Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЦЕННЫЕ ХОЗЯЙСТВЕННЫЕ ПРИЗНАКИ ГИБРИДНЫХ РАСТЕНИЙ, СОЗДАННЫХ МЕТОДОМ МАС НА ХЛОПЧАТНИКЕ.
QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARI. · Umedova Mehriniso Ergash qizi · Shomirzoyev Asliddin Avazovich · Raxmanqulov Murod Said-Akbarovich · Toshkent Davlar Agrar univesiteti, q.x.f.d.,professor. · METHOD OF COTTON.
Современная наука и исследования · 3 · 29-32 · 2024
Аннотация
This article provides information on valuable economic traits of cotton hybrids created by the MAS method. Key words: cotton, pest, cotton, farmer, plant. ЦЕННЫЕ ХОЗЯЙСТВЕННЫЕ ПРИЗНАКИ ГИБРИДНЫХ РАСТЕНИЙ, СОЗДАННЫХ МЕТОДОМ МАС НА ХЛОПЧАТНИКЕ. Аннотация. В статье представлены сведения о ценных хозяйственных признаках гибридов хлопчатника, созданных методом МАС. Ключевые слова: хлопок, вредитель, хлопок, фермер, растение. Dunyo bo‘ylab asosan tolasi uchun ekiladigan g‘o‘za ekini ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiyoti uchun muhim strategik ahamiyatga ega. G‘o‘za dunyoning 69 ta davlatida 30–35 million gektarda ekiladi va so‘nggi yillarda ishlab chiqarish 27 million tonnadan oshdi [2], [3], [4]. Yangi rivojlanayotgan mamlakatlarda g‘o‘za asosiy daromad manbai bo‘lib, strategik ekin hisoblanadi [147]. G‘o‘zadan birmuncha yuqori hosil olishga erishish uning turli zararkunandalariga qarshi himoya choralarini qo‘llash va unga sarflanadigan katta miqdordagi harajatlar evaziga amalga oshirilmoqda. Kimyoviy nazorat ko‘rsatkichlarining doimiy yaxshilanishiga qaramasdan, hosil yo‘qotishlari taxminan 30 % dan yuqori bo‘lib qolmoqda. Shu sababli, uyg‘unlashgan kurash tizimi va ushbu yo‘nalishda turli uslublardan foydalanib paxta yetishtirish samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. G‘o‘za Gossypium L. turkumining Malvaceae oilasiga tegishli. Bugungi kungacha Gossypium L. turkumining vatani Afrika, Avstraliya, Markaziy, Janubiy Amerika va Osiyo hisoblangan 50 dan ortiq turlari aniqlangan [5; 6; 7]. Faqat to‘rtta tur keng tarqalgan va tijorat maqsadlarida foydalaniladi [5]. Bu turlar g‘o‘zaning xromosomalar to‘plamiga ko‘ra diploid (2n = 26) bo‘lgan, qadimgi dunyo g‘o‘zasiga kiruvchi ikkita turi, ya’ni G. arboreum L. va G. herbaceum L. va ikkita tetraploid (2n = 52), yangi dunyo g‘o‘zasi ya’ni G. barbadense L. va G. hirsutum L. turlari hisoblanadi [6]. Dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan umumiy paxta hosilining 4% ini G. barbadense L., qariyb 90% ini G. hirsutum L. turiga kiruvchi paxta navlari hosili tashkil qiladi [8; 9]. 3 78 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ So‘ngi davrlarda, so‘ruvchi zararkunandalar majmuasi dunyo bo‘ylab paxta yetishtiruvchi fermerlar uchun katta muommoga aylangan, chunki Bt paxta ham so‘ruvchi zararkunandalardan ta’sirlanganligi kuzatilgan [10; 11.]. 2015 yilda Hindistonning Panjob viloyatining Bt paxta yetishtiriladigan hududlarida oq pashsha (B. tabaci) hujumi avj olgani va buning oqibatida paxta yetishtirishda 75 % dan ko‘proq iqtisodiy zarar ko‘rilgan [12]. Bt paxtaning qariyb 95 % o‘simligi ushbu zararkunanda hasharot, B. tabaci hujumidan zarar ko‘rgan, natijada taxminan 4500 million rupiy yo‘qotilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Pokistonda har yili kemiruvchi va so‘ruvchi zararkunandalar majmuasi qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilining 20-40% ga yaqin miqdori yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi [13]. Jassid (A.devastans) (O‘zbekistonda karantin zararkunanda). Jassid Hindistonda eng xavfli qishloq xo‘jaligi ekinlariga, xususan g‘o‘zaga zarar yetkazuvchi so‘ruvchi zararkunandadir [13]. Jassid g‘o‘za o‘simlikning hujayra shirasini so‘radi [14], oziqlanish paytida g‘o‘za hujayrasi ichiga zaharli ajratma yuboradi. G‘o‘za ekini o‘suv davrining erta bosqichida jassid bilan zaranlangan bo‘lsa o‘simlik o‘sishi kamaygan, o‘simlikka yetkazilgan stress tufayli birinchi hosil elementlarini yo‘qotilish holatlari kuzatilgan. Stress tufayli fotosintezni jadallashishi shona va yosh ko‘saklarni to‘kilishini ko‘payishiga olib kelgan. G‘o‘za ekini jassid bilan zaranlanishi paxta hosilining 23-67 % gacha kamayishiga olib kelishi ma’lum qilingan [15]. Oq pashsha B. tabaci (Genn.). Oq pashsha paxta hosiliga katta zarar yetkazadi, barglarning ostki tomonidan hujayra shirasini so‘radi, oq pashshada ajralgan shiralar barg og‘izchalarini berkitadi, buning natijasida mog‘or paydo bo‘ladi, bu esa barglarning fotosintez maydoni kamaytiradi, buning oqibatida paxta hosili kamayadi [16]. Bundan tashqari oq pashsha paxtada kasallik qo‘zgatuvchi paxtaning barg buralishi virusining tashuvchisi hisoblanadi. Paxtaning barg buralishi virusining paxta hosildorligiga kata zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan eng xavfli viruslardan biri hisoblanadi [17]. Trips (Thrips tabaci) g‘o‘za o‘sish davrining erta fazalalarida g‘o‘za o‘simliklariga hujum qiladi. Ammo tripsning g‘o‘za o‘simliklaridagi yuqori zichligini sentyabr oyining ikkinchi ikki haftasida ko‘rish mumkin [18]. Trips nimfa va yetuklik bosqichlarida g‘o‘zaning hujayra shirasini so‘rib, to‘qimalariga zarar yetkazadi va barglarni yo‘q qiladi. Ushbu zararkunanda hujumi sodir bo‘lganda kuchli hujum tufayli barglar burishadi, o‘simliklar dastlabki bosqichda kam rivojlangan bo‘lib qoladi [19]. Mo‘l hosil olish uchun zararkunandalarga qarshi kurashning birgina usulidan foydalanish samara bermaydi. G‘o‘za zararkunandalariga qarshi samarali kurash olib borilganda g‘o‘za
Доказательный фрагмент
«This article provides information on valuable economic traits of cotton hybrids created by the MAS method.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on valuable economic traits of cotton hybrids created by the MAS method. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cotton, pest, cotton, farmer, plant, фермер, хлопок, вредитель, o‘simlik., plant., paxta, g‘o‘za, zararkunanda, растение., fermer
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026