Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Вопросы повышения духовности молодежи в махалле
Dilshodbek KOMILOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State University)
Общество и инновации · 4 · 116-120 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: Статья подчеркивает значимость эффективного подхода махалля, к укреплению духовных ценностей среди молодежи молодежь, в махалле через активное использование научных трудов и духовность, публикаций в периодических изданиях. Освещается политика, массовая культура, также значимая роль органов местного самоуправления ценности. в решении проблем духовного развития молодежи, что иллюстрируется на примере анализа сходов граждан, где обсуждаются интересы и потребности молодых людей. 1 Basic Doctoral Student, Department of History of Uzbekistan, Andijan State University. Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2023) / ISSN 2181-1415 Dunyo hamjamiyatida ma’naviy tahdidlarning xavfi kun sayin ortib borayotgan bir davrda mustaqil va sog‘lom fikrlaydigan yoshlarni ajdodlarga yuksak hurmat ruhida tarbiyalash va ularga munosib bo‘lishga intiladigan avlodni tarbiyalash respublikamizda davlat siyosati darajasiga olib chiqildi, bu jarayonda faol ishtirok etish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bugungi kunda dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv jarayonlari XX asrning oxiri XXI asr boshlarida butun yer yuzidagi barcha xalqlar va millatlar taraqqiyoti uchun, shuningdek, yosh avlod uchun misli ko‘rilmagan imkoniyatlar yaratib berganini hech kim inkor etolmaydi. Bu boradagi fan va texnikaning ilg‘or yutuqlaridan zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet tizimlari turli davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va integratsiya rivojiga juda katta hissa qo‘shayotganiga bugun barchamiz guvohi bo‘lmoqdamiz. Yoshlarimizni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash, ularda ma’naviy jasorat tuyg‘usini shakllantirish turli mafkuraviy-ma’naviy tahdidlardan himoya qilishning muhim omilidir. Hozirgi davrda global muammolarning bevosita davom etishi, ijtimoiy, iqtisodiy hayotda bo‘lishning, ayniqsa, jamiyat hayotining yalpi axborotlashuvi tarkibiy qisimini informatsion madaniyatning inson faoliyatidagi o‘rnini tashkil etadi. Axborot texnologiyalari fuqarolik jamiyatining barcha qirralarini egallab, jamiyat hayotini tobora zamonaviylashuvini, takomillashuvini ta’minlamoqda. Axborot texnologiyalari fundamental, ijtimoiy gumanitar fanlarning so‘nggi yutuqlaridan unumli foydalangan holda, barcha fanlarning muntazam rivojlanishiga shart-sharoit yaratadi [1]. Ommaviy madaniyat mazmunini zamonaviy sanoat ishlab chiqarilishi, kino- televideniye, kitoblar, gazetalar, jurnallar, sport, turizm va hokazolar tashkil etadi. U mahsulotlarni iste’mol qilish – ommaviy iste’moldir, chunki mazkur madaniyatni iste’mol qiladigan auditoriya – katta zallar, stadionlar, kinoekran, televideniye ishqibozlaridan iborat bo‘lgan ommaviy auditoriyadir. Bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar odobni, kiyinish, muomala madaniyatini asosan ommaviy madaniyat orqali o‘zlashtirmoqda. Dunyodagi har bir xalqning o‘ziga xos an’analari, urf-odatlari milliy qadriyatlari mavjud. Muayyan zaminda kurtak ochib, necha yuz yillar davomida shakllangan va sayqal topgan ma’naviy mezonlar shu millatning, shu xalqning bebaho boyligi hisoblanadi. Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiya, globallashuv jarayonlarida bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun keskin tus olayotgan “ommaviy madaniyat” ham ma’naviy tahdidlardan biridir. Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot bilan hamqadam bo‘lish yoshlarimizning hayot tarziga aylanib bormoqda. Albatta, bu quvonarli hol. Chunki bir nechta tilda bemalol so‘zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lish imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayotganidan darak beradi. Biroq globallashuv jarayonlarida turli g‘oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar tobora avj olayotgani sir emas. Bugun arzimasdek ko‘ringan kichik xabar ham ham odamlarning, ayniqsa yoshlarning hayotini o‘zgartirishga qodir kuch bo‘lishi mumkin. Ayni paytda dunyoda demokratiya va erkinlik, oshkoralikning “yagona standart”ini zo‘r berib targ‘ib qilayotgan buzg‘unchi kuchlar insonlar ongiga ta’sir ko‘rsatishning turli yo‘llaridan foydalanishga harakat qilmoqda. Ana shu yo‘lda juda muhim vazifani – inson ma’naviyatini yo‘qotish orqali uni bo‘ysundirishga xizmat qiladi. Ularning fikricha, har bir millat, mamlakatning milliy madaniyati, ma’naviyati va qadriyatlari “eskilik sarqiti” bo‘lib, ular “ko‘z-ko‘z” qilayotgan “madaniyat” esa inson huquqlarini cheklamaydigan, har kim erkinligidan bemalol foydalanishga asoslangan deb targ‘ib qilinmoqda. 117 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 09 (2023) / ISSN 2181-1415 Muhtaram yurtboshimiz 2017-yil 27-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqida “Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deb ta’kidlaganlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. H
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Статья подчеркивает значимость эффективного подхода махалля, к укреплению духовных ценностей среди молодежи молодежь, в махалле через активное использование научных трудов и духовность, публикаций в пе…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Статья подчеркивает значимость эффективного подхода махалля, к укреплению духовных ценностей среди молодежи молодежь, в махалле через активное использование научных трудов и духовность, публикаций в пе… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2023 in Science LLC, yoshlar, spirituality, ommaviy madaniyat, молодежь, youth, массовая культура, mass culture, value, махалля, ma’naviyat, политика, mahalla, ценности, духовность, politics, siyosat, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026