К содержанию
РецензированоRU2023

Вопросы совершенствования порядка подготовки уголовного дела к судебному разбирательству

Sobir ALISHAEV

Общество и инновации · 4 · 101-106 · 2023

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья посвящена теоретическим проблемам уголовное дело, этапа совершенствования значения и порядка судебная экспертиза, использования экспертного заключения и показаний заключение эксперта, эксперта, являющихся одним из видов доказательств при вышестоящий суд, эксперт, вынесении законного, обоснованного и справедливого доказательство, приговора по уголовному делу. приговор. Отмечено существенное влияние заключения эксперта на вынесение суждения автором, а также обстоятельства влияния заключения эксперта на вынесение суждения показаны практическими примерами и их анализом. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan sud qarori qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi kerak. Qonun chiqaruvchi hukmning qonuniy, asosli va adolatli deb tan olinishi shartlarini belgilaydi. Mazkur shartlar Jinoyat-protsessual kodeksining 455-moddasida keltirilgan bo‘lib [6], unga ko‘ra, agar hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan bo‘lsa, qonuniy deb e’tirof etiladi, agar hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha to‘la va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan bo‘lsa, asosli deb e’tirof etiladi, agar hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta’sir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi e’tiborga olinib tayinlangan bo‘lsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan bo‘lsa, adolatli deb e’tirof etiladi. Qonuniy, asosli va adolatli hukmning qarori ko‘p jihatdan jinoyat ishida to‘plangan dalillarga bog‘liq. Jinoyat protsessining asosiy elementi isbotlash jarayoni – sud, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda jinoyat alomatlari mavjudligini yoki yo‘qligini aniqlaydigan ma’lumotlarni o‘rnatish jarayoni sifatida jinoyat ishiga tegishli holatlardir. Ushbu holatlarning ro‘yxati Jinoyat-protsessual kodeksining 85-moddasi bilan belgilanadi [6]. O‘z navbatida, isbot qilish ishni qonuniy, asoslangan va adolatli hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘g‘risidagi haqiqatni aniqlash maqsadida dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iboratdir. Ushbu normalarda ekspert xulosasi va ko‘rsatuvlarini dalil turlaridan biri sifatida belgilaydi. Jinoiy ish qo‘zg‘atayotgan shaxslar ekspertning fikriga alohida ahamiyat qaratishlari lozim. Jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasining daliliy ahamiyati juda katta, chunki bu turli xil bilim sohalarida (maxsus bilimlar) ilmiy yutuqlarni qo‘llash orqali aniqlangan faktlarni bayon qilishdir. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, maxsus bilim – bu yuqori kasbiy tayyorgarlik, ilmiy faoliyat, amaliy ish tajribasi natijasida olingan, zamonaviy ilmiy va amaliy darajaga mos keladigan, o‘z egalariga o‘z mutaxassisligi bilan bog‘liq har qanday masalalarni malakali tarzda hal qilish imkoniyatini yaratadigan ob’ektiv xarakterdagi har qanday bilim va ko‘nikmalar hisoblanadi. 102 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2023) / ISSN 2181-1415 Bu bizga ekspert xulosasi sub’ektiv baholash va shaxsiy xususiyatlar, guvohlar, jabrlanuvchilar va ayblanuvchilar tomonidan voqealarni idrok etish va taqdim etishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan emas, balki ob’ektiv xarakter ekanligini aytishga imkon beradi. Jinoyat protsessida ekspert xulosasining ahamiyati bebahodir. Zamonaviy usullar va fan va texnika sohasidagi so‘nggi yutuqlar turli sohalarda tadqiqotlarni o‘tkazish, shu jumladan rivojlanayotgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga imkon beradigan turli xil tadqiqot usullaridan foydalanish imkonini beradi. Ko‘pincha ekspert xulosasi so‘roq qilingan holatlarda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni yo‘q qiladi, shaxslar va (yoki) ba’zi ko‘rsatuv beruvchilarni dalillarini tasdiqlovchi va boshqalarini rad etuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu xulosa biz o‘rgangan sud va tergov amaliyoti ma’lumotlari bilan tasdiqlangan. Jumladan, misol tariqasida ko‘rib chiqilgan qo‘yidagi jinoyat ishini keltirishimiz mumkin, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 298-moddasi 1-qismi bilan ayblangan T. maxsus transport vositasini boshqarib ketishi jarayonida yo‘l- transport xodisasini sodir etgan. Sud jinoyat ishini ko‘rib chiqqanda, aynan ekspert xulosasi qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga yordam berdi, bu esa jinoyatchini jinoiy javobgarlikka tortish, jabrlanuvchi foydasiga esa jinoyatchi tomonidan uning sog‘lig‘iga yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyatini yuklash imkonini berdi. Dastlabki tergov organi tomonidan T. ayblanayotgan jinoyat ishi bo‘yicha yo‘l- transport xodisasi natijada transport vositasida kelayotgan Sh. badaniga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan. Dastlabki tergov vaqtida tayinlangan ekspertiza xulosalarini ham inobatga olgan holda tergov organi ishni sudga yuborgan. Sud majlisida himoyaning vajlariga ko‘ra transport vositasini aynan o‘sha holatda jabrlanuvchi deb hisoblanayotgan shaxs boshqargani va tan-jar

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья посвящена теоретическим проблемам уголовное дело, этапа совершенствования значения и порядка судебная экспертиза, использования экспертного заключения и показаний заключение эксперта, экс…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья посвящена теоретическим проблемам уголовное дело, этапа совершенствования значения и порядка судебная экспертиза, использования экспертного заключения и показаний заключение эксперта, экс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Criminal case, practical examples and their analysis, dalil, сriminal case, ekspert xulosasi, доказательство, приговор, заключение эксперта, судебная экспертиза, уголовное дело, higher court, sentence, hukm, эксперт, expert, jinoyat ishi, sud ekspertizasi, expert opinion, proof, вышестоящий суд, yuqori sud, forensic expertise
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти