Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЗАКОНЫ ЭКЛЕКТИЗМА В ТВОРЧЕСТВЕ Х. Л. БОРХЕСА
Rajabboyeva Ezoza Ro‘ziqul qizi
Современная наука и исследования · 116-117 · 2024
Аннотация
In this article, special attention was paid to the various philosophical views, the invisible factors in everyday life, which cause the social crisis in the works of the great Argentinian writer H.L. Borges, and his educational, literary and critical views. Key words: personal spirituality, social vices, moral-educational views, literary-critical thinking, rubricist articles, conversations. ЗАКОНЫ ЭКЛЕКТИЗМА В ТВОРЧЕСТВЕ Х. Л. БОРХЕСА Аннотация. В данной статье особое внимание уделено различным философским воззрениям, невидимым факторам повседневной жизни, вызывающим социальный кризис в творчестве великого аргентинского писателя Х.Л.Борхеса, его просветительским, литературным и критическим взглядам. Ключевые слова: духовность личности, социальные пороки, нравственно- воспитательные взгляды, литературно-критическое мышление, рубрикаторские статьи, беседы. Borxes eklektizmni (har xil falsafiy tizimlardan olingan turli xil qoidalarni birlashtirish orqali falsafiy tizimni qurish usuli) qoʻllagan holda oʻziga xos madaniyat olamini bir butun sifatda koʻrsatishga harakat qiladi, madaniyatda turli xil dunyoqarash tendensiyalari va qarama-qarshi tushunchalarni antologik jihatdan birlashtirishga urinadi hamda bunga muvaffaq boʻladi. Argentinalik buyuk yozuvchi X.L.Borxes (1899-1986) hayotlik chog‘idayoq ko‘plab adabiy mukofotlar, faxriy unvonlar( Servantes va “Formentor” mukofotlari sovrindori, Britaniya imperiyasining “Buyuk xizmatlari uchun” va Ispaniyaning “Dono Alfons xochi” ordenlari sohibi, Italiya respublikasi Kommendatori, “Adabiyot va san'at sohasidagi xizmatlari uchun” Faxriy 199 30-Sentabr, 2024-Yil legioni Komandori, Sorbonna, Oksford va Kolumbiya universitetlari “gonoris kauza” doktori)ga sazovor bo‘lgan. Borxes Buenos-Ayres shahrida huquqshunos oilasida dunyoga keldi. Psixologiya professori bo‘lgan otasi o‘g‘lida yoshligidan inglizzabon adabiyotga mehr uyg‘ota oldi. Borxes 8 yoshida O.Uayldning «Baxtli shahzoda» asarini ingliz tilidan ispanchaga o‘girdi. 1914-yili betob otasi iste'foga chiqib, Borxeslar oilasi Shveytsariyaga ko‘chib o‘tgandan so‘ng bo‘lajak yozuvchi Jeneva litseyida ta'lim oldi. Bu yerda u Vergiliydan boshlab Kafka asarlarigacha o‘qib chiqdi, nemis ekspressionistlari ta'sirida ilk she'rlarini yozdi. 1919-yili yozuvchi oilasi bilan Ispaniyaga ko‘chib o‘tdi. 20-yillarda Borxes modernistlarning “Gretsiya”, “Kosmopolis”, “Ultra” jurnallarida she'rlarini chop ettirdi, neobarokko shoirlari guruhi bilan yaqinlashdi. Ushbu guruh a'zolari metaforani asos element sifatida qabul qilib, she'riyatning bosh maqsadi deb e'lon qilgan edilar. Ultrachilarning metaforalari deyarli visual (ilg‘ab bo‘lmas) xarakterga ega bo‘lib, Borxesning 1921-yilda Argentinaga qaytib kelib chop ettirgan ilk she'riy to‘plamlarida o‘zining yorqin ifodasini topdi. («Buenos-Ayresga ehtiros(1923y), «Ro‘paradagi oy»(1925y), «San-Martin daftarchasi»(1929y). She'riyatda o‘z ovozi va o‘rnini topa olmagan Borxes nasriy asarlar yoza boshlaydi. Natijada 1925-yil «Tergovlar», 1915-yili «Umid makoni» va 1928-yili«Argentinaliklar tili» esselar to‘plamlarini nashrdan chiqaradi. 1935-yili yozuvchining «Razillikning jahon tarixi» kitobi chop etiladi, shundan so‘ng «Abadiylik tarixi» (1936y), «Uydirmalar» (1944y), «Yangi tergovlar» (1952y), «Broudi xabari» (1970y), «Qush kitobi» (1975y) kabi kitoblari yozildi. Prozaga o‘tgan Borxes mohiyatan shoirligicha qoldi. U ko‘p marta hikoyalarining “ommaviy poetik ta'siri” va “poetik g‘oyasi” haqida gapirib, asosiy e'tiborini uslubga emas, so‘zga qaratganligini, uni turli kontekstlarda qo‘llab, ma'nosini boyitganligini ta'kidlagan. Rasman Borxes prozasining poetikasi postmodernizmga yaqinligi qayd etiladi. Yozuvchi asarlarining matn tuzilishida postmodernizm qonun-qoidalariga xos iqtiboslar, tasniflar, so‘z o‘yinlariga katta e'tibor qaratganligini kuzatish mumkin. Uning novellalariga fabula(voqyea+zanjir)ning kuchsizligi yoki umuman yo‘qligi xos bo‘lib, adib boshlang‘ich asos sifatida ko‘pincha favqulotda to‘qnashuv yoki nogahoniy farazni qo‘llaydi, shunda u yoki bu xolat, fakt, nuqtai nazarning ma'no maydonini kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Voqyealar rivojini esa yechim yoki oxirgi nuqtaga olib bormaydi. Matndagi «men» – bu matn mag‘zini chaqqanning «meni»dir. orxesning usuli, uni o‘qish strategiyasining asosiy tamoyili shundan iboratki, unga ko‘ra “xususiylikda umumiylikni” ko‘ra bilish kerak. Borxes o‘zini birinchi navbatda kitobxon deb atab, kitobxon-Borxes, yozuvchi-Borxesdan qiziqarliroq ekanini ta'kidlaydi. Yozuvchi uchun har doim “umumiy makon”ni, “xilma-xillikda bir xillikni” izlash muhim edi. Uni yagona til, 200 30-Sentabr, 2024-Yil cheksiz kitob, universal kutubxona ma'no chegarasining obrazi sifatida o‘ziga jalb qilgan. “Xususiylikda umumiylikni”anglab yetish – “seninig olamingni boshqa olamga dahldorligini” ko‘zda tutadi. (Borxes uchun o‘lim nuqtasi – bu hayot nuqtasidir). Olamni anglashga intilayotgan inson uchun bu qadamdan chetlashish, uni ortib boruvchi va shaffof bo‘shliq la
Доказательный фрагмент
«In this article, special attention was paid to the various philosophical views, the invisible factors in everyday life, which cause the social crisis in the works of the great Argentinian writer H.L.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, special attention was paid to the various philosophical views, the invisible factors in everyday life, which cause the social crisis in the works of the great Argentinian writer H.L. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personal spirituality, social vices, moral-educational views, literary-critical, духовность личности, нравственно-воспитательные взгляды, социальные пороки, shаxs mаʼnаviyаti, рublitsistik mаqоlаlаr, аdаbiy- tаnqidiy fikrlаsh, беседы., suhbаtlаr., аxlоqiy-tаʼlimiy qаrаshlаr, литературно-критическое мышление, rubricist articles, рубрикаторские статьи, literary-critical thinking, conversations., ijtimоiy illаtlаr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024