Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TABIIY FANNING RIVOJLANISHI VA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANGA OID AMALIY ISHLAR
Normurodova Hilola
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
This article provides information about the development of natural science and the organization of practical lessons in primary classes. Key words: Genetics, evolution, nuclear, Evolutionary theory. РАЗВИТИЕ И НАЧАЛО ЕСТЕСТВЕНСТВЕННОЙ НАУКИ ПРАКТИЧЕСКАЯ РАБОТА ПО НАУКЕ В КЛАССАХ Аннотация. В данной статье представлена информация о развитии естествознания и организации практических занятий в начальных классах. Ключевые слова: Генетика, эволюция, ядерная, Эволюционная теория. Tabiiy fanlarning o’rni bugungi ilm-fanning yuragi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki tabiat qonuniyatlarni bilish genetika, evolyusion ta’limot, matematika, fizika, kimyo, o’simlik va hayvonot olami sistematikasi, antropologiya, geologiya, geofizika singari fanlar oldiga qo’yilgan muammolar tirik va o’lik tabiatni o’zaro munosabati masalalarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabat eng og’ir, yechimi mushkul muammo. Inson faoliyati ta’sirida qurg’oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho’llanish, suv zahiralari kamayib, tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi, yer yuzi aholisini to’rtdan bir bo’lagida ocharchilik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi zamonning dolzarb muammolaridan ekanligi ko’pchilikka ma’lum. Mazkur fan hozirgi zamon taraqqiyotining eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan biologiya, fizika, ximiya, geologiya, biofizika singari fanlar va miqdoriy analiz uslublaridan foydalanib, ilmiy texnik taraqqiyotning barcha sohalarini o’z manfaatlarini amalga oshirish uchun safarbar qildi va uning oldingi qatoriga o’tishga erishdi. Bu fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni yechishi lozimligida ko’radi: 337 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 1. Yer kurrasida sodir bo’layotgan demografik muammolar, aholini son jihatidan ko’payishidagi sifat o’zgarish va ularni jamiyat strukturasi tuzilishi bilan bog’liqligi. 2. Yadro energiyasini energetik zahira sifatida halq xo’jaligida qo’llash muammosi va ayniqsa idora qilish imkoni bo’lgan termoyadro sistemasini bunyodga keltirish. 3. Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini yaratish. 4. Tabiiy muhitning beqiyos darajada ifloslanayotganligi tufayli yer kurrasining issiqlik balansini o’rganish muammolari. 5. Yer kurrasida sodir bo’lishi kutilayotgan falokat (inson naslini buzilayotganligi)ni oldini olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak intellektual kuchlar va juda katta mablag’ talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari halqaro masshtabda olib borilishi lozim bo’ladi. Mazkur fanning asl maqsadi tabiatshunoslik ilmi, uning predmeti, maqsadi, vazifasi o’qitish uslublari, tabiat va tabiiy muhitda mavjud tirik mavjudotlarining o’zaro uyg’unlik qonuniyatlari, koinotning planetar shaklda ko’rinishi, quyosh, oy va yer sayyorasi, ularning umumiy tavsifi; yer kurrasining fizikaviy, kimyoviy tuzilishi, unda sodir bo’lgan va bo’layotgan global o’zgarishlar; yerda hayotning paydo bo’lishi; yer kurrasi tirik va o’lik qismini o’zaro uyg’unligi; modda va energiyaalmashinuvi qonuni; ularning tuzilishidagi uyg’unlik, unda sodir bo’ladigan fiziologik jarayon, moslanish (adaptasiya) va o’zgaruvchanlik; yer kurrasi tirik mavjudotlari, ularning o’zaro munosabati va bir butunligi (o’simliklar, hayvonot olami va mikroorganizmlarning o’zaro uyg’unligi); O’simliklar va hayvonot olamining eng sodda turlaridan tortib, eng yuksak taraqqiy etgan turlariga qadar tuzilishidagi umumiylik qonuniyatlari; viruslar, bakteriyalar, suvo’tlari va quruqlikda tarqalgan o’simliklar va hayvonot olami; hozirgi zamon antropologiya, paleantologiya, biorganik ximiya, molekulyar biologiya, biosfera haqidagi ta’limot; insonning tarixiy taraqqiyoti jarayonida tabiat va jamiyatning o’zaro almashinuvida sodir bo’lgan va bo’layotgan o’zgarishlar; antropogen ta’sir tufayli sodir bo’layotgan global o’zgarishlar va hokazolarni o’zida mujassamlantiradi. Tabiiy fanlarning zamonaviy kosepsiyasi fani o’z xususiyatiga ko’ra kompleks bilimlar majmuidan iborat. U organizmlarning tuzilishi, o’sish va rivojlanish qonuniyatlari, ularning ekologiyasi, genetika, biofizika, ximiya, evolyusion taraqqiyot tarixi mikrobiologiya va immunologiya fanlarini o’zida mujassamlantiradi. Yer kurrasining o’lik qismi haqidagi fanlar tuproqshunoslik, gidrologiya, geologiya, gidrosfera uning tirik qismi haqidagi ma’lumotlarga tayangan va u bilan uzviy bog’liq holda ish ko’radi. Evolyusion ta’limot tarixi esa chog’ishtirma morfologiya, paleontologiya va barcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, tarqalishi va rivoj topishi haqidagi fanlarga tayangan holda ish ko’radi. Insonlar qadim zamondan tabiatga, undagi hodisalarga qiziqish bilan qarashgan. Tarixiy manablarning guvohlik berishicha ibtidoiy jamoa 338 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 7 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 davrida ham ular oddiy tabiiy hodisalarni
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the development of natural science and the organization of practical lessons in primary classes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the development of natural science and the organization of practical lessons in primary classes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Genetics, evolution, nuclear, Evolutionary theory
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025