Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Значение политики социальной защиты в борьбе с бедностью в Республике Узбекистан
Oybek JUMAYEV
Общество и инновации · 5 · 121-126 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье исследуется значение политики бедность, социальной защиты в борьбе с бедностью в Республике стихийное бедствие, Узбекистан с научной и практической точки зрения. еда, Рассматриваются различные причины и последствия питье, кров, возникновения бедности, а также анализируются признаки одежда, глубокого понимания сущности социального государства. нужда, На основе исследования разработаны научные выводы, финансовая грамотность, предложения и рекомендации по управлению предприимчивость, необходимыми инвестициями в здравоохранение и инфраструктура, качественное лечение, образование для снижения уровня бедности населения. адресные льготы, социальное страхование, уровень государственного благосостояния, социальная поддержка. Kambag‘allik – bu kundalik asosiy ehtiyojlarning barchasini yoki kо‘p qismini qondirish uchun yetarli daromadga ega bо‘lmaslik holati hisoblanadi. Xususan, oziq- ovqat, ichimlik, boshpana, kiyim-kechak kabi asosiy ehtiyojlarga erishishda qiyinchilik tug‘ilishi yoki erisha olmaslik kambag‘allik deb ta’riflanishi mumkin. Biroq, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda ushbu ta’rifning standartlarida о‘zgarishlar mavjud. 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlarining birinchi maqsadi qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish deyiladi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga a’zo davlatlar “Hech kimni ortda qoldirmaslik va eng uzoq hududlardagi aholiga birinchi navbatda yordamga borish” majburiyatini о‘z zimmalariga oldilar. Jumladan oziq-ovqat, toza ichimlik suvi va sanitariya yetishmasligiga barham berishga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish iqlim о‘zgarishi va mojarolar keltirib chiqaradigan yangi tahdidlarga yechim topishni о‘z ichiga oladi. Kambag‘allik turli sabablarga kо‘ra mamlakatdan mamlakatga yoki uning о‘ziga xos geografiyasiga qarab yuzaga kelishi mumkin. Asosiy sabablarga ekologik sabablar, iqtisodiy sabablar, siyosiy sabablar va ijtimoiy sabablar kiradi. Kambag‘allikning eng aniq ekologik sabablari tabiiy ofatlar, chо‘llanish va qurg‘oqchilik kabi tabiiy omillar bo‘lsa, Nigeriya kabi mamlakatlarda hukumatdagi korrupsiya va noaniq siyosat kambag‘allik va qashshoqlikning ko‘lamini yanada kengayishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib kelmoqda. 122 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 01 (2024) / ISSN 2181-1415 Farovonlik hayotni batpo etishning asosiy konsepsiyalaridan biri ijtimoiy siyosat hisoblanadi. Tarixdan bizga ma’lumki o‘tmishda kо‘plab hukmdorlar non tarqatish va о‘yin-kulgilar uyushtirish orqali kambag‘allarga g‘amxо‘rlik qilishgan. XIX asrning ikkinchi yarmida “ijtimoiy davlat” tushunchasini birinchi marta nemis olimi Lorens fon Shtayner kiritgan. U “Ijtimoiy davlat о‘z fuqarolarini iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga kо‘niktirish va о‘qitishga majburdir, chunki birining rivojlanishi ikkinchisining rivojlanishining sharti bо‘lishi kerak va bu ijtimoiy davlatning asosiy ma’nosi”, deb kо‘rsatdi. 1930-yilda nemis olimi German Geller ijtimoiy-siyosiy adabiyotga ijtimoiy huquqiy davlat tushunchasini kiritdi. Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng bir qator G‘arbiy Yevropa davlatlarining konstitusiyasiga farovonlik davlati formulasi kiritilgan. Taxminan XX asrning 60-yillarida birinchi ijtimoiy davlatlar, masalan, Fransiya, Germaniya, Shveysariya va Angliyada va boshqalar mamlakatlarda tashkil etila boshlandi. Ularning yashashining asosiy sharti – milliy daromadning ma’lum qismini jamiyatdagi nochor qatlamni qо‘llab-quvvatlash uchun ajrata oladigan iqtisodiy rivojlanishning eng yuqori darajasidir. Ijtimoiy davlatning mohiyatini chuqur anglash uchun uning belgilarini farqlash zarur. Birinchi belgi – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning huquqiy tabiati, davlatning ijtimoiy jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish majburiyati, ikkinchisi – ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, uchinchisi – byudjet va ijtimoiy tо‘lovlar, tо‘rtinchisi – mavjud ijtimoiy ta’minot, bandlik va davlat himoyasini ta’minlaydigan davlat tizimi, beshinchisi – jamiyatning har bir a’zosini davlat tomonidan ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, oltinchi – fuqarolarning farovonligining yuqori darajasi uchun mas’uliyatni oshirish bilan shug‘ullanadi. Farovonlik davlatining vujudga kelishi huquqiy davlatni shakllantirish tamoyillarining rolini kamaytirmadi (zaiflashtirmadi). Farovonlik davlatining mazmuni va maqsadi jamiyatda tinchlik va totuvlik uchun shart-sharoit yaratish, ijtimoiy sheriklik institutlarini rivojlantirish, mehnatkashlarning adolatli va munosib ish haqi olish huquqini kafolatlash va tahdidlardan himoya qilishdir. Bunday davlatni yaratishning majburiy sharti siyosiy va iqtisodiy hokimiyatni bо‘lishishdir. О‘zbekiston Respublikasini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy davlatni yaratishdir. О‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar va tadqiqotchilar qatorida Abdurahmonov Q.X., Xolmо‘minov Sh.R., Djumanova R.F., Ibragimova N.M., Muxitdinova M.Z., Pardayeva B., Saidov K.S., Xashimov P.
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье исследуется значение политики бедность, социальной защиты в борьбе с бедностью в Республике стихийное бедствие, Узбекистан с научной и практической точки зрения.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье исследуется значение политики бедность, социальной защиты в борьбе с бедностью в Республике стихийное бедствие, Узбекистан с научной и практической точки зрения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- poverty, poverty, kambag‘allik, финансовая грамотность, ehtiyoj, стихийное бедствие, уровень государственного благосостояния, social support, need, entrepreneurship, кров, oziq-ovqat, drink, качественное лечение, moliyaviy savodxonlik, социальное страхование, food, ijtimoiy sug‘urta, level of state welfare, tadbirkorlik hissi, targeted benefits, clothing, infrastructure, social insurance, еда, нужда, одежда, адресные льготы, boshpana, infratuzilma, davlatning farovonlik darajasi, социальная поддержка, инфраструктура, natural disaster, бедность, sifatli davolanish, ichimlik, питье, manzilli nafaqa tо‘lash, ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, tabiiy vayronagarchilik, financial literacy, quality treatment, shelter, предприимчивость, kiyim-kechak
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014