Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Методика современной организации лабораторных занятий по физике
Shavkat KARSHIBOYEV
Общество и инновации · 4 · 94-101 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье исследуются современные методы и виртуальная лаборатория, приемы организации лабораторных работ в педагогических метод, высших учебных заведениях. Фет, 1 Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute. Samarkand, Uzbekistan. E-mail: shavkat.qarshiboyev.89@bk.ru Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 08 (2023) / ISSN 2181-1415 мощность, гравитация, качество образования. Mamlakatimizni 2022–2026-yillarda rivojlantirishning yettita ustuvor Yo‘nalishi bo‘yicha - Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari tamoyiliga asoslangan Davlat dasturi ishlab chiqildi. Unda maktablarda taʼlim sifatini oshirish, pedagog- kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqishga ham e’tibor qaratilgan. Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ- 5032-sonli qarorida: Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda [1]. Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash [1] qarorida: Fizika fanini zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, mashg’ulotlarda zamonaviy usul va metodlardan foydalanishga e‘tiborni qaratish dolzarb muammolar va ularning zamonaviy yechimlari borasida tadqiq qilingan. Fizika nafaqat fundamental, balki eksperimental fan bo‘lganligi uchun bo‘lajak fizika o‘qituvchisi ham mazkur soha bo‘yicha keng qamrovli nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur hisoblanadi. [2] Bundan ko‘rinadiki, har bir fizika o‘qituvchisidan fizikaning zamonaviy yutuq va kashfiyotlarini chuqur hamda mustahkam bilish talab qilinadi, bunda esa nazariy bilimlarning o‘zi kamlik qiladi. Nazariy olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llashda, fizika yo‘nalishi bo‘yicha har tomonlama yetuk malakali kadr bo‘lishda laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika sohasida ta’lim olayotgan talabalarga fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil qilishda turli xil muammolarga duch kelinmoqda. O‘tkazilgan pedagogik tadqiqotlar, o‘rganishlar hamda kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, laboratoriya darslarida talabalarning fizika va matematika fanlaridan tayyorgarligi va boshlang‘ich eksperimental ko‘nikmalarning shakllanganlik darajalari turlicha [3]. Fizika darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarida talabalarning laboratoriya ishini bajarishga bo‘lgan ishtiyoqi juda yuqori va aksincha layoqati juda past bo‘lgan talabalarning mavjudligi ularni laboratoriya ishlarini bajarish va bajargan ishlari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni egallash juda zarur sanaladi. Yuqoridagi muammolarni 95 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 08 (2023) / ISSN 2181-1415 hisobga oladigan bo‘lsak, laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borishni takomillashtirish va zamonaviy innovatsion metodlar ishlab chiqish zarur. Fizika darslarida talabalar laboratoriya ishlarni bajarar ekan, avvalambor, fizika kursining qaysi bo‘limi bo‘yicha ekanligiga ko‘p e’tibor beradi, mexanika bo‘limida laboratoriya ishlari birmuncha sodda va talaba ko‘proq ishlashni talab etadi, molekulyar fizika bo‘limida ishlar nisbatan qiziqarli, hozirgi oliy o‘quv yurtlaridagi mavjud laboratoriyalarda bunda talaba ishlarni ko‘proq jamoa bo‘lib bajarishga harakat qiladi, bu esa talabalarning barchasi birdek ishni bajarishi va natijalarni har bir talabaning shaxsan o‘zi olishi natijalarni hisoblashda ham jamoadan foydalanish ayrim talabalarning bu ishga qiziqishini kamaytiradi. Elektr bo‘limida ishlar bu talabalar uchun birmuncha qiziq bo‘lib, ko‘proq pedagogika institutidagai dasturlarga qaraydigan bo‘lsak, kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan laboratoriyalar sanaladi, talaba bu ishlarni o‘z qo‘li bilan bajarishga qiziqadi, undan chiqadigan natijalar, ishdagi asbob-uskunalarning ak
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье исследуются современные методы и виртуальная лаборатория, приемы организации лабораторных работ в педагогических метод, высших учебных заведениях.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье исследуются современные методы и виртуальная лаборатория, приемы организации лабораторных работ в педагогических метод, высших учебных заведениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru), method, гравитация, gravity, мощность, power, качество образования, Phet, ta’lim sifati, gravitatsiya, virtual laboratory, virtual laboratoriya, виртуальная лаборатория, metod, Фет, quality of education, kuch, метод
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025