К содержанию
РецензированоRU2023

Содержание, средства и методы развития профессионального потенциала учителей начальных классов на основе инновационного подхода

Mekhrikhon RAKHMONOVA (professional potential of primary school teachers based)

Общество и инновации · 4 · 25-33 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье обсуждается повышение активности, инновационный подход, общих и профессиональных знаний, а также ответственности интеллектуальный учителей через применение инструментов и методов подход, развития профессионального потенциала на основе речевая техника, общение, педагогический инновационных подходов. прием, мультимедиа. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllanib, rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiluvchi boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl va usullarini ishlab chiqish, kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning pedagogik va psixologik asoslarini optimallashtirishga olib keluvchi ilmiy qarashlar, pedagogik nazariyalar va didaktik materiallar yaratish imkonini beradi. Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari yuqorida keltirilgan kasbiy kompetensiyalarni egallashda tashkiliy jihatdan ham, mazmuniy jihatdan ham boshlang‘ich ta’limning integrativ xarakterini, o‘zining kasbiy faoliyatining integrativ yo‘nalganligini aniq his qila olishi zarur. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida integratsiyalash zarurati unda kasbiy potensiallikni shakllantirish samaradorligini belgilab beruvchi asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabat vositasidir. V.D.Suxomlinskiy “...o‘qituvchining maktab hovlisida gapirgan har bir so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak”, deb ta’kidlaydi. O‘qituvchining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi qulog‘iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman olganda ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi. Bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi: – kommunikativ muloqot; – interaktiv muloqot; – perseptiv muloqot. 26 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 10 (2023) / ISSN 2181-1415 1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir- birlari bilan muloqotga kirishish jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi. 2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti-harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi. 3. Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi. Pedagogik texnika – pedagogik texnika asoslarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, unga erishish pedagogik, psixologik hamda amaliy tayyorgarlik bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Pedagogik texnikani o‘zlashtirishda o‘qituvchi o‘quvchi xulq-atvori, xatti-harakatlarining tashqi belgilarga ko‘ra uning ichki holatini belgilay olish malakasiga ega bo‘lishi nihoyatda muhimdir. Pedagogga xos bo‘lgan pedagogik texnikaning muhim elementlari: 1) uning o‘z diqqati hamda o‘quvchilar diqqatini maqsadli boshqarish; 2) pedagogik faoliyatda jarayonning, o‘quvchilar harakatining sur’atini his qilish sanaladi. Pedagog tomonidan o‘quvchilarning u yoki bu harakatlari yoki ularda namoyon bo‘ladigan ma’naviy-axloqiy sifatlariga o‘zining sub’yektiv munosabatini, alohida his- tuyg‘ularini ma’noli ifodalay olishi u ega bo‘lgan pedagogik texnika usullari hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, pedagogik jarayonda “texnika” tushunchasi o‘qituvchining pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari majmuiga egaligini ifodalaydi. Pedagogik texnikaning vositalari – nutq va og‘zaki bo‘lmagan muloqot vos

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье обсуждается повышение активности, инновационный подход, общих и профессиональных знаний, а также ответственности интеллектуальный учителей через применение инструментов и методов подход…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье обсуждается повышение активности, инновационный подход, общих и профессиональных знаний, а также ответственности интеллектуальный учителей через применение инструментов и методов подход… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovative approach, innovatsion yondashuv, педагогический прием, инновационный подход, общение, pedagogik texnika, intellektual, речевая техника, nutq texnikasi, muloqot, speech technique, intellectual approach, multimedia, мультимедиа, интеллектуальный подход, pedagogical technique, communication
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники