Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Восстановление реабилитированного лица на работе
Kamoliddin ISMOILOV
Общество и инновации · 4 · 89-92 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается ситуация, когда лицо оправдание, незаконно осуждено, помещено в медицинское учреждение, реабилитированное лицо, задержано или находится под домашним арестом, уволено с трудовые права, работы (должности) из-за незаконного задержания или работа, должность, отстранено от должности в связи с обвинением по делу. незаконное увольнение, Анализируются практические и теоретические проблемы, незаконный перевод, связанные с восстановлением в должности лица, незаконно трудовой спор, отстраненного от работы, и предлагаются рекомендации по восстановление на работе. их решению. Mamlakatimizda soʼnggi yillarda jinoiy-huquqiy siyosatning qayta koʼrib chiqilishi natijasida sudlar tomonidan hukm qilingan yoki jinoiy taʼqib qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish sezilarli ravishda koʼpaydi. Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan berilgan statistikaga koʼra, sudlar tomonidan 2017 yilda 263, 2018 yil 867, 2019 yil 859, 2020 yil 781, 2021 yil 932, 2022 yil 1010, 2023 yilning 3 oyida 162 nafar shaxs oqlangan. Tabiiyki, shaxslar reabilitatsiya etilgandan soʼng ushbu ularni ishga tiklash bilan bogʼliq mehnat nizolari ham koʼpayib bormoqda[1]. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, surishtiruv, tergov va sud amaliyotida reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash yuzasidan yechim talab qilayotgan ko‘plab muammolar kelib chiqmoqda. Shulardan biri reabilitatsiya etilgan shaxsning mehnat huquqlarini tiklash bilan bilan bog‘liq muammolar hisoblanadi. Xususan huquqshunos olim I.Nasrievning qayd etishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 311-moddasiga asosan reabilitatsiya qilingan shaxsning huquqlari bilan bir qatorda uni mehnatga oid huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilmagan bo‘lsa yoxud u qabul qilingan qarorga rozi bo‘lmasa tegishli talab bilan da’vo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Ammo, mazkur qonun normasida reabilitatsiya qilingan shaxsning mehnatga oid huquqlarini tiklash bilan bog‘liq talabi aynan qaysi davlat organi yoki mansabdor shaxsi tomonidan qanoatlantirilmagan hollarda da’vo ishini yuritish tartibida sudga murojaat qilishga haqli ekanligi aniq nazarda tutilmagan. Shu yo‘sinda qonun reabilitatsiya qilingan shaxsga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmaydi. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 312-moddasiga e’tibor beradigan bo‘lsak, unda reabilitatsiya etilgan shaxs mulkiy ziyonni qoplash uchun pul tovoni to‘lashni bunday to‘lovlarni amalga oshirish haqidagi ajrim yoki qarorni olgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida, boshqa huquqlarni tiklashni reabilitatsiya etilgan shaxs huquqlarini tiklash tartibini tushuntiruvchi bildirish xati olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida talab qilishi mumkinligi nazarda tutilgan. Demak, reabilitatsiya etilgan shaxsni ishga tiklash bo‘yicha hech qanday protsessual hujjat qabul qilinmaydi, faqat unga tushuntiruvchi bildirish xati yuboriladi, xolos. Bunday mazmundagi norma qator tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Tushunmovchilik mazkur normani turli talqin qilinishi bilan bog‘liq, ya’ni birinchidan, bu xatni qaysi organ beradi, ikkinchidan, qachon beradi, uchinchidan muddat shaxsni reabilitatsiya qilgan organning tushuntiruvchi bildirish xatini olgandan keyin boshlanadimi yoki ishga tiklash vakolatiga ega bo‘lgan organning yoki mansabdor shaxsning bildirish xatini olgandan so‘ng boshlanadimi, to‘rtinchidan, nima uchun rebalitatsiya qilingan shaxsga tushuntirish berilishi 90 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2023) / ISSN 2181-1415 kerak, beshinchidan, reabilitatsiya qilgan organning o‘zi shaxsni ishga tiklab qo‘yishiga nima xalaqit beradi va h.k. Bu savollarga hech qaerda javob yo‘q [2]. Mamlakatimizda yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 23-iyunda 18-sonli “Reabilitatsiya etilgan shaxsga nisbatan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur Plenum qaroriga ko‘ra, reabilitatsiya – bu asossiz jinoiy ta’qibga uchragan shaxsning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 302-moddasiga muvofiq, reabilitatsiya etilgan shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgani, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda saqlangani yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani, pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda to‘xtatib turilgani, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani tufayli vazifasidan qonunga xilof ravishda chetlashtirilgani yoxud tibbiy muassasaga qonunga xilof ravishda joylashtirilgani natijasida unga yetkazilgan mulkiy zararni undirish hamda ma’naviy ziyon oqibatlari bartaraf etilishini talab qilish huquqiga ega, mehnat qilish, nafaqa olish, uy-joydan fo
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается ситуация, когда лицо оправдание, незаконно осуждено, помещено в медицинское учреждение, реабилитированное лицо, задержано или находится под домашним арестом, уволено с трудовые…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается ситуация, когда лицо оправдание, незаконно осуждено, помещено в медицинское учреждение, реабилитированное лицо, задержано или находится под домашним арестом, уволено с трудовые… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- justification, 2181-1415/© 2023 in Science LLC, mehnat huquqlari, illegal transfer, work, трудовой спор, восстановление на работе, незаконное увольнение, position, reabilitatsiya qilingan shaxs, reinstatement, ish, lavozim, оправдание, rehabilitated person, реабилитированное лицо, работа, mehnat nizosi, labor rights, трудовые права, illegal dismissal, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatish, незаконный перевод, aybsiz deb topish, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan chetlashtirish, ishga tiklash, g‘araiqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazish, labor dispute
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026