Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Особенности политических и экономических отношений между Узбекистаном и Китайской Народной Республикой
Omadjon KODIRJONOV · Khusanboy MUMINOV
Общество и инновации · 4 · 78-82 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: С момента обретения независимости Республика Царская Россия, Узбекистан установила дипломатические отношения со колониализм, многими странами мира. Основным экономическим суверенитет, партнером Республики Узбекистан сегодня является бренд, инвестиции, Китайская Народная Республика (КНР), поэтому в данной предприятие, статье на научной основе раскрывается история кредит экономических и политических отношений между двумя странами. Dunyoda insoniyat paydo bo‘lib to davlatlar shakllangan davrlardan beri, insonlar va ular qurgan davlatlar qo‘shnilari yoki ular vositachiligida boshqalar bilan iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy aloqalarni olib boradilar. Shu jumladan vatanimiz ham ko‘p ming yillik tarixi davomida turli xalqlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni olib borgan va bunda mamlakatimizning “Buyuk Ipak yo‘li” ustida joylashgani savdoning tez rivojlanishiga keng yo‘l ochib bergan. Xitoy davlati uzoq tarixdan ma’lumki mamlakatimiz bilan doimo yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan hamda shu maqsadda miloddan avvalgi 138-126-yilllarda Chjan Syanni o‘lkamizni o‘rganib, bu hududdagi mamlakatlar bilan harbiy hamda savdo shartnomasini tuzish uchun yuboradi. Shu bilan Xitoy va O‘zbek munosabatlari boshlanadi. Buyuk Ipak yo‘li faoliyat yuritgan davrdagina emas balki bu yo‘l o‘z ahamiyatini yo‘qotgandan so‘ng ham vatanimiz hududida hukmronlik qilgan davlatlar va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar hech ham to‘xtab qolmagan. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishigina Xitoy bilan savdo aloqalarining vaqtinchalik to‘xtab qolishiga sabab bo‘ldi. 1917-yilgi oktabr davlat to‘ntarilishi ham vaziyatni o‘zgartirmaydi, faqatgina Ikkinchi jahon urushidan keyin Xitoyda hokimiyatga kommunistlarning kelishi holatni biroz o‘zgartirdi. Sovet tuzumiga barham berilishi natijasida o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘rta Osiyo davlatlariga, xususan, O‘zbekiston Respublikasiga jahon hamjamiyati tomonidan katta e’tibor qaratila boshlandi. Bunda O‘zbekiston bilan qadimdan tarixiy aloqalarga ega bo‘lgan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoy Xalq Respublikasi 1991-yilning 27-dekabrida O‘zbekistonni suveren va mustaqil davlat sifatida tan oldi. 1992-yil 2-3-yanvar kunlari XXR tashqi iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Toshkentda bo‘lib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatdi . O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov esa 1992-yil 12-14- mart kunlari XXRga tashrif buyurib, safar davomida 15 ta muhim hujjat imzolandi va shu vaqtdagi XXR raisi Li Shankun Pekindagi Xalq majlislari uyida O‘zbekiston delegatlarini qabul qilish marosimida: “Xitoy bilan O‘zbekiston rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarning ko‘pgina masalalarni hal etishlari mumkin. Chunki bundan avval ham ikkala mamlakat o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilgan edi”, deb ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikka katta baho bergan edi . Li Shankunning bu fikrlari qanchalik to‘g‘ri va foydali bo‘lganini esa bugungi kunda ko‘rib turibmiz, xususan, ikki mamlakat o‘rtasidagi 79 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 4 № 5 (2023) / ISSN 2181-1415 savdo aylanmasi 2017-yilning o‘zidayoq 5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yildagi o‘zlashtirilgan Xitoy sarmoyasi 2,2 milliard dollarni tashkil etganligi ham Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rnini qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib beradi. 1992-yildan boshlab ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi bilan birga savdo-iqtisodiy aloqalarda oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlash ham yo‘lga qo‘yildi. Mamlakatimiz uchun zarur bo‘lgan guruch mahsulotlariga Xitoy tomonidan 1992- 1993-yillarda ajratilgan kreditni bunga misol qilish mumkin. Bundan tashqari, ayni shu davrda Xitoydan 15000 tonna choy keltirildi . 1994-yil 18-20-aprel kunlari XXR davlat Kengashi raisi Li Penning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida ham O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik, havo transportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolandi. Xitoy O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan IL-76 TD va IL-114 samolyotlarini xarid qilishga kelishib oladi . Xitoy yangi mustaqil davlatga qiziqayotgan yagona davlat emas edi. Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya va shu singari davlatlar brendlari ham o‘zbek bozorini egallash uchun Xitoy bilan raqobat qila boshladi. Albatta xitoyliklar o‘zbek bozorida yuqori o‘rinni egallab turish maqsadida O‘zbekistonga sifatli, arzon tovarlarini tez yetkazib berish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. So‘ngi 30 yilda Xitoy-O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmi 140 marta oshganligi Xitoy hukumatining O‘zbekistonga va o‘z navbatida O‘zbekiston tomonining Xitoy sarmoyasiga bo‘lgan qiziqishi ham yuqori ekanligidan dalolat beradi. Buni esa 2017-yildan buyon Xitoy sarmoyasining 5 martaga ko‘paygani va bugungi kunda 10 mlrd dollardan oshgani isbotlaydi. Albatta bunday katta iqtisodiy o‘sishga ikki tomon davlat ra
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: С момента обретения независимости Республика Царская Россия, Узбекистан установила дипломатические отношения со колониализм, многими странами мира.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: С момента обретения независимости Республика Царская Россия, Узбекистан установила дипломатические отношения со колониализм, многими странами мира. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5-pp78-82, Царская Россия, credit, colonialism, суверенитет, предприятие, sovereignty, колониализм, brand, korxona, enterprise, sarmoya, кредит, investment, инвестиции, Czarist Russia, suverenitet, mustamlakachilik, brend, kredit, Chor Rossiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026