Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Особенности компонентов формирования математического креативного мышления учащихся начальных классов через решение задач с абсциссными и ординатными связями
Gayrat KHUDAYBERGANOV (mathematical creative thinking of primary school)
Общество и инновации · 4 · 339-343 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассмотрены методы формирования задача, математического креативного мышления у учащихся решение, начальных классов через решение задач с абсциссными и проблема, ординатными координатами. Также изучены креативная идея, образовательные дидактические принципы развития математического технологии, мышления в контексте междисциплинарных связей. логика, восприятие, способности, память, отношение, рассуждение, рефлексия. Matematika darslarida kreativlikni rivojlantirib, o‘quvchilar turli yo‘nalishlarda o‘ylashni, muammoli vaziyatni turli tomonlardan tahlil qilishni, noodatiy vaziyatlarda yechim topishni, aqliy faoliyatning o‘ziga xosligini rivojlantiradilar. Iqtidorli shaxs qobiliyatining yana bir ko‘rinishi - bu kreativ qobiliyat sanaladi. Kuzatuvchanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli tasavvur hosil qilish, ijodkorlik (kreativlik), mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklar yaratishga intilish, izlanuvchanlik, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash, fantaziyaga boylik, eng oddiy unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. Psixologiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchisida matematik kreativ fikrlashni shakllantirish muammolarini hal etishga turli yondashuvlarni tahlil qilib, izlanishlar jarayonida uning quyidagi tavsifnomalari aniqlandi: matematik kreativ fikrlash – inson umumiy kreativ fikrlashining muhim tarkibiy qismi; matematik kreativ fikrlash real borliqni bilishning matematik metodlari va uning matematikada aks etishining o‘ziga xosligi bilan bog‘liq xususiyatlarga va matematik kreativ fikrlash murakkab va ko‘p darajali tuzilmaga ega. Matematik kreativ fikrlashning shakllanish va rivojlanish darajasini aniqlaydigan muhim tavsifnomalarga quyidagilar kiradi: idrok etish, tasavvur qilish va bilimlarni o‘zlashtirishga qobiliyatlilik, matematik topqirlik, zehnlilik, xotira mustahkamligi; miqdoriy kattaliklar va munosabatlar bog‘liqligini aniqlashga qobiliyatlilik; matematik obrazlar, tushunchalar va fikrlarga tayanish; refleksiyaga qobiliyatlilik; nutqqa oid fikrlarni mustahkamlash [1]. 340 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2023) / ISSN 2181-1415 Idrok etish, tasavvur qilish va bilimlarni o‘zlashtirishga qobiliyatlilik deganda fazoviy tasavvur etish va idrok qilishga, abstraksiyaga, aqliy obrazlar va fikrlashning maxsus ko‘rinishlaridan foydalanishga qobiliyatlilik tushuniladi [2;4]. Miqdoriy kattalik va munosabatlar o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashda qobiliyatlilikka quyidagilar kiradi: o‘rganilayotgan predmetga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni, ular orasidagi eng muhimlarini va ularning boshqa hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqligini aniqlash ko‘nikmasi; matematik amallar va miqdoriy munosabatlarni bajarishga qobiliyatlilik. Matematik obrazlar, tushunchalar va mulohazalarga tayanish deganda, matematikaga tegishli materiallarni formal qabul qilishga, matematik bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni nisbatan tez va chuqur egallashga, egiluvchan fikriy amallarni takomillashtirishga qobiliyatlilik, aniq amaliy masalalarni tavsiflovchi masalalarni yechish ko‘nikmalari tushuniladi [7], ko‘nikmalarni shakllantirish uchun quyidagi ko‘rinishda masalalarni yechish maqsadga muvofiq: 1-masala. Qopdagi 50 kg shakar 2 kg va 3 kg dan qilib xaltachalarga solindi. Agar 2 kg li va 3 kg li xaltachalar soni teng bo‘lsa, shakar solingan hamma xaltachalar nechta? Javob: 20 ta. Masalalar haqida kreativ fikr yuritilganda, o‘quvchilarning matematik fikrlashi takomillashuvi, aniq fikrlarning egiluvchanligi rivojlanadi. Refleksiyaga qobiliyatlilik deganda, harakatlar va qonunlarni anglashga yo‘naltirilgan nazariy faoliyatga, o‘zini-o‘zi bilib olishga, o‘zaro bog‘liq mantiqiy amallarga tayanishga, mustaqillik va o‘z-o‘zini nazoratga, induksiya va deduksiya metodlarini tushunish va ularni to‘g‘ri qo‘llashga qobiliyatlilik tushuniladi [3]. 1-masala. Stansiyaga kirib kelgan yuk poyezdiga uning orqasidan kelgan tezyurar poyezd yetib oldi. Endi uni oldinga o‘tkazib yuborish kerak. Stansiyada asosiy temir yo‘ldan tashqari, bitta qo‘shimcha yo‘lakcha bor. Lekin yo‘lakchaning uzunligi juda qisqa bo‘lib, hamma yuk vagonlar unga sig‘maydi. Qanday qilib tezyurar poyezdni oldinga o‘tkazib yuborish mumkin? Javob: Yuk poyezdi oldinga o‘tib, qo‘shimcha yo‘lakka orqasi bilan kiradi. Nechta vagon sig‘sa, shunchasini qoldirib, yana oldinga o‘tib turadi. Endi tezyurar poyezd orqasi bilan qo‘shimcha yo‘lakka kirib, qoldirilgan vagonlarni o‘zining oxirgi vagoniga ulaydi va yana orqaga o‘tib turadi. Yuk poyezdi orqasi bilan qo‘shimcha yo‘lakka yana kirib, nechta vagon sig‘sa, shunchasini qoldirib, yana oldinga o‘tib turadi. Tezyurar poyezd orqasiga ulangan yukli vagonlarni qoldirib, oldinga yuradi va yo‘lakchaga orqasi bilan kirib, yukli vagonlarni orqasiga ulaydi. Bu jarayon yuk poyezdi vagonlari bilan orqaga to‘liq o‘tib olgunga qadar davom etadi. Yuk poyezdi stansiyada qoldirilgan vagonlarni yana ulab oladi. 2
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассмотрены методы формирования задача, математического креативного мышления у учащихся решение, начальных классов через решение задач с абсциссными и проблема, ординатными координатами.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассмотрены методы формирования задача, математического креативного мышления у учащихся решение, начальных классов через решение задач с абсциссными и проблема, ординатными координатами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss7/S-pp339-343, mantiq, образовательные технологии, xotira, reasoning, ta’lim texnologiyalari, задача, munosabat, idrok etish, attitude, рассуждение, kreativ fikr, muammo, reflection, yechim, память, refleksiya, educational technologies, masala, отношение, способности, problem, issue, perception, logic, memory, восприятие, решение, креативная идея, рефлексия, проблема, abilities, creative idea, логика, mulohaza, solution, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014