Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Актуальные вопросы защиты прав и интересов миноритарных акционеров
Bekzod UMAROV
Общество и инновации · 4 · 159-166 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассмотрены актуальные проблемы акционерное общество, совершенствования национальных корпоративных миноритарный акционер, отношений и законодательства, направленные на защиту контрольный пакет акций, прав и интересов миноритарных акционеров, как одного из мажоритарный акционер, корпоративное важнейших факторов, непосредственно влияющих на управление, развитие рынка ценных бумаг и широкое привлечение наблюдательный совет, инвестиций в акционерные общества в нашей стране. комитеты. Также проанализированы правовые механизмы и формы защиты прав миноритарных акционеров в акционерных обществах и дана оценка деятельности специально уполномоченных органов в деятельности корпорации, изложены предложения по совершенствованию правовых норм, направленных на защиту прав миноритарных акционеров. Mustaqillikdan buyon mamlakatimiz bosib o‘tayotgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyukturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotganinini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, davlatimizni yanada barqaror va jadal surʼatlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni nazarda tutib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni qabul qilindi [1]. Farmonda asosiy besh yo‘nalishlardan biri etib “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” sohasidagi ishlar belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida asosiy vazifalardan biri sifatida korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlari va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu islohotlarga 2022–2026-yillarga mo‘ljallanga yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi xizmat qilmoqda. Mazkur hujjatarlarda bozor iqtisodiyoti sohasidagi o‘zgarishlarning mustahkam va ishonchli qonunchilik bazasini shakllantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Zotan, mavjud qonunlarimizning ko‘pchiligi ularni qo‘llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko‘rib chiqishni talab qilayotgandi. Bugungi kunda, mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hamda aksiyadorlik jamiyatlariga investisiyalarni keng jalb etish maqsadida korporativ qonunchilik sohasida qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim ishlardan biri bu, shubhasiz, minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini himoya etishga doir qonunchilikni takomilashtirishdir. 160 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2023) / ISSN 2181-1415 Ta’kidlash joizki, yildan yilga minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari haqidagi normalarning doirasi kengaymoqda. Minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida ularning jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki mexanizmi, ya’ni bunday aksiyadorlarning manfaatlarini ifodalovchi jamiyat boshqaruv organlari tizimida aksiyadorlar tomonidan saylanadigan va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunuvchi minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etildi. Ushbu qo‘mitaning asosiy funktsiyasi minoritar aksiyadorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ular manfaatlariga zid ravishda jamiyat tomonidan tuzilgan bitimlar bo‘yicha xulosalar kiritishdir. Qonunchilik bazasinin takomillashtirish borasida amalga oshirilgan chora- tadbirlar natijasida mamlakatimiz 2016-yilga nisbatan 2020-yil bo‘yicha Jahon bankining biznesni yuritish shartlarini ifoda etadigan “Doing business” reytingida “Minoritar investorlarni himoya qilish” ko‘rsatkichi bo‘yicha 51 pog‘ona yuqoriladi [2]. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 10-noyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston–2030” Strategiyasini tasdiqlash va samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6079-sonli Farmoni bu borada amalga oshirilayotgan sayi harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi [3]. Bugungi kunda xalqaro korporativ amaliyotda aksiyadorlarning “minoritar” va “majoritar” turlari farqlanadi. Majoritar aksiyador deganda koʻp sonli aksiyalar paketini oʻzida jamlagan hamda kompaniya faoliyatiga oid qarorlar qabul qilishda muhim oʻrin tutuvchi aksiyador tushuniladi. Kam sonli aksiya ega hamda umumiy yigʻilishda ovoz berish orqali qaror qabul qilishga taʻsir koʻrsatmaydigan aksiyador esa minoritar aksiyador sifatida eʻtirof etiladi [4]. Minoritar aksiyadorlar huquq va manfaatlarining himoyalanganlik darajasi iqtisodiyotda bugungi kunning muhim ahamiyatga ega masalasi hisoblanadi. Chunki, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun mavjud investitsiya muhiti holati hamda xorijiy investorlarning ishonch darajasi, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligi minoritar aksiyadorlar huquqlarining qay darajada kafolatlanganligi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассмотрены актуальные проблемы акционерное общество, совершенствования национальных корпоративных миноритарный акционер, отношений и законодательства, направленные на защиту контрольны…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассмотрены актуальные проблемы акционерное общество, совершенствования национальных корпоративных миноритарный акционер, отношений и законодательства, направленные на защиту контрольны… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Joint Stock Company, analyzed, and proposals are outlined for improving legal norms, миноритарный акционер, minority shareholder, диалог, мажоритарный акционер, aksiyadorlik jamiyati, qo’mitalar, контрольный пакет акций, board of directors, corporate governance, aksiyalar nazorat paketi, комитеты, committees, controlling package of shares, korporativ boshqaruv, акционерное общество, наблюдательный совет, majority shareholder, majoritar aksiyador, kuzatuv kengashi, minoritar aksiyador
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014