Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Развитие речевых компетенций учащихся начальных классов как педагогическая проблема
Zulaykho KHAKIMOVA · February -/© in Science LLC. (development of speech competence of elementary school)
Общество и инновации · 4 · 133-139 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются проблемы и пути речь, решения развития речевой компетентности учащихся компетентность, младших классов. Кроме того, в статье уделяется особое речевое развитие, внимание вопросам развития речи студентов и устная речь, письменная речь, анализируются книги отечественных и зарубежных начальный класс, ученых. базовая компетентность, компетентность связанная с наукой. Tezlik bilan rivojlanayotgan zamonda har bir soha uchun koʻplab yangiliklar kirib kelmoqda va ushbu yangiliklarni oʻrganib amaliyotga tatbiq qilish har bir soha mutaxassisining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu jumladan, ta’lim sohasida ham bugungi kunda koʻplab yangiliklar tajribadan oʻtkazilib, amaliyotga kirib kelmoqda. Bu yangilanishlar esa yurtboshimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilmoqda. Buni ularning quyidagi soʻzlari orqali ham bilib olishimiz mumkin: “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi” [1]. Bu yangiliklardan biri esa kompetensiya va kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim tizimimizga joriy qilinganligidir. Kompetensiya soʻziga “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi”da shunday ta’rif beriladi: “Kompetensiya (lot. Compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba” [4, 530]. Hozirgi kunda kompetensiya DTSning tarkibiy qismi sifatida kiritiladi. DTS da kompetensiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: “Kompetensiya – mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyatdir”. Kompetensiya 2 turli bo‘lishi DTS da keltirib o‘tilgan: 1) Tayanch kompetensiya; 2) Fanga oid kompetensiya. Fanga oid kompetensiya esa har bir fan uchun alohida keltirib o‘tilgan kompetensiyadir. Masalan, ona tili fani uchun 2 turli fanga oid kompetensiyalar ajratib ko‘rsatiladi: a) nutqiy kompetensiya; b) lingvistik kompetensiya. Hozirgi kunda amalda boʻlgan DTS da ta’lim muassasalarida ona tili fanining oʻqitish bosqichlari boʻyicha shakllantirilishi lozim boʻlgan lingvistik kompetensiyalar keltirib oʻtilgan. Lingvistik kompetensiya bu ona tilining fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyat boʻlimlariga tegishli boʻlgan kompetensiyalardir. 4-sinfni yakunlagan oʻquvchida quyidagi lingvistik kompetensiyalar shakllangan boʻlishi lozim: A1 (Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi) – ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi; mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. 134 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 11 (2023) / ISSN 2181-1415 A1+ (Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi) – so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi; gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi. [2, 17] Milliy oʻquv dasturi tarkibida maktab bitiruvchilarida ona tili va adabiyot fanidan oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan umumiy kompetensiyalar keltirib oʻtilgan. Maktab bitiruvchilari quyidagi nutqiy kompetensiyalarni egallagan boʻlishlari lozim: og‘zaki nutq malakasi 1) oʻzbek adabiy tili me’yorlariga amal qilgan holda turli nutqiy vaziyatlarda ravon so‘zlay olish; 2) mavzu yuzasidan nutq tayyorlay olish va uni bayon qilish, mavzu doirasidagi fikr va g‘oyalarini taqdimot ko‘rinishida namoyish qilish; 3) munozaralarda ishtirok etish, fikrlarni umumlashtirish va munosabat bildira olish; 4) badiiy matnni yoddan ifodali aytish, bunda ohang, ovoz tovlanishlari va to‘xtam (pauza) dan o‘rinli foydalana olish. Yozma nutq malakasi 1) o‘z fikr va hissiyotlarini imlo, punktuatsion, uslubiy qoidalarga rioya qilgan holda to‘g‘ri, izchil, ifodalash, shuningdek, ma’lumotni belgilangan hajm talabiga ko‘ra yoza olish; 2) turli maqsad va har xil oʻquvchiga mo‘ljallangan matnlarni yoza olish, xususan, ma’lum narsa/hodisa haqida yozma ma’lumot yetkaza olish; 3) materiallarni tartiblash va umumlashtirish, fikr va dalillarni tafsilotlar bilan asoslab yoza olish; 4) yozma nutqining ta’sirchanligini oshirish maqsadida ifoda vositalarni oʻrinli qo‘llay olish; 5) matnning izchilligini ta’minlash va saviyasini oshirish uchun so‘z va grammatik vositalarni to‘g‘ri qo‘llay olish; 6) imlo, uslub va punktuatsion me’yorlarga rioya qilish. Anglash malakasi; o‘qish va tushunish. 1) matnning uslubini farqlagan holda ravon va ifodali o‘qiy olish; 2) matnda til qanday qo‘llanganini, xususan, har bir so‘z, so‘z birikmasi va gap shaklining qanday ma’no tashiyotganini, nega aynan shu so‘z, birikma yoki gap qo‘llanganini, matn tuzilishi va uning tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalarning vazifasini tushuna olish; 3) ibora (idioma)lar, maqol va aforizmlarni
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются проблемы и пути речь, решения развития речевой компетентности учащихся компетентность, младших классов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются проблемы и пути речь, решения развития речевой компетентности учащихся компетентность, младших классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This is an open access article under the Attribution 4.0 International, начальный класс, written speech, письменная речь, устная речь, компетентность связанная с наукой, ogʻzaki nutq, речевое развитие, competence, competence related to science, речь, oral speech, nutq oʻstirish, yozma nutq, speech development, speech, компетентность, kompetensiya, fanga oid kompetensiya, basic competence, базовая компетентность, tayanch kompetensiya, boshlangʻich sinf, primary class, nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026