К содержанию
РецензированоRU2023

Обеспечение и защита гражданских прав

Rahimboy YUSUPOV · Imomaddin BOLTAYEV · Sherali YULDASHOV · Shodiya SOBIROVA

Общество и инновации · 4 · 176-179 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье авторы предоставляют информацию о гражданские права, возникновении гражданских прав, их реализации и основы гражданских прав, правовой защите. защита гражданских прав, ущерб, упущенная выгода. 1 Teacher of Khorezm Region Legal Technical School. 2 Students of Khorezm Region Legal Technical School. 3 Students of Khorezm Region Legal Technical School. 4 Students of Khorezm Region Legal Technical School. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2023) / ISSN 2181-1415 Insonlar doimo bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatga kirishgan holda yashaydilar. Bu ijtimoiy munosabatlar orqali huquqlarini ro‘yobga chiqarish, ehtiyojlarini qanoatlantiradilar, majburiyatlari hamda burchlarini bajaradilar. Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari kimligidan, qanday ijtimoiy-siyosiy maqomga ega bo‘lishidan qat’i nazar o‘zlari ishtirok etayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bir-birlariga nisbatan teng huquqqa egadirlar [1]. Ma’lumki, fuqarolik huquq va burchlari qonunchilikda nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslarning, garchi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga ko‘ra fuqarolik huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi. Fuqarolik kodeksining 8-moddasiga muvofiq, fuqarolik huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi: 1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek, garchi qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan; 2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hujjatlaridan; 3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan; 4) qonun yo‘l qo‘yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida; 5) fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida; 6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida; 7) asossiz boyib ketish natijasida; 8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida; 9) qonunchilik fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog‘laydigan hodisalar natijasida. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan mol-mulkka bo‘lgan huquqlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, unga bo‘lgan tegishli huquqlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan fuqarolik huquqlarini, shu jumladan, ularni himoya qilish huquqini ham o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar. Fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z huquqlarini amalga oshirishdan voz kechishi bu huquqlarning bekor qilinishiga olib kelmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. Fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutiladi. Fuqarolar va yuridik shaxslar o‘z huquqlarini amalga oshirishda jamiyatning ma’naviy tamoyillari va axloqiy normalarini hurmat qilishlari, tadbirkorlar esa – ish odobi qoidalariga ham rioya etishlari kerak. Fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa shaxsga zarar yetkazishga, boshqacha shakllarda huquqni suiiste’mol qilishga, shuningdek huquqni uning maqsadiga zid tarzda amalga oshirishga qaratilgan harakatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. 177 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2023) / ISSN 2181-1415 Fuqarolik huquqlari protsessual qonunchilik yoki shartnomada belgilab qo‘yilganidek, ishlar qaysi sudga taalluqli bo‘lishiga qarab, sud, iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan himoya qilinadi. Qonunda nazarda tutilgan hollardagina fuqarolik huquqlari ma’muriy tartibda himoya qilinadi. Ma’muriy tartibda qabul qilingan qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinadi: – huquqni tan olish; – huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; – bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; – davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; – shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi; – burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; – zararni to‘lash; – neustoyka undirish; – ma’naviy ziyonni qoplash; – huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish; – sudning davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini qo‘llamasligi. Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkin. Davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hamda fuqarolarning yok

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье авторы предоставляют информацию о гражданские права, возникновении гражданских прав, их реализации и основы гражданских прав, правовой защите.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье авторы предоставляют информацию о гражданские права, возникновении гражданских прав, их реализации и основы гражданских прав, правовой защите. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
civil rights, упущенная выгода, fuqarolik huquqlarini himoya qilish, гражданские права, zarar, защита гражданских прав, lost profits, fuqarolik huquqi, foundations of civil rights, fuqarolik huquqining vujudga kelish asoslari, основы гражданских прав, protection of civil rights, ущерб, damages, boy berilgan foyda
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники