdagi tabiat tasviri orqali o‘zini ta'rif etadi. Bizning nazarimizda, “Kichkinajon-kichkina” qo‘shig‘i ushbu aytishuv, bahsning so‘nggi nuqtasi bo‘lgan. Ya'ni qo‘shiqni kuylab, o‘rtadagi raqqosni ma'lum obrazlarga taqlidan kichrayib borishi barobarida tariq timsoliga kelishi, buni raqsda ko‘rsatishi ko‘klamning qishni yengib urug‘ (tariq) holatiga keltirishini ifoda qilgan. Navrо‘z keng omma tomonidan nishonlanadigan umumxalq bay- ramidir. Bugungi kunda Navrо‘z bilan bog‘liq qо‘shiqlarda yurt ozodligi, ma’naviy qadriyatlarimizning elga qaytish g‘oyasi tarannum etilmoqda. Navro‘z bayrami qo‘shiqlarida mehr-oqibat, qut barakaga bo‘lgan buyuk ishonch, mo‘l hosil olish g‘oyasi, el-yurt xotirjamligi badiiy talqin qilinmoqda. Bu marosimlar bir tomondan, o‘zbek xalqi qadriyatlarini tarkibining boyligini, qadimiyligini dalillasa, ikkinchi tomondan,

Доказательный фрагмент

«In this article, the folklore of rituals in social life, in particular, the scientific- theoretical significance of seasonal rituals, is thoroughly analyzed on the example of spring rituals.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the folklore of rituals in social life, in particular, the scientific- theoretical significance of seasonal rituals, is thoroughly analyzed on the example of spring rituals. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ritual folklore, seasonal rituals, folk art, family rituals, "Boychechak"
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники