Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Гигиеническая оценка показателей шума и вибрации на предприятии по производству кирпича
Ш Курбанова (Ташкентская медицинская академия) · А Юсупхужаева (Ташкентская медицинская академия)
Общество и инновации · 4 · 198-202 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: Производство кирпича характеризуется условиями, производство по которые могут оказывать неблагорприятное воздействие изготовлению кирпича, на состояние здоровья и работоспособность работающих. шум, вибрация, На основе полученных результатов исследований нами частота, условия труда. даны рекомендации по улучшению условий труда. Для снижения шума и вибрации на рабочих для снижения интенсивности шума необходимо использовать средства индивидуальной защиты, демфирующие прокладки из резины, волокна, а так же для профилактики профессиональных заболеваний и снижения общей заболеваемости прохождение медицинских осмотров по приказу № 200 РУз. DOLZARBLIGI Jamiyatni taraqqiy etib borishi, fan va texnikaning turli darajadagi ilg‘or yutuqlari bir qator ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish bilan bir qatorda o‘zining salbiy tomonlarini ham namoyish etmoqda. Atrof muhit omillarini shunday ishlab chiqarish omillar bilan ifloslanib borishi salbiy xususiyatlardan biri bo‘lib hisoblanadi [2, 5]. Hozirgi ishlab chiqarish korxonalarining intensifakatsion rivojlanishi shu korxonaning kelajak mutaxassislaridan chuqur bilim, ob’yektiv iqtisodiy qonunlarni bilishini va bu qonunlarni korxona darajasida qo‘llay olishni, boshqaruv vazifalarni hal etishda amaliy ko‘nikmalarga yondashishni rejalashtirishni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkillashtirishni talab etadi. Qurilish materiallari tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasining asosiy ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish tarmog‘i davlat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinni egallaydi [1, 4]. Hozirgi kunda qurilish materiallari va konstruksiyalari sanoati 100 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini o‘z ichiga oladi va ularda 6000 ga yaqin ishchi va xizmatchilar faoliyat yuritadi. Respublikamizda hozirgi kunda ishlab chiqarishning asosiy qismini qurilish sanoati tashkil etmoqda. Bu sohada ishlovchi ishchilarning salomatlik holatini saqlash va mavjud salohiyatdan foydalanish ushbu sohani yanada samarali va muvaffaqiyatli rivojlantirish garovidir. Mehnatni muhofaza qilish muammolari va ishlovchilar salomatligini mustahkamlash, keng ma’noda tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, qonuniy va boshqa aspektlarni o‘z ichiga oladi. Zararli mehnat sharoitlaridan, tibbiy – ijtimoiy va iqtisodiy zarar ko‘rish mehnat tibbiyotining va sog‘liqni saqlash tizimining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va ishlovchilar salomatligini muhofaza qiladi hamda mustahkamlaydi. Shu bilan birga ishlovchilarni mehnat sharoitini o‘rganish, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, imtiyoz va kompensatsiyalarni o‘z vaqtida baholash, moslama va texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ijtimoiy ahamiyat va yangi uy-joy, ishlab chiqarish inshootlari va biznes ob’yektlari qurilishida foydalaniladi [3, 6, 7]. 199 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2023) / ISSN 2181-1415 TADQIQOT MAQSADI Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “G‘isht zavodi” korxonasida ishchilarning mehnat sharoitlarini o‘rganish, zararli va xavfli omillarni aniqlash, ishchilarning mehnat qobiliyatini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va kasallanishni oldini olish maqsadida sog‘lomlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan. TADQIQOT OB’YEKTI VA USULLARI Shovqin va tebranish darajalarini o‘lchash 12.1.050-86 SSBT “Ish joylarida shovqinni o‘lchash usullari”ga asosan o‘tkazildi. Tovush bosimining darajasi ish joylarida SVAN-943 asbobida o‘lchandi. Olingan natijalar SanQvaM №0325-16 “Ish joylarida shovqin darajasini ruxsat etilgan sanitar me’yor” va SanQvaM №0326-16 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitar me’yorlar” iga asosan baholandi. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI G‘isht ishlab chiqarish korxonalari xodimlar salomatligiga va ish faoliyatiga ta’sir etuvchi noqulay mehnat sharoiti bilan tavsiflanadi. Korxonadagi yetakchi omillardan biri shovqin hisoblanadi. G‘isht ishlab chiqarish tarmog‘i qurilish tarmog‘ining asosiy tarmog‘i hisoblanadi. Shovqin manbalari mexanizm va agregatlarning (elektrodvigatel, maydalagich, smesitel, presslarni) ishlashi natijasida kuzatiladi. G‘isht ishlab chiqarish korxonasida g‘isht teruvchilarning ish joylarida shovqin me’yorida bo‘lib, SanQ vaM № 0325-16 “Ish joylarida shovqin darajasining ruxsat etilgan me’yorlari” ga javob beradi. Lekin qoliplash sexida qoliplovchilarning ish joylarida 82 dBA, yuk tashuvchilarning ish joylarida 84 dBA, payvandchilarning ish joylarida va 84 dBA ga tengligi aniqlandi. Presslash jarayonida esa shovqin darajasi 88 dBA ga tengligi, tegirmon oldida esa 92 dBA dan oshganligi aniqlandi. Shunday qilib korxonadagi shovqin ko‘rsatkichlari sharli tegirmon va presslash jarayonida shovqinni ekvivalent darajasi 88-92 dBA ga, ya’ni 8-12 dBA ga me’yoridan yuqoriligi aniqlandi (1-jadval). Shovqin tasnifiga ko‘ra, spektri bo‘yicha o‘rta va yuqori chastotali shovqinlarga mansub bo‘lib, shovqinning eng yuqori ko‘rsatkichlari o‘rta chastotalarda yuqoriligi aniqlandi.
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Производство кирпича характеризуется условиями, производство по которые могут оказывать неблагорприятное воздействие изготовлению кирпича, на состояние здоровья и работоспособность работающих.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Производство кирпича характеризуется условиями, производство по которые могут оказывать неблагорприятное воздействие изготовлению кирпича, на состояние здоровья и работоспособность работающих. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- brick production, the Republic of Uzbekistan, g‘isht ishlab chiqarish, noise, working conditions, шум, chastota, частота, условия труда, производство по изготовлению кирпича, frequency, tebranish, вибрация, shovqin, mehnat sharoiti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025