К содержанию
РецензированоRU2023

Основные правила организации занятий бадминтоном в спортивных школах

Fotima ISMOILOVA (schools)

Общество и инновации · 4 · 214-218 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: В настоящее время организация подготовки соревнование, бадминтонистов в спортивных школах требует игра, дополнительного усовершенствования. Автор данной счет, статьи обратил внимание на важные аспекты организации тренировка, бадминтон, тренировок по бадминтону в спортивных школах, опираясь физическое качество, на опыт тренеров, преподавателей и специалистов в данной подготовка, области, а также научную литературу в этой области. В техника, статье рассматриваются ключевые правила и аспекты инвентарь, организации тренировок по бадминтону с целью корт улучшения качества подготовки бадминтонистов в спортивных школах. Hozirga kelib, mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari qatoridan joy olgan badminton sporti ham tobora rivojlanib bormoqda. Badminton mashg‘ulotlarini tashkil qilishda asosiy qoida va talablarni chuqur o‘rganish mazkur sport turini rivojlantirish va ommalashtirish imkonini beradi. Zamonaviy badminton o‘yini va musobaqa qoidalarini joriy qilinishi ushbu sport turining ommaviy nufuzini oshiradi. Bugungi kunda sport maktablarida badminton yo‘nalishida murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilishda badmintonning asosiy qoidalarini yoritishlari muhim masalalardan sanaladi. Shu bois, muallif tomonidan murabbiy o‘qituvchilar va soha mutaxassislarining tajribalari, ular tomonidan yaratilgan ilmiy adabiyotlarga tayangan holda sport maktablarida badminton mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy qoidalariga e’tibor qaratildi. Badminton o‘yinida muhim qoidalar. Badmintonda musobaqa jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi. bir kishilik o‘yin - erkaklar; bir kishilik o‘yin - ayollar; juftlik o‘yin - erkaklar; juftlik o‘yin - ayollar; juftliklar - aralash. O‘yin maydonning o‘ng tomonidan, raketkaning pastki qismi bilan zarba berishdan boshlanadi, zarba vaqtida raketkaning ramkasi beldan tepada yoki bilakdan tepada bo‘lmasligi kerak. Raketkaning siltanishi o‘yinda xato hisoblanmaydi. Hisobning juft holatida valan kimda bo‘lsa o‘sha odam faqat o‘ng tomondan valanni o‘yinga kirgiza oladi, hamma uchrashuvlarda birlik yoki juftlik o‘yinchilar 21 hisobgacha, agar hisob 20 – 20 bo‘lsa, bunda o‘yin davom etadi. Qaysi bir raqib ikki ochko oldinga o‘tmaguncha, 29 ochkogacha har bir uchrashuvlar 2ta, ikki marta yutish ya’ni partiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Hal qiluvchi o‘yinda uchinchi partiyada 5 minutlik tanaffus qilinadi. Bu partiyada hisob 11 ga yetganda maydon tomonlari almashinadi, xar bir uchrashuv birinchi to‘p kirgizishi uchrashuvning oxirigacha to‘xtatilishi kerak emas. 3- partiyadan oldin 5 minutlik tanaffus bor [1]. Kort va jihozlar. Kortga qalinligi 4 sm bo‘lgan chiziq tortiladi, belgilovchi chiziqlar aniq ko‘rinishi lozim, chiziq sariq yoki oq rangda bo‘ladi. Barcha chiziqlar o‘zi chegaralayotgan maydonning bir qismi hisoblanadi. Ustunlar kort yuzasidan 1,55 metr balandlikda bo‘lib 215 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 08 (2023) / ISSN 2181-1415 yetarlicha mustahkam bo‘lishi, tortilgan to‘rni yaxshi ushlashi va tik holatini saqlab turishi lozim. To‘r katakchalari kattaligi esa 15x15 mmdan to 20x20 mmni tashkil etadi. - kortda yakkalik (bunda ikki raqib o‘yinchi ishtirok etadi); - juftlik (bunda raqiblar juft bo‘lib bellashadilar); - aralash juftlik (bunda raqiblar bir o‘g’il va bir qiz juft bo‘lib bellashadilar) bahslari o‘tkaziladi. Valan. Valan tabiiy yoki sintetik materiallardan tayyorlanishi mumkin. Qanday materialdan tayyorlanishidan qat’i nazar, valan quyidagi talablarga javob berishi kerak: patli valan: boshchaga ip yoki boshqa mos keluvchi material bilan mahkam biriktirilgan 16 patdan tashkil topgan bo‘ladi. Patlar uzunligi bir xil uzunlikda 62 mmdan 72 mmgacha bo‘lishi (pat ichidagi boshcha yuqorisiga qadar o‘lchanadi), diametri esa 58-68 mm bo‘lgan aylana hosil qilishi kerak. Valan boshchasining diametri 25-28 mm, valanning umumiy og‘irligi esa 4.74-5.50grni tashkil etadi. Patsiz valan tabiiy patga o‘xshash sintetik material bilan almashtiriladi. Valan boshchasi o‘lchami va og‘irligi yuqorida ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim. Ammo sintetik materiallar bilan tabiiy materiallar orasidagi ayrim tafovutlarni hisobga olib belgilangan ko‘rsatgichlardan 10% ga qadar farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Raketka. Raketkaning umumiy uzunligi 680 mm hamda eni 230 mmdan oshmasligi kerak. Raketka quyidagi qismlardan tashkil topgan, dasta, to‘rli yuza, boshcha, tayoqcha, o‘tish yo‘lidan iborat bo‘ladi. To‘rli yuza tekis bo‘lib, o‘zaro kesib o‘tilgan to‘rli bo‘laklardan tashkil topadi. Uning zichligi yuzada bir xil bo‘lishi shart.To‘rli yuza uzunligi 280 mm va eni 220 mm bo‘lib, qachonki bu qism eni 35 mm. dan oshmasa, ba’zan o‘tish joyigacha davom etishiga ruxsat etiladi. To‘rli yuzaning umumiy uzunligi 330 mmdan oshmasligi kerak [2]. O‘yinning borishi, qur’a tashlash: o‘yin boshlanishidan avval qur’a tashlanadi, unda omadi kelgan tomon valanni birinchi bo‘lib oshirish yoki qabul

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В настоящее время организация подготовки соревнование, бадминтонистов в спортивных школах требует игра, дополнительного усовершенствования.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В настоящее время организация подготовки соревнование, бадминтонистов в спортивных школах требует игра, дополнительного усовершенствования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competition, schools, игра, badminton, preparation, корт, тренировка, счет, score, mashg‘ulot, бадминтон, physical quality, training, court, technique, texnika, tayyorgarlik, техника, musobaqa, hisob, kort, подготовка, equipment, game, o‘yin, соревнование, инвентарь, jismoniy sifat, jihoz, физическое качество
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники