К содержанию
РецензированоRU2024

НАВЫКИ ЭРНЕСТА ХЕМИНГУЭЯ СОЗДАВАТЬ ИСТОРИИ

G’aybulloyeva Umida Dilshod qizi · Qodirova Dilchiroy Qobil qizi · OF RABGHUZI" (Buxoro davlat pedagogika instituti, Sirtqi ta’lim shakli,)

Современная наука и исследования · 116-117 · 2024

Аннотация

In this article, comments on the artistic semantic analysis of Nasiruddin Burkhanuddin Rabguzi's work "Qisa Rabguzi" are presented. Key words: Nasiruddin Burkhanuddin Rabguzi, "Qisasi Rabguzi", artistic semantic analysis, gazal, rubai, continent, quartet, qasida, musammat genre, style. ОБРАЗОВАТЕЛЬНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОЕ И ХУДОЖЕСТВЕННО- ЭСТЕТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ «ИСТОРИИ О РАБГУЗИ» НАСИРУДДИНА БУРХАНУДДИНА РАБГУЗИ Аннотация. B данной статье представлены комментарии к художественно- смысловому анализу произведения Насируддина Бурхануддина Рабгузи «Киса Рабгузи». Ключевые слова: Насируддин Бурхануддин Рабгузи, «Кисаси Рабгузи», художественно-смысловой анализ, газель, рубай, континент, квартет, касыда, жанр мусаммата, стиль. Rabg’uziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan xorazmlik shoirdir. Uning «Qisasi Rabg’uziy» asari o’zbek nasrining qadimiy namunasi. Bu asar islom dinini qabul qilgan mo’g’ul beklaridan biri bo’lgan Nosiruddin To’qbug’aning topshirig’i va homiyligida yozilgan. Asar hijriy 709 yil, melodiy 1309-1310 yil (ba’zi manbalarda 1311 yil) yaratilgan deb ko’rsatiladi. To’qbug’a Rabg’uziyga payg’ambarlar haqida asar yozishni topshiradi va natijada «Qisasi Rabg’uziy» yuzaga keladi. Bu asar “Qisas ul-anbiyo”, “Qisas ul-anbiyoi turkiy” nomlari 225 30-Sentabr, 2024-Yil bilan ham mashhur bo’lgan. Asosan, payg’ambarlar hayotini hikoya qiluvchi bu asarning o’ziga xos yaratilish tarixi bor: Musulmon sharqida bu mavzuda ko’plab asarlar yaratilgan. Lekin asarda yozilishicha, ularning “ba’zisi mustaqim (to’g’ri, haqiqiy) bor, ba’zisi nomustaqim. Bir onchasi (bir qanchasi) muqarrar (pucta, tugal) va bir onchasi mubattar (notugal) bor”. Shuning uchun han bek To’qbug’a adibning “o’qimoqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq” kursisi, Sulaymon va Bilqis haqidagi, Yunus, Ilyos, Xizr, Luqmoni hakim, Iso, Iskandar haqidagi qissalar ham e’tiborlidir. Asarning katta qismi payg’ambarimiz Muhammad hayotlariga bag’ishlangan. Rabg’uziy asarida xalq og’zaki ijodining ham chuqur ta’siri seziladi. Masalan: Bani Isroil ularga 12 baquvvat, baland bo’yli kishilarni yuborishadi, bog’bon kelib ularning oltitasini bir yengiga, yana oltitasini ikkinchi yengiga solib oladi. Ularni qo’l- oyoqli qurtlar deb ataydilar. Yoki Muso payg’ambar hassasini yerga sanchsa mevali daraxt, dushmanga qarshi ilon, daryodan o’tishda ko’prik vazifasini bajaradi. Yoki Yusufning akasi Yahudo na’ra tortsa, Misr eli hushsiz yiqiladi. Rabg’uziy haqida gap ketganda uning she’riyati alohida ahamiyaga ega. Rabg’uziy mahoratli nosirgina emas, nozikta’b shoir hamdir. Chunki har bir qissa boshida yoki oxirida keltirilgan she’rlar bundan dalolat beradi. Ayrim g’azallar voqealar ichida ham beriladi. Bular Rabg’uziyning turkiy aruz va barmoq vaznini yaxshi egallaganidan guvohlik beradi. Ushbu asarda 600 misra she’r o’rin olgan bo’lib, bular g’azal, ruboiy, qit’a, to’rtlik, qasida, musammat janrlarida bitilgan. Qissalar tarkibida berilgan o’zbekcha va arabcha she’rlar adibning nozikta’b zullisonayn shoir bo’lganligidan darak beradi. Misol qilib, Yusuf qissasi tarkibida keltirilgan arabcha va turkcha she’rlarga e’tibor qaratamiz. Vo asafo ala firoqi qavmin Va –lmudnu va-muznu va-rravasi Kam tag’ayyara lana al-layali Va kullu hamdin lana qulubu Tarjimasi: Taassuflar bo’lsin bir jamoaning firoqiga, Ular yo’l ko’rsatadurgan chiroqlar edi va himoya qiladigan qal’alar edi, Safardayu shaharda, bazmdayu razmda Qanchadan–qancha tunlar tag’yir topdi to ularga o’lim kelguncha. Qalblar aytgan har bir hamd Va ko’zlar ko’rib turgan har bir shay. Xuddi shu qissadagi turkiy she’rni keltiramiz, bu she’r orqali Yaqub payg’ambarning Yusufni o’ldirmoqchi bo’lgan o’n o’g’lining afsuslanish pushaymon bo’lish oqibatida yuzaga kelgan ruhiy kechinmalari tasvirlangan. Bu biztek qatig’ qindakim bor bu kun, Uruldi orig’ jong’a turluk tugun. 226 30-Sentabr, 2024-Yil G’ariblikda erksiz tushub iylanib, Essiz o’n qarindosh o’larmiz bu kun. Asar tarkibidagi she’rlarning jami ellik to’qqizta deb hisoblasak, ulardan qirqtasi turkcha, o’n to’qqiztasi arabchani tashkil etadi. Asarda arabcha she’rlarning uchrashi tabiiy hol. Chunki, asar Quroini karim va Hadisi shariflar tasirida yuzaga kelgan. Bu she’rlar asar mazmunini to’ldiradi, g’oyaviy maqsadni yuzaga chiqarishdagi o’ziga xos badiiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Asar badiiyati ham o’ziga xos. She’riy parchalardan tashqari juda ko’p o’rinlarda voqealar bayoni, holatlar tasvirida tashbeh, tanosub, tazod, tajnis takrir, jonlantirish kabi tasviriy vositalardan unumli foydalangan. Xususan, sa’j (nasrdagi ichki qofiya) adibning sevimli badiiy vositasi ekanligi ko’zga tashlanadi. Muallif sa’jdan asosan ta’rif va tavsif o’rinlarida foydalanadi. Masalan, Idris alayhissalom ta’rifi: “…payg’ambar alayhissalom ul umri ukush, diyori ko’shish, Azroilg’a qotishg’an, rizvon birla yanashg’an, dunyodin qushdek uchg’an, tamug’g’a kirib chiqg’an, Sirotdin yashindek kechg’an, uchmoh qabug’in ochg’an, o’zi aziz, o’rni adiz arig’ zotlig’, Axnuh otlig’ Idris yalov

Доказательный фрагмент

«In this article, comments on the artistic semantic analysis of Nasiruddin Burkhanuddin Rabguzi's work "Qisa Rabguzi" are presented.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, comments on the artistic semantic analysis of Nasiruddin Burkhanuddin Rabguzi's work "Qisa Rabguzi" are presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Nasiruddin Burkhanuddin Rabguzi, "Qisasi Rabguzi", artistic semantic, fascism., «Прощай, ruhiy holat, xarakterli uslub, Heminguey asarlari, творчество Хемингуэя, душевное состояние, Hemingway's works, war, журналист-репортер, A Farewell to Arms, urush, journalist-reporter, оружие», Ernest Hemingway, Ernest Heminguey, стиль персонажей, state of mind, война, character style, фашизм., jurnalist-reportyor, Эрнест Хемингуэй
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники